Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.
9.8K subscribers
69.4K photos
6.46K videos
60 files
22.2K links
Peshku.uz Бухоро вилояти Пешку тумани ҳокимлигининг телеграмдаги расмий канали.

Мурожаатлар учун: @peshkumurojaatbot
Download Telegram
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.
Photo
ZAKOVATLI YOSHLAR “ZAKOVAT”DA BELLASHDILAR.

Peshku tumanidagi  umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi  yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, yoshlarni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozisiyaga ega shaxs etib tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish maqsadida o‘quvchi yoshlar o‘rtasidagi  “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

"Zakovat" oʻyinida Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov ishtirok etib, barcha yoshlarga omad va muvaffaqiyat tiladi.

O‘yin natijalariga ko‘ra,birinchi o‘rinni 9-IDUMning "Everest" jamoasi, ikkinchi o‘rinni 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining "Renesans" jamoasi va uchinchi o‘rinni 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining "Taraqqiyot" jamoalari egalladilar.

Gʻolib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН:

Айни вақтда Пешку тумани электр тармоқлари корхонаси томонидан 2024-2025 йиллар Куз-қиш мавсумини беталофат ўтказиш мақсадида электр тармоқ ва ускуналарини таъмирлаш ишларининг бажарилиши бўйича 2024 йил 12 Сентябр куни П/СТ Янгибозор 35/10 кВ дан чикувчи Ф.Навоий 10 кВ хаво электр узатиш тармоги ва п/ст Пешку 35/10 кВ дан чикувчи Ф.Туркистон 10 кВ хаво электр узатиш тармокларида жорий таъмирлаш ишлари олиб борилиши муносабати билан Навгахон МФЙ, Обидхужа МФЙ, Куёвхужа МФЙ, Варахшо МФЙ, Навоий МФЙ, Туркистон МФЙ, Узбек МФЙ, Сусана МФЙ, Ўғлон МФЙ, Чибогони МФЙ, Хуррам МФЙ, Кучок МФЙ ларида электр энергиясида соат 9:00 дан 18:00 гача узилишлар кузатилишини маълум қиламиз.
Пешку тумани электр тармоқлари корхонаси таъмирлаш ишлари туфайли содир бўлган ушбу вақтинчалик узилишлар учун истеъмолчилардан узр сўрайди.
🔔DIQQAT E’LON🔔

📚 Prezident ta’lim muassalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga, Al-Xorazmiy maktablariga hamda Ixtisoslashtirilgan maktablariga o’qishni xohlovchilar uchun yangilik:
🔝13- sentabr kunidan boshlab matematika fanidan 3-4- sinflar uchun qo’shimcha tayyorlov kurslari tashkil etildi.
Kursimiz quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Mantiqiy fikrlash.
Tanqidiy fikrlash.
Matematika.
Har oyda bir marta imtixon.
🎓Darslarni yuqori malakali, Oliy toifali, Milliy Sertifikat (A+) olgan ustozlar olib borishadi.
🙂Ustozlar: Buxoro tuman Prezident maktabi va Peshku tuman Prezident maktabi ustozlaridan Tursunova Ra’no va Alimuhammedov Jahongir.

🗓 Darslarimiz haftaning juma,shanba va yakshanba kunlari qat’iy rejim asosida olib boriladi.
☎️ 997322344, 997094477
↖️Manzil: Alimuhammedov o’quv markazi. https://yandex.ru/maps/-/CDD67LoD
Diqqat: bu faqat 3-4-sinflar uchun.
Oylik to’lovi 200.000 so’m
Kam ta’minlangan oila va imkoniyati cheklanlanganlar uchun chegirmalar mavjud.
Xohlovchilar faqat tezda aloqaga chiqishlari so’raladi( joylar soni cheklangan)!!!
#Norasmiy_olimpiada
#oylik_sinov_test
#nizomda_yangilik

" Bilol School" xususiy maktabida sentabr oyi uchun 3-4-sinf o'quvchilari uchun "Prezident maktabi" talabiga mos diagnostik test bo'lib o'tadi.
"Kelajak yoshlari" norasmiy olimpiadasi qisqacha nizomi:

"Prezident maktabi" diagnostik test
Tanqidiy fikrlash -16 ta 2 balldan 32 b
Muammoli masala - 24 ta 2 balldan 48 b
Ingliz tili - 40 ta 0,5 balldan 20 b
Umumiy ball---100 ball
Ajratilgan vaqt -150 daqiqa
Olimpiada kuni:
14-sentabr   10:00
Natijalar darhol e'lon qilinadi va to'liq shaklda @bilolschool kanalida e'lon qilinadi.

Ishtirokchilar soni cheklanmagan

Olimpiadada ishtirok etish bepul

Manzil: "Bilol School" xususiy maktabi

Kanalga ulanish:@bilolschool
📍📍https://maps.app.goo.gl/34z846vCxQHtHmbH8
DIQQAT E'LON!

Bugun, 12-sentabr, soat 12:00 da, Peshku tumanidagi Afshona jamoat salomatligi texnikumi binosida turizm soha vakillari uchun navbatdagi sayyor qabul bo’lib o’tadi.

Unda Buxoro viloyat turizm boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Bobokalonov ishtirok etadi.

Sayyor qabulga Peshku tumanidagi turizm yo’nalishida faoliyat yuritib kelayotgan va tadbirkorlikni yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Telegram| Facebook| 📹Youtube
HARBIY XIZMATGA BORMOQCHI BO'LGAN YOSHLAR DIQQATIGA!

Peshku tuman Mudofaa ishlari bo'limida Peshku tumani yigitlarini 2025-yil MUDDATLI HARBIY XIZMATGA saralash ishlari boshlanganini e'lon qiladi. Shu munosabat bilan 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan yigitlarni harbiy xizmatga borish uchun Peshku tuman mudafaa ishlari bo‘limiga yoki mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilishlari mumkin.

Jo'natish muddati: 2025-yil mart aprel oylari.

Harbiy xizmatga quyidagi qo'shinlarga yuboriladi:
- chegara qo'shinlari.
- ichki ishlar qo'shinlari.
- milliy gvardiya qo'shinlari.
- mudofaa vazirligi qo'shinlari.
- favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlari.

Muddatli harbiy xizmatga bormoqchi bo'lgan yoshlar 65-353-12-50, 65-353-15-24 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Telegram| Facebook| 📹Youtube
Peshku tuman Mustaqillik, Navbahor va Yangibozor mahalla fuqarolar yig‘ini aholi yashash xonadonlarida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida va elektr energiyasidan samarali foydalanish maqsadida Peshku tuman FVDT xizmatlari bilan birgalikda aholi xonadonlarida profilaktika ishlari olib borilmoqda.