NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
635 subscribers
10.8K photos
334 videos
6 files
1.7K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Jahongir Ergashev
#Jarayon
Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab "Vatan tayanchi otryadi" ning bir guruh a'zolari Pop tumanidagi Harbiy qismga sayohat qilishdi
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
📣#Tanlov
📘#Kutubxona_nurxona

🇺🇿Namangan viloyatidagi Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi bolalar kutubxonasi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Kitobxonlik festivali" e'lon qilganidan xabaringiz bor.

📆 Festival doirasidagi tanlovning tuman bosqichi 2-dekabr kuni o'tkazildi. Bunda Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-sinf o'quvchisi O'ljaboyeva Asila "Eng faol kitobxon o'quvchi" yo'nalishida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, 8.02-sinf o'quvchisi Nabijonova Muazzam "Ijodkor bolalar" yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritib ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanma oldilar.

🎁G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

🎉 O'quvchilarimizga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
🚀 "Raqamli Avlod IT Fest" 2023!

🌐🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan  yoshlar uchun an'anaviy Raqamli Avlod IT Fest haftaligi bo'lib o'tdi.

🤖 Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.03- sinfning ,,FND'' jamoasi Respublikada ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Hackaton musobaqasida o‘z innovatsion EKO loyihalari bilan faxrli 2-o‘rinni egalashdi.

🎉 Sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan o'quvchilarimizga Agentlik direktori A. Ubbiyev kelajakdagi o'qishlarida omad tiladi.

🔥 G'alaba muborak aziz o'quvchilar!!!
👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
Тўрақўрғонда ихтисослаштирилган мактаб  фойдаланишга топширилди.

8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун олдидан Тўрақўрғон туманида 408 ўқувчи ўрнига эга бўлган  ихтисослаштирилган мактаб   фойдаланишга топширилди. Ушбу мақсад учун 7 млрд. 800 млн. сўмдан ортиқ маблағ сарфланди.

Тақдимот маросимида иштирок этган вилоят ҳокими, Олий Мажлис Сенати аъзоси Шавкатжон Абдуразаков мамлакатимизда ўғил-қизларнинг пухта билим олишлари ва касб-ҳунар эгаллашлари учун яратилган қулай шароитлар ҳақида батафсил гапирди. Хусусан, вилоятда кейинги даврда амалга оширилган таълим соҳасидаги бунёдкорлик ишларига тўхталди.

Маросимда рамзий тасма қирқилиб, йиғилганлар таълим-тарбия муассасасидаги шароитлар билан яқиндан танишдилар. Кенг ва ёруғ хоналар, замонавий жиҳозлар ҳамда қурилмалар ўқувчиларнинг   кучли билим ва тафаккурга эга фарзандлар бўлиб етишишларига хизмат қилади.