NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
613 subscribers
11.7K photos
354 videos
6 files
1.81K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon
#Butunjahon_salomatlik_kuni

🎗 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "7-APREL - BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI" munosabati bilan "Biz sog'lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida tashkil etilgan Sport marofonidan fotolavhalar

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
POP TUMANIDA LOYIHA QIYMATI 17.5 MLRD. SO‘MNI TASHKIL ETUVCHI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BARPO ETILMOQDA

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Oybek Zokirov 408 o‘rinli mazkur muassasada "Uychi Mega Stroy" MCHJ tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bunyodkorlik ishlari zamonaviy talablar asosida mukammal amalga oshirilishi, qurilish ishlarini sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ul-mutasaddilarga topshiriq va zarur ko‘rsatmalar berilib, ushbu ilm maskani istiqbol egalarini ozod yurt ertasiga munosib kamol toptiruvchi iqtidorlilar dargohi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini joriy yilning avgust oyida nihoyasiga yetkazish hamda maktabni yangi o‘quv yiliga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Boshqarma Axborot xizmati
#sport

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhit va sportni ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Namangan viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarining 8-11 sinf o’quvchilari o’rtasida sportning stol tennisi va shaxmat turi bo’yicha viloyat birinchiligi o'tkazildi.

Musobaqa g'oliblari maktab tomonidan faxriy yorliq hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz👇

| Telegram | Facebook | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

🗺Namangan viloyati “Direktorlar kengashi” tomonidan To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zamonaviy ta'lim - direktorlar nigohida" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Zamonaviy lider kadrlarni shakllantirish va ular orqali ta’limda samarali boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda To'raqo'rg'on tumanidagi umumta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar-trening avvalida Kengash raisi, Namangan shahridagi Prezident maktabi direktori Sh.Aziboyev ushbu tadbirning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritib, ushbu trening mashg'ulotlaridan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash jarayonlarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz👇

| Telegram | Facebook | YouTube
#sport_🏆🥇🏓🤼‍♂⛹‍♀
#birdamlik_🤾‍♂🏓🥇

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablari o'rtasida sportning shaxmat va stol tennisi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Musobaqa natijalariga ko'ra, Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari sportning shaxmat turida
1-o'rin 10-02 sinf o'quvchisi Bashirxonov Zohidulloxon, stol tenisi bo'yicha
1-o'rin 11-04 sinf o'quvchisi Yusupova Zebo qo'lga kiritdi.
Ushbu yutug'lar bilan o'quvchilarimizni  tabriklaymiz!!!

Chust ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram