NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
631 subscribers
15.3K photos
437 videos
6 files
2.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Maqollar_taʼrifi

Yog‘ bo‘lmasa, chalpak qil, un bo‘lmasa — patir

Bu maqol xalq o‘rtasida yuradigan bir latifadan kelib chiqqan:
Bir maqtanchoq odam o‘z odatiga ko‘ra choyxonada maqtanib o‘tirgan ekan, bolasi kelib: «Dada, uyda yog‘ tamom bo‘libdi, yog‘ olib berarmishsiz”, debdi. Shunda dadasi: «Bor, oyingga borib ayt, yog‘ bo‘lmasa, chalpak qilsin!» degan ekan. O‘g‘li shunda: «Ie, dada, chalpak qilishga uyda un yo‘q-ku”, debdi. Haligi odam atrofdagilarga sir boy bermaslik, o‘z mavqeini saqlash uchun: «Un bo‘lmasa, patir qila qolsin” degan ekan, choyxonadagi odamlar xaxolab kulib yuborishibdi.

Mazkur maqolni mana shunday quruq maqtanchoq odamlarga nisbatan istehzo bilan aytadilar.

O‘zbek maqollarining izohli lug‘atidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik
#Fransiya

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Agentlik tizimidagi maktablarda fransuz tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish, Fransiyadan pedagog-kadrlarni jalb etish va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

✔️Shuningdek, elchi Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan tanishtirildi.
O'zaro uchrashuv davomida Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyati yuzasidan ma'lumot berildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_kuni

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

Quvonarlisi, ular orasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz ham bor:

▶️Abilkasimov Akmal Bekturdiyevich - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️Ataboyeva Sevara Mamasoliyevna - Toshkent shahridagi Prezident maktabi ingliz tili o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️Haitov Husniddin Hasanovich - Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️ Jumaniyozova Muhabbat Boltayevna - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi “II darajali sog’lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanishdi.

Ustozlarimizni mukofot bilan yana bir bor tabriklab, ularning zahmatli va sharafli mehnatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

❗️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin, aziz ustozlar!

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
​​DIQQAT! RADIOVIKTORINA!
“O‘ZBEK TILIM – G‘URURIM!”

⚠️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” radiokanali hamkorligida o‘zbek tilining tarixi, go‘zalligi va boyligini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbek tilim – g‘ururim” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi!

⚠️Radioviktorina FM-103.1 to‘lqinida, haftaning seshanba va payshanba kunlari, soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda efirga uzatiladi.

⚠️Unda o‘zbek tili bilan bog‘liq savollar taqdim qilinadi. Ishtirokchilar telefon qo‘ng‘iroqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘z javoblarini aytishlari mumkin. Radioviktorinada faol qatnashib, eng ko‘p TO‘G‘RI javobni yo‘llagan yurtdoshlarimiz “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdirlanadilar.

⚠️O‘zbek tilini qadrlagan, uning qadri va qaddi baland bo‘lishini istagan barcha yurtdoshlarimizni radioviktorinada ishtirok etishga chorlaymiz.

⚠️Demak, “O‘zbekiston” radiokanali FM-103.1 to‘lqinida! Seshanba va payshanba kunlari,soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda Sizni radioviktorinada kutamiz. 71-233-92-04 yoki 71-286-31-32 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zbek tili borasidagi bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
"Olam poyingdadir, aziz ustozim!"

⚜️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Olam poyingdadir, aziz ustozim!" mavzusidagi bayram tadbiri tashkil etildi. Bayramda ustozlar madh etilgan tilaklar, xalqona ohanglar, dilrabo taronalar, jozibali raqslar, ta'sirli she'rlar, mazmunli sahna ko'rinishlari ijro etildi. Tadbirga faxriy ustozlar taklif etildi.

⚜️Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi barcha Prezident ta'lim muassasalari agentligida faoliyat yuritayotgan fidoyi ustozlarni bayram bilan tabriklaydi.

⬇️ Prezident ta`lim muassasalari agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/piima_namangan
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчи_ва_мураббийлар_куни_умумхалқ_байрами

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizni O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman!
Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori

#1_oktabr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўқитувчи_ва_мураббийлар_куни_умумхалқ_байрами

Qalbi ezguliklarga yo‘g‘rilgan aziz ustozlar, mehridaryo murabbiylar!

1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni
bayrami bilan bu sharafli kasbni ulug‘lab kelayotgan barcha ustozlarni tabriklaymiz! Sizning yuksak masʼuliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa, baxt, omad yor bo‘lishini tilaymiz!

Hurmat bilan Prezident taʼlim muassasalari agentligi Axborot xizmati.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Faxrimiz
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🥇 Prezident ta`lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Yuliboyev Shohinur boks bo'yicha Qirg'iziston davlatida bo'lib o'tgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etib oltin medalni qo'lga kiritdi.

⬇️ Prezident ta`lim muassasalari agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/piima_namangan