NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
624 subscribers
11.2K photos
338 videos
6 files
1.75K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#hamkorlik

Universitet va maktablar hamkorligi ta'lim sifatini oshirishda muhim omil bo'lmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Joriy yilning 27-noyabr sanasida Iste’dodli talabalar bilan ishlash sektori rahbari N.Qodirov hamda  Biotexnologiya fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan Namangan davlat universitetida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri Norin tumani ixtisoslashgan maktabida o‘tkazildi. 

Tadbirda Namangan davlat universiteti to'g'risida videolavha namoyish etildi. Talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda fakultetlar va ta’lim yo'nalishlari tanishtirildi.

Bitiruvchi o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Maktabning iqtidorli o'quvchilari va ustozlariga universitet esdalik sovg'alari topshrildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktabimiz_haqida

NORIN TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

🏢 Maktabda kimyo laboratoriya xonasi zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan bo'lib, dars va labaratoriya mashg'ulotlarda qo'llash uchun kerakli bo'lgan reaktivlardan unumli foydalanilmoqda.
🌡🌡O'quvchilar nazariy darslarda olgan bilimlarini amaliyotda qo'llash malakasiga ega bo'lmoqda.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook | Telegram |You Tube
#ochiq_dars

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-01-A sinfida tabiiy fan o‘qituvchisi O.Tojiboyev tomonidan "Tirik organizmlarning yaxlit sistemasi" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan  maktabining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

www.ttim.uz

| Telegram | Facebook | YouTube
Chortoq tumanining barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari va mahallalarda "Kinokarvon" loyihasi davom etmoqda.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chortoq tuman boʻlinmasi tomonidan Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari uchun kinokarvon loyihasi o'tkazildi.

  "Kinokarvon" loyihasi doirasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan  taqdim etilgan "Buyuklar haqida 10 fakt"  filmi namoyish etildi.

Mazkur filmlar doirasida "Alisher Navoiy" va "Mirzo Ulugʻbek" filmlari namoyish qilindi.

Filmdan so'ng o'quvchilar ushbu film haqida o'z fikr- mulohazalarini  bildirdilar.

Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@ChortoqTIM
Birgalikda yuksalamiz!
Юртимиз таълим тизимида юз бераётган ўзгариш ва янгиланишлар чуқур билимга эга, ҳар тарафлама баркамол ёш авлодни тарбиялашга хизмат қилмоқда. Айниқса, хорижникидан қолишмайдиган, замонавий шароитларга эга ихтисослаштирилган мактаблар энг иқтидорли ва билимга чанқоқ ўғил-қизлар учун кенг имкониятлар эшигини очди. Жумладан, Чортоқ ихтисослаштирилган мактабида ҳам ўқувчиларнинг фан сирларини мукаммал эгаллаши учун барча қулайлик яратилган.

Туман ҳокими Илҳомжон Саттаров ушбу таълим даргоҳи фаолияти билан танишди. Ўқувчи-ёшлар билан китоб ўқишнинг аҳамияти, хорижий тилларни ўрганиш, замонавий илм-фанларни эгаллаш юзасидан суҳбатлашди. Уларнинг орзу мақсадлари билан қизиқди.

Шунингдек, хоналарнинг иситилиш ҳолати ҳам кўздан кечирилди.

Bizni kuzatishda davom eting.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@ChortoqTIM
Birgalikda yuksalamiz!