NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#faoliyat

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quv jarayonlaridan so‘ng turli to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, Robototexnika to'garagi ham faoliyat olib boryapti. Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan  yoshlar uchun an'anaviy Raqamli Avlod IT Fest haftaligi bo'lib o'tdi.
Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.03- sinfning ,,FND'' jamoasi Respublikada ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Hackaton musobaqasida o‘z innovatsion EKO loyihalari bilan faxrli 2-o‘rinni egalashdi.

➡️ Hozirgi kunda maktabda 335 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ulardan 7 nafari IELTS va CEFR sertifikatlariga ega bo'ldilar. Bitiruvchilarning 10 nafari muddatidan oldin talabalikka qabul qilinganlari ham quvonarli holdir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@murojaat_imbot
Forwarded from Нилуфар Одилжанова
Адабиётни қадрлаган ҳоким.

Бугун Учқўрғонда "Ёшлар учрашуви" бўлиб ўтди. Учрашувда туман ҳокими тасодифан залдаги ёшларга шеър айтиш бўйича БАХРИБАЙТ мусобақаси ўтказишни таклиф қилди. Ўнлаб ёшлар  шеърхонлик мусобақалашди. Жуда кўтарингки руҳда ўтган шеърхонликда Олимжанова Захро Умиджон кизи ғолиб бўлди. Ғолибга туман ҳокими НОУТБУК совға қилди.

Қойилми?

@bugunuchkurgonda
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bilan tanishing

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab olgani haqida xabar bergandik. 

Bugungi kunda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar o‘quvchi bilan kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Kitob tayyor holatga kelganida “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan birgalikda o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etiladi.

Saralab olingan 100 nafar iqtidorli maktab o‘quvchilari ro‘yxati bilan tanishing.

Bu ro'yxatda Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.02-sinf o'quvchisi Mirzomiddinova Komila ham borligi bizni juda quvontirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
#Jarayon
#Choraklik_summativ_baholash

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2-chorak yakuni bo'yicha ChSB (choraklik summativ baholash) olish jarayonlari boshlanmoqda.

❇️ O'quvchilar bilimlariga tayangan holda topshiriqlarni shaffof va adolatli nazorat ostida bajaradilar           

✳️  O'quvchilarimizga omad tilaymiz. Ustozlari bergan bilimlarini oqlashadi degan umiddamiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im