NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
629 subscribers
10.9K photos
337 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Amaliyot
#mavzu_qon_tahlili.

▶️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari bilan 106-sonli Prezident farmoni ijrosi yuzasidan Namangan tumanida joylashgan korxonalar  bilan tuzilgan  amaliyot o'tash rejasi asosida amaliyotlar tashkil qilib kelinmoqda.
🧩Amaliyot birlashmadan biriktirilgan vakil oliy toifali shifokor Arzimatova Salomatxon va biologiya fani o'qituvchisi Yoqubbayeva Muyassarxon, birlashma tibbiy laborotoriyasi xodimi Irodaxonlar tomonidan olib borildi.
🎯Bunday amaliyotlar yoshlarning kelajakda o'z yo'llarini to'g'ri tanlay  oslishlarida muhim omillardan biri sanaladi.
📌 IZOH: Amaliyot maqsadi o'quvchilar uchun shunchaki sayohat emas balki ixtisoslik fanlaridan o'tilgan mavzularni amaliyotga shuningdek, hayotga bog'lagan holda bilim va ko'nikmalarni egallashdir.
#Jarayon
#Beruniy_izdoshlari
#Aql_bellashuvi


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining tarbiya fani o'qituvchisi S.Po'latova tashabbusi
asosida maktabning 8- sinf o'quvchilari o'rtasida " Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosida tarbiyaning o'rni " mavzusida bilimlar bellashuvi tashkil etildi.

Qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'lgan bellashuvda 5 ta jamoa bellashdilar . Qiziqarli kechgan bahsda eng yuqori natijani "Renessans" jamoasi qo'lga kiritdi. Shuningdek , "Kushon" jamoasi 2-o'rinni, "Liderlar"jamoasi 3- o'rinni qo'lga kiritishdi va barcha jamoalar Abu Rayhon Beruniy ijodi bilan yaqindan tanishdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Deleted Account
#Jarayon
#Zakovat_bellashuvi
#Aql_jangi

📝📝📝

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-9-10-sinf oʻquvchilari o'rtasida tarix fani oʻqituvchisi Gʻofirjon Shermatov tomonidan "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

✔️✔️✔️
Bilimlar jangida 4 ta jamoa bellashdilar. Qizg'in bahslarga to'la bo'lgan o'yinda quyidagicha natijalar qayd etildi:

🥇 "Umid" jamoasi
🥈"Kushon" jamoasi
🥉 "Renessans" jamoasi oʻrinni egalladi.


🏆🏆🏆

Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#warm_up_MATH_ENGLISH_PE
🏣 Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida dars mashg'ulotlaridan oldin o'quvchilarni qizdirib, mashg'ulotlarga shay holatga keltirish maqsadida WARM UP activitylar tashkil qilinmoqda.
▶️ Ingliz tili, matematika va jismoniy tarbiya fanlarini integratsiya qilgan holda o'ziga xos estafeta tashkil qilindi.
📚 Bilimlarini oshirish maqsadida o'quvchilar turli sinflardan tuzilgan alohida guruhlarda jamoa bo'lib turli xil boshqotirmalarni echishdi.
📌 Maktab maslahatchisi tomonidan haftaning har chorshanba kunlari shu kabi o'ziga xos activitylar o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib o'quvchilarga olam-olam quvonch baxsh etmoqda.