NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Yosh akademiklar
#Tashrif

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi YOSH AKADEMIKLAR amaliy tashrif bilan Artsoft Cluster ishlab chiqarish korxonasiga borishdi.

Tashrif davomida biriktirilgan mutaxassis yordamida korxonani aylanib, ishlab chiqarish jarayonlarini ko'zdan kechirishdi.

Ushbu jarayonda o'quvchilar o'zlari kerakli savollarga javob olishdi hamda ularda ishlab chiqarishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.

⚡️Ushbu amaliy tashrif Yosh akademiklarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Bizni kuzatib boring ⬇️⬇️⬇️
@YangiNamanganTIM
#Yangi Namangan_TIM
#sertifikat
#faxrimiz

📣📣📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10.01sinf o'quvchisi Olimjonov Kamronbek Ingliz tilidan IELTS sertifikatini qo'lga kiritdi.

👩‍🎓Ushbu oʻquvchimiz IELTS overall darajasi 6.0 ballga teng.
O'quvchimizga yana ham yuksak zafarlar tilab qolamiz!

🌅Ushbu natija uchun tinmay mehnat qilgan ustozlarga hamda ota-onasiga  minnatdorchilik bildiramiz!!!

Bizni kuzatib boring ⬇️⬇️⬇️
@YangiNamanganTIM
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga 33 yil toʻlishi munosabati bilan maktabning tarix fani oʻqituvchidi Muzaffar Bobohanov tomonidan "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida ertalabki saflanishda davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek tadbir davomida "Bayrogʻimiz-gʻururimiz" mavzusida tashkil etilgan rasmlar tanlovining gʻoliblari taqdirlandi.


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

@ChortoqTIM
🕊 Birgalikda yuksalamiz!
#Mirzo_Ulugʻbek_630_yoshda

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash boʻyicha tashkil etilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan maktabning 10-sinf oʻquvchilar oʻrtasida "Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida bellashuv tashkil etildi.

10-01 va 10-02 sinf oʻquvchilari 4 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashishi.

💫 Bellashuvda jamoalarni yakuniy natijalarga koʻra toʻplagan ballari teng boʻldi.🤝👍

⚡️ Mazkur bellashuv davomida oʻquvchilar Mirzo Ulugʻbek hayot yoʻli va faoliyati, ilmiy asarlari va jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan hissasi haqida maʼlumotlar aytib oʻtishdi, shoirlar madh etib yozgan sheʼrlardan va Mirzo Ulugʻbek hayotiga oid sahna asari, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan videotaqdimotlar namoyish  etildi.