NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Kosonsoy_IM
#Jarayon
#Kitobxonlik_tanlovi

🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

📘📗📓 Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchi yoshlarni kitob o'qishga qiziqtirish hamda ularning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida maktab maslahatchisi Sh.Sultonov va ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi A.Abdurahmonov tomonidan "Book club" tashkil etildi.

O'quvchilarga yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan kitoblarni o'qish uchun bir oy muddat berilgan edi.
Ushbu kitoblardagi ma'lumotlar asosida "Zakovat" intellektual tanlovi o'tkazildi.

O'quvchilar bu tanlovda yuqori faollik namunasini ko‘rsatdilar

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Mingbuloq_IM
#ochiq_dars

👨‍🏫Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq dars.

👨‍🏫20-fevral kuni tarix fani o'qituvchisi Zaynobiddin Abdurahmonov tomonidan 9/04 -sinf o'quvchilari bilan "Jadid namoyondalari va ularning faoliyati" mavzusida ochiq dars jarayoni tashkil etildi.

👨‍🏫Dars ko'tarinki ruhda tashkillanib, o'quvchilar ham unda faol ishtirok etishdi. O'quvchilar e'tiboriga jarayon davomida jadidlar faoliyatiga oid bo'lgan video namoyishi taqdim etildi.

🧑🏻‍💻
Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegramm | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#amaliy_mashgʻulot

Fizika nafaqat qiziqarli, balki fundamental fan hisoblanadi. U borliqni o‘rganadi va tabiatning eng murakkab sirlarini ochishga harakat qiladi.


Namangan shahridagi Prezident maktabida fizika faniga qiziquvchi yoshlar ko‘plab topiladi. Bunda ta’lim maskanining fizika fani o‘qituvchilari xizmati katta. Fan o‘qituvchisi Rustamjon Ahmadjonov va xorijlik mutaxassis Rosetum Galos olib borayotgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bunga misol.

Ilm-fan yildan-yilga rivojlanib, texnika taraqqiyoti tezlashmoqda. Eng muhim kashfiyotlar, ixtirolar hali oldinda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Survey
#Сўровнома

Hurmatli kuzatuvchilar
!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi yoshlarning mobil telefondan foydalanishlari hamda ota-onalarning bu boradagi fikrlarini o'rganish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

❗️Savollarga haqqoniy javob berishingizni so‘raymiz.


⚡️Faolroq bo’ling, sizning javobingiz biz uchun muhim!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Farzandingizga faqat gaplashishga mo‘ljallangan oddiy telefon olib berganmisiz yoki zamonaviy smartfonmi?
Anonymous Poll
48%
Oddiy telefon olib berganman
52%
Farzandim zamonaviy smartfondan foydalanadi
Farzandingiz ta’lim muassasasida bo‘lgan vaqtida, xususan dars jarayonlarida mobil telefondan foydalanadimi?
Anonymous Poll
18%
Ha, foydalanadi
82%
Yo‘q, u dars vaqtida telefonini o‘chirib qo'yadi
Farzandingizning telefonidagi dastur va u foydalanadigan veb-saytlarni muntazam ravishda nazorat qilib borasizmi?
Anonymous Poll
80%
Ha
20%
Yo‘q
#OchiqDars #Kimyo

🧪Bugun maktabimizning 8-01-sinfida kimyo fanidan "Xlorid kislota va galogenlarga oid sifat reaksiyalari" ochiq dars bo'lib o'tdi.

👩‍🏫 Dars davomida o'quvchilar maktabimizning kimyo fani o'qituvchisi Akbarova Nigoraxon ustozlari boshchiligida xlorid kislota olish, xlorid kislotaga rux ta'siri, yonar qo'l, bahoriy gul yasash va ekzotermik, endotermik reksiyalarga oid tajribalar o'tkazishdi.

Noodatiy kimyoviy reakasiyalar nafaqat o'quvchilarda, balki dars kuzatishga kirgan boshqa ustozlarda ham ulkan taasurot qoldirdi.

🔥 Bir so'z bilan aytganda, bugun ochiq dars "yondi".

Ustozga tashkil etilgan ajoyib dars uchun minnatdorchilik bildilamiz.

🔖 @YangiNamanganTIM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM