NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
637 subscribers
10.4K photos
328 videos
6 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon
#Harbiy_vatanparvarlik_tarbiyasi
#Kosonsoy_IM

Mardlar qo‘riqlaydi vatanni!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari maktabning Chaqiriqqacha yoshlarni boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari Gʻulomjon Saidov boshchiligida Pop tumanida joylashgan harbiy qismga sayohat uyushtirishdi.

Sayohatda oʻquvchilar harbiylar hayoti haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish bilan bir qatorda taktik-harbiy oʻquv mashgʻulotida ham ishtirok etdilar.

Mana bunday sayohatlar yosh avlod qalbida vatanparvarlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#davra_suhbati

🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida

🎓 Bugun ta'lim muassasamizda, Yangi O'zbekiston univeristetining 1-bosqich talabasi, Sherzodbek Abdumutalov tomonidan davra suhbati olib borildi.

💫 Suhbat davomida, ta'lim muassasamizning 10-11-sinf o'quvchilari Yangi O'zbekiston univeristetida qanday qilib talaba bo'lish, ushbu universitetda talabalar uchun yaratib berilayotgan barcha sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz⤵️
Telegram | Facebook | YouTube
#davra_suhbati

🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida

🎓 Bugun ta'lim muassasamizda, Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi, Prezident stipendiyasi nomzodi Siddiqjonov Samandar ta'lim muassasamiz o'quvchilari uchun "Hayotda har bir fanning o'rni bor" mavzusida davra suhbati olib bordi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz⤵️
Telegram | Facebook | YouTube
#Uychi_ixtisoslashtirilgan_maktab

# Uchinchi renessans poydevorchilari


🏢 Uychi tuman ixtisoslashtirilgan makab tarix fani o‘qituvchilari tomonidan o'quvchilar bilan dars va darsdan so'ng olib borilayotgan to‘garaklar samaradorligini oshirish maqsadida "Jadid avladlarimiz" nomli tarix fan olimpiadasi yozma ish jarayoni tashkil etildi.

📚Fan olimpiadasi tizimli ravishda olib borilib,hozirda 5-01 va 6-01 va 6-02 sinflarda tashkil .


  👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526