Payariq tuman adliya bo'limi
86 subscribers
670 photos
78 videos
3 files
742 links
Kanalga ulanish👇👇👇
@payariqtumanadliya
Download Telegram
#Adliyadan_javob

Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi qanday?

— Jismoniy va yuridik shaxslar ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati 10 kun. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.  
____


Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma olish uchun ariza to‘ldirish uchun qanday ma’lumotlar kerak va qaysi turdagi hujjatlar ilova qilinishi lozim ?

a) ariza.
Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
▪️yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;
▪️jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSh ShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;
▪️ommaviy axborot vositasining nomi, tili va turi;
▪️maqsad va vazifalari;
▪️ixtisoslashuvi;
▪️tarqatilish hududi (veb-sayt bundan mustasno) va shakli;
▪️davriyligi;
▪️moliyalashtirish manbalari;
▪️tahririyatning joylashgan joyi (pochta manzili) va tahririyat to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar;
▪️hajmi;

b) ommaviy axborot vositasi (shu jumladan, Internet jahon tarmog‘idagi veb-sayt) tahririyati yuridik shaxs bo‘lmagan hollarda tahririyat to‘g‘risidagi nizomning elektron nusxasi;
v) muassis ikkita bo‘lgan taqdirda, ta’sis shartnomasining elektron nusxasi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.
Forwarded from "PAYARIQ VA DUNYO" YANGILIKLARI RASMIY KANALI (𝙈𝙖𝙧𝙟𝙤𝙣𝙖 𝘼𝙠𝙢𝙖𝙡𝙤𝙫𝙣𝙖)
⚡️⚡️Талабa бўлиш истагидаги аёл-қизлар шошилинг: Оила ва хотин-қизлар қўмитасидан тавсиянома олиш учун аризалар қабули бошланди

Ҳукумат қарорига мувофиқ мутахассислиги бўйича камида 5 йил меҳнат стажи мавжуд, бироқ олий маълумотга эга бўлмаган хотин-қизлар давлат олий таълим муассасаларига алоҳида қабул параметрлари (жами 500 та квота) доирасида тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилиниши белгиланган.

📝Ушбу имтиёздан фойдаланмоқчи бўлган хотин-қизлар Оила ва хотин-қизлар қўмитасининг тавсияномасига эга бўлишлари лозим.

🗣Тавсиянома олиш учун талабгорлар қуйидаги мезонларнинг барчасига мувофиқ келиши керак:

 ўрта махсус ёки профессионал таълим бўйича мутахассисликка
эга бўлиши;

 тавсиянома олгунга қадар олий таълим олмаганлиги ёки олмаётганлиги;

 ўрта махсус ёки профессионал таълим мутахассислиги бўйича камида беш йиллик меҳнат стажига эга бўлиши.
 
📝 Талабгорлар жорий йилнинг 1 июнига қадар (шу куни ҳам) ариза билан доимий яшаш ёки вақтинча рўйхатда турган жойидаги туман (шаҳар) Ишчи гуруҳларига мурожаат этадилар ва қуйидаги ҳужжатларни тақдим этадилар:

😉 Фуқаролик паспорти ёки ID карта нусхаси;
😉 Меҳнат дафтарчаси (электрон меҳнат дафтарчаси)дан кўчирма;
😉 Ўрта-махсус ёки профессионал таълим бўйича диплом.
 
🔎Талабгорлар томонидан тақдим этилган ариза ва ҳужжатлар туман (шаҳар) Ишчи гуруҳлари томонидан ўрнатилган тартибда 1-7 июнь кунлари кўриб чиқилади ва тавсиянома бериш ёки тавсиянома беришни рад этиш тўғрисида хулоса қабул қилинади.

‼️2022/2023 ўқув йилида тавсиянома олган, бироқ олий таълим муассасаларида талабаликка тавсия этилмаган хотин-қизларнинг тавсияномалари 2023-2024 йиллар учун ҳам амал қилади.

📌Батафсил

👉🏽 https://t.iss.one/PayariqBugun_rasmiy
Forwarded from Ориф Муҳаммадиев
Forwarded from "PAYARIQ VA DUNYO" YANGILIKLARI RASMIY KANALI (𝙈𝙖𝙧𝙟𝙤𝙣𝙖 𝘼𝙠𝙢𝙖𝙡𝙤𝙫𝙣𝙖)
#Tayinlov

✍️Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan Abdullayev Saidmuxammad Nasimjon o‘g‘li Narpay tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Abdullayev bunga qadar #Payariq tuman adliya bo'limining bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

🤝@PayariqBugun_rasmiy kanali jamoasi S.Abdullayevning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

https://t.iss.one/PayariqBugun_rasmiy
Forwarded from "PAYARIQ VA DUNYO" YANGILIKLARI RASMIY KANALI (𝙈𝙖𝙧𝙟𝙤𝙣𝙖 𝘼𝙠𝙢𝙖𝙡𝙤𝙫𝙣𝙖)
#Jarayon #Ochiq_adliya

Viloyatdagi barcha adliya organlarida Ochiq eshiklar kuni davom etmoqda. Payariq tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazida bo'lib o'tayotgan tadbir jarayonlari.

https://t.iss.one/Payariqliklar_Rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Электр ва газ ҳисоблагич кимнинг ҳисобидан ҳарид қилиниб, ўрнатилади?

     Электр ва газ корхоналари томонидан одамларни чалғитишга бўлаётган уринишлар сабаб, мойи чиқиб кетган бўлса-да яна бир бор эслатмоқчимиз.

     Унутманг: Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 12 январдаги 22-сон қарорига асосан:

     маиший истеъмолчиларга электр энергияси ва табиий газ истеъмолини ҳисобга олиш замонавий ускуналарини харид қилиш, ўрнатиш, рўйхатдан ўтказиш, даврий давлат қиёслови ва пломбалаш тегишли ҳудудий электр тармоқлари корхоналари ва газ таъминоти ташкилотлари маблағлари ҳисобидан амалга оширилади;

     маиший истеъмолчиларнинг электр энергияси ва табиий газ истеъмолини ҳисобга олиш ускуналарининг даврий давлат қиёсловидан ўз вақтида ва сифатли ўтказилишини ташкил қилиш бўйича жавобгарлик тегишли ҳудудий электр тармоқлари корхоналари ва газ таъминоти ташкилотларига юклатилади;

     тадбиркорлик субъектларини электр ва газ тармоқларига фойдаланишга тайёр ҳолда улаш уларнинг хоҳишига кўра амалга оширилади.

Саволлар: @yuristka_Feruzaxon_Toychiyeva
📣 E’tiboringizga – HUQUQIY AKSIYA:
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” ⚖️

📅 3-mart – 31-avgust kunlari Adliya organlari tomonidan maxsus huquqiy aksiya o‘tkaziladi! Maqsad – hujjatsiz yurayotgan fuqarolar muammosini hal qilish!

🔍 Aksiya davomida:
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida JShShIR shakllantirish orqali fuqarolarning oila tarkibini shakllantirish choralari ko‘riladi;
“Hujjatlarni tekshirish va xatoliklarni tuzatish” burchaklari tashkil etiladi;
Hujjatlardagi xatolar joyida bartaraf qilinadi.

💡 Hujjatingizda muammo bormi? Keling, barchasini hal qilamiz!

📍 Shaxsiy hujjatlar – huquqlaringiz garovi! 🛡

📌 Kanalga ulanish
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy maʼlumot 👉infografikada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM