NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
631 subscribers
10.9K photos
334 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Дилфуза Учқўрғон ИМ директори
#Jarayon
#Ichki_monitoring_sinov

🔰🔰🔰
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab monitoring bo'lim rahbarlari Otabek Ergashev va Baxtiyor Ahmadjonovlar tomonidan o'quv haftasining yakuni munosabati bilan an'anaviy ichki monitoring test sinovlari tashkil etildi.

✔️✔️✔️
Shaffoflikni ta'minlash, maqsadida monitoring sinov olinadigan xonaga har xil sinfdan bir nafardan o'quvchilar kiritildi. Toki o'zlari mustaqil bajarishga odatlanishlari uchun.


Bunda o'quvchilarning hafta davomida olgan bilimlari sinovdan o'tkaziladi. Maqsad, o'zlashtirish darajasini va ulardagi bo'shliqlarni aniqlash.

📝📝📝
Bu kelgusida to'g'ri va samarali ish tashkil etish uchun asos boʻlib xizmat qilishiga ishonamiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Iftixor
#Yosh_gvardiyachilar

🇺🇿🇺🇿🇺🇿
15-aprel kuni Uchqoʻrgʻon tuman Mudofaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotida "Yosh gvardiyachilar" harbiy sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔰🔰🔰
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "O'zbegim o'g'lonlari" jamoasi ham ushbu tanlovda ishtirok etib faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritishdi va viloyat bosqichiga yo'llanma olishdi.

❇️ ❇️ ❇️
Ushbu g'alaba bilan barcha maktabimiz jamoasini muborakbod etamiz. ChQBT o'qituvchisi Anvarjon Isaqov va "O'zbegim o'g'lonlari" ga keyingi bosqichlarda ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

OLGʻA YIGITLAR!!!

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️ Agentligimiz tizimidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun "Ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi faoliyatini tashkil qilish va u tomonidan yuritiluvchi hujjatlar" mavzusida amaliy seminar-trening o'tkazildi.

▶️Seminar-trening mobaynida maslahatchilar faoliyat bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi.

🎯Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:
🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹amaliyotlarni tashkil qilish tartibini tushuntirish,
🔹maslahatchi tomonidan yuritiluvchi hujjatlar va ularni yuritish haqida ma'lumot berishdan iborat.
#Jarayon
#Shaxmat
#Sogʻ_tanda_sogʻlom_aql
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari oʻrtasida sportning Shaxmat turi bo’yicha “Yosh Grossmaster” musobaqasi boʻlib oʻtdi .

Qizgʻin va murosasiz kechgan uchrashuvlarda

1-o’rinni 8-aniq sinfi oʻquvchisi Muminjonov Ma'rufjon,

2-o’rinni 7-sinf oʻquvchisi Abduxakimov Azizjon,

3-o’rinni esa biryoʻla ikki sportchi-
5-aniq sinfi oʻquvchisi Xusanboyev Bekzodjon va Shamshiddinov Kamronbeklar qoʻlga kiritdilar.

Eʼtiborli jihati shundaki, maktabning jismoniy tarbiya fani ustozlari Nuriddin Murodov va Afzalxon Gʻafurovlar rahbarligi ostida tashkil etilgan musobaqada maktabning 200 dan ziyod oʻgʻil-qizlari gʻoliblik uchun bahs yuritdilar.

Maktab jamoasi ushbu turnirni muvaffaqiyatli amalga oshirishda jonbozlik koʻrsatgan barcha ustozlar va oʻquvchilarga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab