Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.11K subscribers
22.6K photos
3.17K videos
127 files
10.6K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Parkent_tumani
#rasmiy

Tayinlov


Xusanboyev Laziz Ilxomboyevich Parkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.

Xusanboyev Laziz 1983-yilda tugʼilgan. Maʼlumoti oliy. Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Parkent tumani “Gulbog’-Guliston” koperasiyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#Rasmiy_munosabat

Xalq so'zi gazetasining 26.11.2024 yildagi sonida Parkent tumani "Samarobod" mahallasida 1994 yildan beri maktab qurish uchun ajratilgan 2 gektar yerda qurilish boshlanmagani haqida soʻz yuritilgan.

✔️Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Bugungi kunda Samarobod MFY hududiga yaqin Navro’z MFY hududida 10 hamda 43- umumta’lim maktablari joylashgan bo’lib, 10-umumta’lim maktabi 1174 quvvatga ega xozirgi kunda 1075 nafar o’quvchi tahsil oladi . Navbatiylik koeffitsenti 0.9 ni tashkil etadi. 43-umumta’lim maktabi 530 quvvatga ega bo’lib xozirgi kunda 663 nafar o’quvchilar tahsil oladi. Navbatiylik koeffitsenti 1.3 ni tashkil etadi.

Samarobod mahalla hududida maktab qurilishi uchun 1,70 ga yer maydoni ajratilgan , xozirga kunda bu yer maydoni 10-maktabga biriktirib berilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib Samarobod MFY xududida o’quvchilar ta’lim olishi uchun umumta’lim maktabi qurilishi uchun 2025 yil investitsiya dasturiga 365 o’rinli maktab qurish bo’yicha tuman hokimligiga taklif kiritilgan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#seminar

⚡️⚡️⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashdagi islohotlar va natijalar


Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#Parkent_tumani #seminar ⚡️⚡️⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashdagi islohotlar va natijalar Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#seminar

⚡️⚡️⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashdagi islohotlar va natijalar


📌Bugun, Parkent tumanida Toshkent viloyati hokimining 2024 yil 12 noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o’tkazish to’g’risidagi farmoyishiga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish bo’yicha olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to’g’risida huquqiy seminar bo’lib o’tdi.

📌Mazkur seminarda Parkent tuman hokimi Sardor Isakulov hamda tuman prokurori Jasurbek Xayitboyev tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-sonli Qonuni, korrupsiya va uning oqibatlari, sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, qonunda belgilangan javobgarlik turlari va shu kabi ko’plab ma’lumotlar berildi.

📌Shuningdek, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burch va vazifasi bo’lishi, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun to’siqlardan biri ekanligi, rivojlanishni tanazzulga olib kelishi tahliliy misollar bilan aytib o’tildi. Bu illatga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, balki barcha barobar kurashishi kerakligi ta’kidlandi.

✍️ Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "❗️Тошкентдаги ҳайвонот боғида 3 та шер қоровулни еб қўйди. Паркентдаги Лион Парк ҳайвонот боғи ходими шер қурбони бўлди" sarlavhasi ostida ma'lumot tarqaldi.

✔️Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qildi.

Hodisa 17-dekabr kuni soat, taxminan, tonggi 05:00 larda sodir bo‘lgan. 3 ta Afrika sheri qafasdan hayvonot bog‘i hududiga katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib chiqqan. So‘ng sherlarni katakka qaytarmoqchi bo‘lgan 1980-yilda tug‘ilgan qorovul F.I.ga hujum qilgan, qorovul olgan tan jaroxatlar tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan soat 09:00 larda aniqlanib, 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalari qo‘llangan holda katakka qaytarilgan. 1 ta sher esa mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Voqea joyiga soat 10:00 da huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari borib, hodisa joyi va marhumning jasadi qoldiqlarini ko‘zdan kechirgan.

Shuningdek, parkda mavjud bo‘lgan barcha yirtqich hayvonlar sanoqdan o‘tkazilib, ular joy-joyida ekanligi va kataklar mahkamlangani aniqlangan.

Hozirda Parkent tuman prokuraturasi tergov-tezkor guruhi, Ekologiya vazirligi hamda “Toshkent hayvonot bog‘i” DM mutaxassislari tomonidan zarur tekshiruv va surishtiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Parkent_tumani
#Yoshlar_yetakchilari_faoliyatidan_videolavha

"Hech bir yosh e'tibordan chetda qolmaydi!"

Nurobod mahallasi misolida Yoshlar yetakchilari faoliyati aks ettirilgan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumanida davlat korxonalari tomonidan kortej yuradigan to'l yoqasidagi uy va ko'chalar tozalanib, devorlardevorlarni shuvoq qilib oqlash uchun hodimlar ertalab soat 06-00 dan 19-00 ga qadar uyga qaytayotgani tanqid qilinmoqda.

✔️Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.


Barchamizga ma'lumki bugungi kunda Parkent tumani turizm markaziga aylantirilmoqda. Shu sababli tumanga tashrif buyuruvchi turistlarga qulay sharoit yaratish hamda tumanda avtomobilar tirbadligini oldini olish maqsadida Parkentsoy bo'yidan 4.6 km masofada yangi yo'l qurilmoqda. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video aynan yo'l qurilishida ishlayotgan xodim tomonidan olingani va uchbu video yangi yil bayram arafasida emas unda oldinroq olingani ma'lum bo'ldi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#rasmiy

Tayinlov

Hamdamov Ortiqboy Atqamboyevich Parkent tuman hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari – tuman qishloq xo’jaligi bo’limi boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Hamdamov Ortiqboy 1984-yilda Parkent tumanida tugʻilgan.Maʼlumoti oliy. Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutlarini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Angren shahar soliq inspektsiyasi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#Tashabbusli_byudjet

📊Parkent tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2024-yil 4-chorak hisoboti.

👉BATAFSIL

✍️
Parkent tuman hokimligining Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Parkent_tumani
#Rasmiy_munosabat

Parkent tumanida tadbirkor ayolning viloyat hokimiyati mas’ullari va mutasaddilar tomonidan bosimga uchrayotganligi, tadbirkor tashlandiq yerni 1 milliard so’m miqdorida xarajat qilib obod qilganligi, holat bo’yicha o’rganish olib borilayotganligi, viloyat oqova mus tarmoqlari korxonasi faoliyati tanqid qilinmoqda.

Parkent tumani Istiqbol MFY istiqomat qiluvchi fuqaro Boboyeva Gavharni yeri noqonuniy tortib olingani hamda unga 1mlrd so`mlik mol mulkiga shikast yetkazilganlik haqidagi video murojaat, tegishli tashkilotlar tomonidan o'rganildi.

✔️Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.


2021 yilda Mirabdullayev Mirbehzodga “Yoshlar mehnat guzari”ni tashkil etish unda ish o`rinlarini yaratish migratsadagi ishsiz yoshlarni ish bilan ta`minlash maqsadida 60 sotix yer maydoni “Yoshlar mehnat guzari” yaratish uchun ajratilgan.

Mirabdullayev Mirbehzod tomonidan 2021-yildan 2024-yilga qadar mehnat guzari tashkil etilmaganligi umuman qurilish ishlari amalga oshirilmaganligi . Bu bilan Yer kodeksining 6, 36, 38 -modda talablari buzilganligi sababli Parkent tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yilda Mirabdullayev Mirbehzodga “Yoshlar mehnat guzari” yaratish uchun ajratilgan yer maydonini zaxiraga olish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritilgan, sud qarori bilan da’vo ariza qanoatlantirtilib yer maydoni zaxiraga olingan. Shu bilan birga o'rganish davomida Boboyeva Gavhar soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga ko'ra shu kunga qadar biron bir tabirkorlik subyekti sifatida ro'yxatdan o'tmaganligi, tadbirkor emasligi, va tadbirkorlik subyektida mulkdori emasligi aniqlandi va bu joyga 1mlrd so'm miqdorda pul sarflanganligi haqida biron bir hujjat aniqlanmadi, sababi 2021 yilda Mirabdullayev Mirbehzodga “Yoshlar mehnat guzari” yaratish uchun ajratilgan yer maydoni shu kunga qadar hech qanday qurilish ishlari amalga oshirilmaganligi ma'lum bo'ldi.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website