NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
613 subscribers
11.7K photos
354 videos
6 files
1.81K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Ikki adibning yubiley kechasi

Chortoq tumani koʻplab ijodkor ziyolilarga beshik boʻlgan zamin. Xususan, serqirra ijodkorlar Temur Toʻraboyev (Temur Bek) 70 yoshni, Muhammadali Mamatvaliyev (Muhammad Vali) esa 60 yoshni qarshiladilar. Ularning yubileylari munosabati bilan  Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ijodiy kecha oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Ilhomjon Sattarov ishtirok etib, yubiley sohiblarining mehnatlarini eʼtirof etib, ularga tashakkurnoma va sovgʻalar taqdim etdi. Shundan soʻng Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi boshligʻi Musoxon Oppoqov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Ziyoviddin Mansurovlar adiblarga viloyat hokimining Tabriknoma hamda sovgʻalarini topshirishdi.

Yubilyarlarning hamkasblari, yaqinlari, doʻstlari, shogirdlari ularning ijodiy yoʻllari hamda muvaffaqiyatlarini taʼriflab, samimiy tilaklarini izhor etdilar.

Shuningdek tadbir davomida ijodkorlar maktab kutubxonasiga u‌zlarining asarlaridan sovga qilishdi.
#Milliy_sertifikat_

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yana bir qator oʻquvchilari umumta'lim fanini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatni qoʻlga kiritdilar.

Oʻquvchilarimizni yaxshi natijalarga erishishlarida oʻz bilimi va mehnatini ayamagan ustozlarimizni tabriklaymiz.

Telegram Instagram Facebook
#Mirzo_Ulugʻbek_
#630_yilligi_

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulugʻbek ilmiy-ma'rifiy merosining oʻrni va ahamiyati" mavzusida ilmiy-adabiy tadbir tashkil etildi.

Turon teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan Mirzo Ulugʻbek hayotiga bagʻishlangan teatr namoyishi boʻlib oʻtdi. O'quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna asari tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Telegram Instagram Facebook
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Memorandum

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq fanlar yoʻnalishi yuqori sinf oʻquvchilari maktab maslahatchisi bilan birgalikda Mikrokredit bank Kosonsoy filialiga sayohat uyushtirishdi.
Mikrokredit bank rahbbari A.Tuychibayev o'quvchilarga bank tizimi haqida umumiy ma'lumotlar berib o'tdi.

Suhbat yakunida kerakli savollarga javoblar olindi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab