Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.3K photos
3.01K videos
126 files
10.2K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Yashil_makon

⚡️⚡️⚡️“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi davom etmoqda

📌Maʼlumki, joriy yilning 11-oktabr kuni Prezidentimiz raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida videoselektor boʻlib oʻtgandi.

🔹Unda berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Parkent tumanda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🌳Jumladan, tumanning barcha korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

📌Joriy yilning 6-noyabr kuni Yoshlar ishlari Agentligi Parkent tuman bo'limi hamda tumanimizdagi 62 ta mahalla yoshlar yetakchilari bilan birgalikda Chinor mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ona tabiat, seni obod etishga barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida daraxt ekish aksiyasi o'tkazildi.

🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️
👇👇👇👇
@parkent_hokimiyati
⚡️⚡️⚡️"O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar" mavzusida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi

📌Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanining "Amirsoy" tog'-chang'i kurortida UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili ishtirokida "O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar" mavzusida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

📌Mazkur yig'ilishda Parkent tumani hokimi Shoxrux Shoaxmedov ham ishtirok etib, Parkent tumanining turizm salohiyati va kelejakda tumanda tashkil etiladigan turistik obyektlar va rejalar asosida tuzilgan loyihalar yuzasidan taqdimot qildi.

📌Parkent tumanida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjudligi, bor imkniyatlardan unumli foydalanish orqali turistlar oqimini ko’paytirish yuzasidan rejalashtirayotgan ishlarimiz albatta o’z samarasini beradi.

📌UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Taqdimot asosida tumanimizdagi yangi loyihalarga katta qiziziqish bildirdi.

🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️
👇👇👇👇
@parkent_hokimiyati
#dekada

Viloyatda “Xayr-ehson 10 kunligi” eʼlon qilindi

Joriy yilning 15-noyabridan 25-noyabriga qadar viloyatda “Xayr-ehson dekadasi” hamda “Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotining insonparvarlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash xayriya oʻn kunligi” eʼlon qilindi.

Bunda Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hamda shahar, tuman boʻlimlari, hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan korxona, muassasa va tashkilotlar, mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda ixtiyoriy va begʻaraz yordam koʻrsatish, shuningdek, xayriya oʻn kunligi davomida turli tadbirlar, marafonlar oʻtkazish rejalashtirildi.

Xayr-ehson dekadasi”ni uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini taʼminlash, xayriya tadbirlari va aʼzolik markalaridan tushgan mablagʻlar jamoa roziligi asosida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 (oʻn) foizgacha miqdorida Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Mazkur mablagʻlar hisobidan favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti tomonidan toʻlaqonli insonparvarlik yordami koʻrsatish, tuman va shaharlarda zaxira omborlarini tashkil qilish, shuningdek, omborlarni zaruriy vositalar bilan taʼminlash reja qilingan.

Shuningdek, tadbir davomida xayriya konsertlari, teatrlashtirilgan tomosha tadbirlari tashkil etiladi. Ulardan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hisob raqamiga oʻtkazish tavsiya etiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Tuman_tarixi

⚡️⚡️⚡️Parkent tumanining tarixi, tumanimizdagi qishloqlar, mahallalar va boshqa geografik obyektlarning tarixi, nomlanish sababi, geografik obyektlarga berilgan nomlar etimologiyasi siz uchun qiziqmi?

📌Unday bo'lsa to'liq ma'lumotlarni "Tuman tarixi" loyihamizda kuzatib boring

👉
BATAFSIL

🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️
👇👇👇👇
@parkent_hokimiyati
⚡️⚡️⚡️Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mobil-ID tizimi- yanada qulayroq

📌Parkent tuman Adliya bo’limi xodimlari tomonidan Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha ro’yxatdan o’tkazish ishlari tashkil etilmoqda
.

🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️
👇👇👇👇
@parkent_hokimiyati
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
⚡️⚡️⚡️Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mobil-ID tizimi- yanada qulayroq 📌Parkent tuman Adliya bo’limi xodimlari tomonidan Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha ro’yxatdan o’tkazish ishlari tashkil…
⚡️⚡️⚡️Mobil-ID tizimi o’zi nima degani?

📌Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

📌Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi sizga qulaylik yaratadi.

📌Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimi tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.

📌Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaro xohishiga koʻra DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YaIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

📌Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan bevosita markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat asli taqdim etiladi hamda markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaro yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qoʻl barmogʻi izi olinadi va mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bogʻlanadi.

📌Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan YaIDXP mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qoʻllaniladi hamda mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bogʻlanadi.

📌Bevosita markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 2%i miqdorida bir martalik toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi.

📌Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin.

📌Fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga koʻra va belgilangan toʻlovlar asosida mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

Siz ham bu tizimga ulanib, davlat xizmatlaridan yanada osonroq va qulayroq foydalaning.

🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️
👇👇👇👇
@parkent_hokimiyati