Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.3K photos
3.02K videos
126 files
10.2K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Mehr_va_eʼtibor
#Foto_lavha

⚡️⚡️⚡️Tumanimizda 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
Photo
#Mehr_va_eʼtibor

⚡️⚡️⚡️Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

📌3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Parkent tumanida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan insonlar uchun Parkent tuman hokimligi tomonidan  tumandagi “Navro'z” to'yxonasida bayram dasturxoni yozildi.

📌Mazkur mehr-muruvvat tadbirida tumanimiz hokimi Shoxrux Shoaxmedov boshchiligida tuman sektor rahbarlari so‘zga chiqib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning jamiyatda teng huquqliligi, har biri Davlatimiz rahbarining eʼtiborida ekanligini taʼkidlab, ularga sog‘lik va salomatlik tiladi.
 
📌Tadbirning badiiy qismida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 608 000 so'm.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Parkent_tumani
#Yetakchilar_faoliyati

Mahallalaridagi Yoshlar yetakchilarining 11 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi

📌Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 19-yanvardagi qaroriga muvofiq, joriy yil dekabr oyida yoshlar masalalari boʻyicha masʼullarning hisobotini eshitish belgilangan.

Parkent tumani mahallaridagi yoshlar yetakchilarining 2023-yil yanvar-noyabr oylari ya'ni 11 oy davomida yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlari natijalari hamda faoliyati yuzasidan erishilgan yutuq va yo'l qo'yilgam kamchiliklari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

📆Eslatib o'tamiz ushbu jarayon 4-dekabr kuni ham davom etadi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayriya_aksiyasi

DIQQAT, E'LON❗️❗️❗️

3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan, joriy yilning 3-4-5-dekabr kunlari Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Inson qadri uchun!" shiori ostidagi "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Aksiya doirasida imkoniyati cheklangan bolajonlar, maxsus internat tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi va savdosi o‘tkaziladi. Xayriya mablag‘lari nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligini tiklashga yo‘naltiriladi.

Hurmatli saxovatpeshalar, sizda ezgulik uchun yana bir imkon bor!

Xayriya tadbiriga barchani taklif etamiz!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Паркент тонги 46-сон.pdf
4.7 MB
👆📰👆📰      
Газетани электрон шаклда ўқиш учун ушбу ҳаволани босинг!      
        
"Паркент тонги" газетасининг 2023 ЙИЛ 23 НОЯБРЬ 46-СОНИДА ўқинг:
   
👉 Байроғимизнинг 32 ёши муносиб нишонланди

👉 Одамлар куз-қиш
мавсумига тайёрми?


👉 Мактабдаги
“Устозлар боғи”


👉 Миллий ўйинлар болалик завқини
ҳам улашади


👉 Дарди ҳам, номи ҳам оғир касаллик

Шунингдек, газетамиз саҳифаларида туманимиз ижтимоий-сиёсий ҳаётига оид хабарлар ҳамда саломатлик маслаҳатларини ўқийсиз!

Мароқли мутолаа тилаймиз!
        
👉 @PARKENT_TONGI
#Parkent_tumani
#rasmiy

Tayinlov

Tojiboyev Roxatali Ma’murovich Parkent tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’i etib tayinlandi.

Tojiboyev Roxatali
1978-yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2006-yil O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Parkent tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi boshlig’ining-kambag’allikni qisqartirish va mahallani qo’llab-quvvatlash masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Bilasizmi

❗️Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O'zbekistonga olib kirish yoki o'tkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 700 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha jarima solishga sabab bo'ladi.

⚠️ Shuningdek, pirotexnika vositalari, qurol va uning o'q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik – BHMning 50 baravari (17 mln so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin