NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
613 subscribers
11.7K photos
354 videos
6 files
1.81K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
NAMANGANLIK O’QITUVCHI XITOYDA MALAKA OSHIRADI

Joriy yilning 19-24-fevral kunlari Pekin shahridagi Beijing International School maktabida o‘zbekistonlik va xitoylik o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda. Kuni kecha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari tajriba orttirish maqsadida Xitoyga jo‘nab ketdi. Quvonarlisi, ular tarkibida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Shuhratjon Ismoiljonov ham bor. Trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari uchun STEM fanlarini o‘qitish, maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
🏛 Uychi IM.
🇺🇿🇺🇿" Ma'naviyat oyligi"davom etadi. To‘garak mashg‘uloti.

🇺🇿🇺🇿 20 fevral kuni Rus tili fani o‘qituvchisi Shirin Farhadovna rahbarligida 7-8 sinf o‘quvchilari ishtirokida " Tarix qaridagi ikki yulduz " shiori ostida "A. Navoiy va Z. M. Bobur hayoti va ijodi" mavzusida to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

🇺🇿🇺🇿 Mashg‘ulotga o‘qituvchi kreativ yondashib qiziqarli va ma'lumotlarga boy tarzda tashkilladi.

🇺🇿🇺🇿 O‘quvchilar ikki buyuk bobokalonimizning g‘azal va ruboiylarini rus tilida ravon va go‘zal ijro etdilar.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526
Forwarded from Jahongir Ergashev
#Ochiq_dars
Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab 8-03T sinfida oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Zohidjon Tojiboyev tomonidan "Chala kvadrat tenglamalar " mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
♻️♻️♻️
O'qituvchi mavzuni o'quvchi ongiga oddiy, sodda tilda  mahorat bilan yetkaza oldi.
❇️❇️❇️
Darsda  sinfni Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg'oniy kabi kichik guruhlarga bo'lib tashkil etilishi barcha sinf o'quvchilarini dars jarayonida to'la faol ishtirokini ta'minladi hamda o'quvchilarda jamoa bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirdi.
Darsdagi yana bir alohida e'tiroflardan biri o'qituvchi darsda kerakli hajmdagi  mavzuni o'ta aniqlik bilan to'g'ri  rejalashtirganligi, o'qituvchi va o'quvchilar ruhiyatidagi ichki xotirjamlik va o'ziga bo'lgan qat'iy ishonchning mavjudligi,  berilgan matematik tenglamalar  tarkibida milliy qadriyatlar va Mustaqillik sanalarining aks ettirilganligidadir.

Dars barcha pedagogik-psixologik va ilmiy jihatidan namunali tashkil etildi.
🔰🔰🔰

|Telegram|Facebook|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Bolalarimni o‘qitish uchun mardikorlik qilganman" — ota
#kun_uz

Bog‘dod tumani Bog‘ishamol qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan.

To‘ng‘ich o‘g‘li ta’lim dargohini tamomlab, Turkiya texnika universiteti talabasiga aylandi. Jonkuyar ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qilishadi. Ota o‘zgalarning uyida ishlab topgan pulini o‘g‘illarining bilim olishiga sarflaydi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RING

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Mingbuloq_IM
#Kitobxonlik

📚📚📚
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida 6/03-sinf o'quvchilari bilan Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida koʻrgazmali videoroliklar namoyish etildi.

📚📚📚
Maktab kutubxonachisi Gulsora Boyboboyeva tomonidan o’tkazilgan davra suhbatida o’quvchilar mavzuga oid yetarlicha qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. ⚡️⚡️⚡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegramm | Facebook