NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
617 subscribers
11.4K photos
343 videos
6 files
1.78K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida 5-dekabr "Butunjahon tuproq kuni" ga bag'ishlangan davra suhbatlari o'tkazildi.
O'quvchilar bilan birgalikda dunyo miqyosida tuproq tarkibi o'zgarib, chirindiga boy tuproqlar yildan yilga kamayib borayotganligi esga olindi. Har yili qishloq xo'jaligida foydalaniladigan 6-7 mln gektar yerdan erroziya tufayli yaroqsizga aylanmoqda. 1-1,5 mln gektar yerlar sho'rlanib bormoqda.
O'quvchilar bilan tuproqni avaylab asrash, kelgusi avlodlar uchun ham unumdor tuproqni saqlab qolish chora tadbirlarida ishtirok etishni kelishib olindi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#8_Dekabr
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Tadbir
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan  tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda 10.02-sinf o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari yig'ilganlar ko'nglini xushnud qildi. Tadbir davomida "Konstitutsiya-baxtimiz poydevori" mavzusida bajarilgan ijodiy ishlar g‘oliblari faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tantanali tadbirda Milliy gvardiyaning Kosonsoy tuman bo‘limi xodimlari ham ishtirok etishdi va barchani bu ulug‘ bayram bilan tabriklashdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko'rsatgan barchaga , shuningdek ingliz tili fani o'qituvchisi Shahlo Salomovaga minnatdorchilik bildiradi. 

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Zakovat
#O‘quvchilar_ligasi
#Kuzgi_mavsum_g‘oliblari
#Kosonsoy_TIM

Xabaringiz bor, yurtimiz bo'ylab "Zakovat" intellektual o‘yini umummilliy harakatga aylanib ulgurgan.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 100 nafardan ziyod o'quvchilari "Zakovat " ning o‘quvchilar ligasi bahslarida Ahadjon Ahmadjonov rahbarligi ostida ishtirok etib kelmoqdalar.

Maktabning 8.01-aniq sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "Vektor" jamoasi kuzgi mavsum bahslarida maktab chempioniga aylanishdi.

Maktabda o‘tkazilgan tadbirda g‘olib jamoa a‘zolari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#konstitutsiya

BOSH QOMUSIMIZ QABUL QILINGANINING 32 YILLIGI

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

🔰To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

www.ttim.uz

| Telegram | Facebook | YouTube