NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
611 subscribers
13.1K photos
383 videos
6 files
2K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️ Agentligimiz tizimidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun "Ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi faoliyatini tashkil qilish va u tomonidan yuritiluvchi hujjatlar" mavzusida amaliy seminar-trening o'tkazildi.

▶️Seminar-trening mobaynida maslahatchilar faoliyat bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi.

🎯Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:
🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹amaliyotlarni tashkil qilish tartibini tushuntirish,
🔹maslahatchi tomonidan yuritiluvchi hujjatlar va ularni yuritish haqida ma'lumot berishdan iborat.
#Jarayon
#Shaxmat
#Sogʻ_tanda_sogʻlom_aql
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari oʻrtasida sportning Shaxmat turi bo’yicha “Yosh Grossmaster” musobaqasi boʻlib oʻtdi .

Qizgʻin va murosasiz kechgan uchrashuvlarda

1-o’rinni 8-aniq sinfi oʻquvchisi Muminjonov Ma'rufjon,

2-o’rinni 7-sinf oʻquvchisi Abduxakimov Azizjon,

3-o’rinni esa biryoʻla ikki sportchi-
5-aniq sinfi oʻquvchisi Xusanboyev Bekzodjon va Shamshiddinov Kamronbeklar qoʻlga kiritdilar.

Eʼtiborli jihati shundaki, maktabning jismoniy tarbiya fani ustozlari Nuriddin Murodov va Afzalxon Gʻafurovlar rahbarligi ostida tashkil etilgan musobaqada maktabning 200 dan ziyod oʻgʻil-qizlari gʻoliblik uchun bahs yuritdilar.

Maktab jamoasi ushbu turnirni muvaffaqiyatli amalga oshirishda jonbozlik koʻrsatgan barcha ustozlar va oʻquvchilarga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#MEMORANDUM

❇️ ❇️ ❇️
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 106-sonli Prezident farmoni ijrosi yuzasidan, maktabning 10-11-sinf o'quvchilari amaliyot o'tashlari uchun "UZTEX UCHKURGAN" MChJ va "MAX PASTA" MChJ korxonalari o'rtasida MEMORANDUM imzolanganidan xabaringiz bor.

✳️ ✳️ ✳️
Ushbu memorandum ijrosi yuzasidan o'quvchilar ushbu korxonalarga tashrif buyurdilar.

♻️ ♻️ ♻️
Bu sayohat ularning olayotgan bilimlarini amaliyotda qanday qo'llashlari lozimligi va kelajakda munosib kasb egallashlariga turtki bo'ldi deya olamiz

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot