Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.11K subscribers
21.3K photos
3.01K videos
126 files
10.1K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Оилавий тадбиркорлик дастурларига кредит ресурслари фақат давлат маблағларидан ажратилмоқда.

Халқ банки ташаббуси билан Осиё тараққиёт банкининг молиявий оммабоплик дастури доирасида 50 миллион сўмгача ортиқча ҳужжат ва гаровсиз кредит берилмоқда. Бу ташаббусни қўллаб-қувватлаб, Осиё тараққиёт банки дастурга 150 миллион доллар ажратишга тайёр.

Ушбу намуна асосида келгуси йилда 9 та давлат банкига четдан 1 миллиард доллар кредит жалб қилиб, 250 минг одамни даромадли қилиш тавсия қилинди.

Facebook|Instagram|X
Фаол тадбиркорлар иштирокида 27 та туманда очилган кооперациялар яхши самара бераётгани таъкидланди.

Мутасаддиларга келгуси йилда 30 та туманда балиқчилик, қуёнчилик, чорвачилик ва асаларичилик бўйича кооперацияларни кўпайтириш топширилди. Бунга 500 миллиард сўм йўналтирилиши белгиланди.

Бундан ташқари, ҳозирда 15 минг тадбиркор маҳсулотларни электрон платформаларда сотиб, даромадини карра-карра ошираяпти. Бу борада Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Тараққиёт дастури хусусий банк билан 1 минг 300 нафар аёлни ўқитиб, маҳсулотини онлайн сотиш тажрибасини яратмоқда.

Давлатимиз раҳбари йиғилишда қатнашаётган БМТ Тараққиёт дастурининг Ўзбекистондаги доимий вакили Акико Фудзиига юртимизда лойиҳалар қилиб, янги-янги ғоялар олиб келаётгани учун самимий миннатдорлик билдирди.

Ҳам инвестиция олиб келадиган, ҳам кўп иш ўрни яратадиган стартап лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш кенгайтирилади.

Давлат банклари ҳам биттадан венчур компания очиб, маҳалла стартапларига ўз маблағидан жами 50 миллион доллар ажратиши муҳимлиги қайд этилди. Стартапларни бизнесга айлантирадиган акселераторлар ҳам очиш мақсадга мувофиқлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
Оғир туманларда тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, ишсизлик ва камбағалликни қисқартириш бўйича алоҳида ёндашув жорий қилиниши таъкидланди.

Масалан "Саноат қурилиш банки" Қувадаги йирик экспортёр билан Қўнғирот туманида брокколи экиш ва ёғочни қайта ишлаш лойиҳаларини амалга оширди. Бунга паст фоизли кредит ҳам берди.

Бу тажриба маъқулланиб, шароити оғир 71 та туманга бошқа ҳудудлардан тадбиркорларни таклиф қилиш учун уларга қўшимча кредит, 2025 йилда 1 мингта оғир маҳалла инфратузилмасига 3 триллион 200 миллиард сўм ажратилиши белгиланди.

Умуман, тадбиркорлар қўшимча 31 триллион сўмлик 3,5 мингта лойиҳа ва 200 мингта янги иш ўрни яратишга тайёр.

Иқтисодиёт ва молия вазирлигига ушбу лойиҳалар инфратузилмасига 1 триллион сўм ажратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент "аёллар дафтарига" киритилган, лекин кўмак ва интилиш туфайли тадбиркорга айланган паркентлик Фотима Боева билан мулоқот қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ ⚡️⚡️Parkent tuman aholisi diqqatiga!

❄️ Ob-havoning keskin oʻzgarishi tufayli kommunal sohalarda koʻplab muammolar yuzaga kelishini inobatga olib, 2024-2025-yil kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish hamda vujudga kelgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Parkent tuman hokimligida uzluksiz kunu-tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab aʼzolariga yetkazishingiz mumkin.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
🏢 Parkent tuman hokimligi markaziy shtabi;
☎️ (70-72) 22-348;  22-156 (24 soat).

Shtab rahbari
– Parkent tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha o'rinbosari Akramov Shavkat;
📱 Tel: (94) 676-53-55

Shtab rahbari oʻrinbosari – Parkent tuman Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi Komoliddin Jalolov;
📱 Tel: (99) 408-77-04

🔥 "Parkenttumanigaz" gaz taʼminoti filiali boshligʻi Valiyev Erkin ;
📱 Tel: (99) 406-66-33 (filial boshligʻi)
☎️ Tel: 104,  (70-72) 22-392 (dispetcher)

⚡️ Parkent tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi Mirabbos Mirxamidov;
📱 Tel: (99) 926-86-55 (korxona raxbari)
☎️  Tel: (70-72) 22-981 (dispetcher)

🚰  "Toshkent suv ta'minot" MCHJ Parkent tumani boʻlimi boshligʻi Ermatov Axror;
📱 Tel: (99) 101491-93-03
☎️ Tel: (70-73) 36-034 (dispetcher)

🏫 Parkent tuman maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi boshligʻi Yunusov Nabijon;
📱 Tel: (94) 404-33-44
☎️ Tel: (70-72) 22-092 (dispetcher)

🚑 Parkent tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Bobur Aliyev;
📱 Tel: (97) 260-55-01
☎️ Tel: 103, (70-72) 24-156 (dispetcher)

🚒  Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Farxod Tursunqulov;
📱 Tel: (98) 126-75-26
☎️ Tel: 101, (70-72) 22-405 (dispetcher)

🚓  Parkent tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Dilshod Xalilov;
📱 Tel: (99) 837-12-00: (98) 337-12-00:

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "❗️Тошкентдаги ҳайвонот боғида 3 та шер қоровулни еб қўйди. Паркентдаги Лион Парк ҳайвонот боғи ходими шер қурбони бўлди" sarlavhasi ostida ma'lumot tarqaldi.

✔️Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qildi.

Hodisa 17-dekabr kuni soat, taxminan, tonggi 05:00 larda sodir bo‘lgan. 3 ta Afrika sheri qafasdan hayvonot bog‘i hududiga katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib chiqqan. So‘ng sherlarni katakka qaytarmoqchi bo‘lgan 1980-yilda tug‘ilgan qorovul F.I.ga hujum qilgan, qorovul olgan tan jaroxatlar tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan soat 09:00 larda aniqlanib, 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalari qo‘llangan holda katakka qaytarilgan. 1 ta sher esa mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Voqea joyiga soat 10:00 da huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari borib, hodisa joyi va marhumning jasadi qoldiqlarini ko‘zdan kechirgan.

Shuningdek, parkda mavjud bo‘lgan barcha yirtqich hayvonlar sanoqdan o‘tkazilib, ular joy-joyida ekanligi va kataklar mahkamlangani aniqlangan.

Hozirda Parkent tuman prokuraturasi tergov-tezkor guruhi, Ekologiya vazirligi hamda “Toshkent hayvonot bog‘i” DM mutaxassislari tomonidan zarur tekshiruv va surishtiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Jarayon

📌Parkent tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Parkent tuman prokurori katta yordamchisi M.Surabov boshchiligidagi ishchi guruh umumta'lim maktablari va ijtimoiy soha obyektlarining tayyorgarlik holatini o'rganmoqda. Ushbu o'rganish jarayonida elektr energiyasi va gaz resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

📌Guruh tomonidan o'rganish davomida aniqlangan muammolar va kamchiliklar bo'yicha mas'ul shaxslarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berilmoqda. Maqsad — kuz-qish mavsumida ta'lim muassasalari va ijtimoiy obyektlarning xavfsiz va samarali ishlashini ta'minlash, shuningdek, energiya resurslaridan oqilona foydalanishni rag'batlantirishdir.


Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️Hurmatli  tumanimiz fuqarolari

🌨 Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilgʻi isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj ortib boradi.

❗️Bunday paytlarda isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

☝️O'zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website