PFK FARDU
1.15K subscribers
3.74K photos
529 videos
814 links
Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi rasmiy sahifasi.

Official channel of "FarDU" club of Fergana State University
Download Telegram
Fabio Kannavaro — Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati gʻolibi, yaqin oʻtmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganini e'lon qildi.

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va uning murabbiylar shtabiga yurtimizdagi faoliyatlarida yuksak zafar va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaydi.


Yutuqlaring bardavom bo'lsin, O'zbekiston!

#futbol #jamoa #tabrik #tilak #omad #muvaffaqiyat
👍41🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg'ona davlat universitetida yangi zamonaviy fitnes mashg'ulotlar zali ish boshladi

Qadrli professor-o'qituvchilar! Aziz talaba yoshlar!

Biz sizga mamnuniyat bilan Farg'ona davlat universitetining "FarDU" sport majmuasida yangi fitnes mashg'ulotlar zali ish boshlaganini ma'lum qilamiz!

Fitnes mashg'ulotlar zali jahon standartlari asosida zamonaviy jihozlangan bo'lib, ushbu maskanda 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha uchun foydalanish mumkin.


Keling, ko'ring va barchasiga o'zingiz guvoh bo'ling!

Mashg'ulotlarda qatnashish istagida bo'lsangiz:

- sport.fdu.uz veb-sayti orqali ro'yxatdan o'ting.


Sport bilan shug'ullaning va sog'lom bo'ling!

#sport #fitnes #mahorat #matonat #omad #muvaffaqiyat #jamoa #FarDU
👏3
2