Payariq tuman adliya bo'limi
84 subscribers
672 photos
78 videos
3 files
746 links
Kanalga ulanish👇👇👇
@payariqtumanadliya
Download Telegram
#DIQQAT_ÒQIYMIZ_OXIRGACHA

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik pul tarqatiladi

Hurmatli Prezidentimizning tegishli qaroriga binoan pensionerlar va nafaqa oluvchilarga 300 mingdan 400 ming soʻmgacha bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi. Kam taʼminlangan oilalarga bu oilalardagi har bir bola uchun 200 ming soʻmdan beriladi. Shuningdek, muayyan toifadagi ehtiyojmand oilalarga har bir oila aʼzosi uchun 20 kilogrammdan un tarqatiladi.
“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi. Qarorga binoan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga davlat byudjetidan bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:

a) yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming soʻmdan;
• Toshkent shahrida – 400 ming soʻmdan.
Respublika byudjeti hisobidan boshqa organlar orqali pensiya oluvchilarga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan yuqorida koʻrsatilgan shartlarda va miqdorlarda bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi.

b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga toʻlmagan bolasiga – 200 ming soʻmdan.
Bir nechta toifa boʻyicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa boʻyicha toʻlab beriladi.Bir martalik moddiy yordam toʻlovlari ikki hafta muddatda toʻliq toʻlab beriladi.Uyida vaqtincha boʻlmagani yoki boshqa sabablarga koʻra bir martalik moddiy yordam pullarini oʻz vaqtida ololmagan fuqarolar toʻlanmagan moddiy yordam pullarini 2022-yil 1-sentyabrga qadar olish huquqiga ega.

Shuningdek:
• “Temir daftar”ga kiritilgan, lekin mazkur qarorga asosan bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar roʻyxati tuzilib, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi;

• ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatiladi yoki naqd pul koʻrinishida moddiy yordam koʻrsatib boriladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Payariq tuman boʻlim boshligʻi #Akbar_Tursunov

https://t.iss.one/payariqtumanadliya
👍3