NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
637 subscribers
10.4K photos
328 videos
6 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#milliylik_🇺🇿🪁🎆
#Chust_IM_
#Navruz_sayli_

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida bahorning kirishi, kirib kelayotgan Navròz bayrami munosabati bilan sayl tashkil qilindi.
🇺🇿 Saylda varrak uchirish, arqon tortish, kurash, oq terakmi, kòk terak, besh tosh, soch òrish, kim oladi-yo, arqonda sakrash kabi milliy òyinlarimiz òtkazildi.
🇺🇿 Kòtarinki ruhda tashkillangan saylda har bir sinf faol ishtirok etdi va milliy an'analarimizni òziga xos tarzda namoyish etishdi.
🇺🇿 Bunday sayllarni tashkil etishdan maqsad-qadim urf-odat va an'analarimizni òquvchilarga yaqindan tanishtirish, ajdodlarimizdan qolgan milliy meroslarimizni singdirish va davom ettirish, shuningdek, òzbekona madaniyat va milliy liboslarimizga muhabbat ruhida kamol toptirish!!!

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati👇

Telegram | Facebook | Instagram
🔰 Hashar — hamjihatlik, obodlik, fayzu baraka timsoli

▫️“Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Xususan, umumxalq hashari doirasida Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Muassasa hududidagi ariq qirg‘oqlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni oqlash, qurigan shoxlarini butalash, turli xil manzarali ko‘chatlar, gullar ekib, oqlash va shakl berish ishlari amalga oshirildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Live
#Imtihon
#CHSB
#1_navbat
#Kosonsoy_IM

✏️18-mart kuni Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9,10,11-sinf o'quvchilari uchun III chorak yakuni bo'yicha CHSB imtihonlari onlayn tarzda belgilangan vaqtda start oldi!

⌨️ Quvonarlisi, CHSB imtihonlari ilk bora kompyuterlashtirilgan tizimda onlayn tarzda olinmoqda. Barcha o'quvchilar o'z login-parollari orqali maxsus saytga kirib belgilangan vaqt davomida test jarayonlarida ishtirok etishmoqda.

Bu esa imtihonlarning yanada shaffof hamda adolatli o'tishiga zamin yaratadi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi barcha o'quvchilarga CHSB imtihonlarida eng yaxshi natija ko'rsatishlarini tilab qoladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Norin_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 489 oʻquvchini oʻz bagʻriga olib, ularga 48 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab barcha qulayliklarga ega:
41 ta sinf xona;
2 ta kompyuter xonasi;
Robotexnika xonasi
Fizika, kimyo va biologiya laboratoriyasi xonalari;
Kutubxona;
250 oʻrinli faollar zali;
Sport zal;
Oshxona.

Jami 38 ta fan, 4 ta sport, 2 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#HUSHXABAR
#Zakovat

🟢 Bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida yoshlarga judayam katta eʼtibor qaratilmoqda, bu borada Namangan viloyatidagi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shakillantirilgan “Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy – vatanparvarlik harakati a’zolari”ning, Ona Vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishda, keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
🟢 Joriy yilning 18-mart kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi
hamda Namangan viloyat Zakovat nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari bilan hamkorlikda, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shakillantirilgan “Vatan tayanchi bolalar va o‘smirlar harbiy – vatanparvarlik harakati a’zolari” o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Jami bo‘lib 13-ta jamoa ishtirok etgan ushbu bellashuv 2-ta shartdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar 24-ta savolga javob berishdi.

🟢 Tanlov shartlari yakuniga ko‘ra Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "CHORTOQ TIM" jamoasi aʼzolari faxrli 2-oʻrinni egallashdi.


MAKTAB TERMA JAMOASI AZOLARIGA VA ZAKOVATCHILARIGA GʻALABA MUBORAK BOʻLSIN DEYMIZ.

Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@ChortoqTIM
🕊Birgalikda yuksalamiz!👇