Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.2K photos
3.01K videos
126 files
10.1K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Live
#migrantlar_onlayn_muloqot

📌Ayni damda Parkent tuman hokimi 1 sektor rahbari Sardor Isakulov hamda tuman hokimi o'rinbosarlari ishtirokida migrantlar bilan onlayn muloqoti bo'lib o'tmoqda.

📌Mazkur muloqotdan asosiy maqsad xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni yurtga qaytarish va ularni munosib daromad manbaiga ega qilishdir.

📌Parkent tuman hokimi 1 sektor rahbari Sardor Isakulovning chet eldagi fuqarolar bilan suhbat har kuni bo'lib o'tadi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Фикр

Учинчи дебат: партиялараро баҳслар ва уларнинг ечимлари минбари

📁Жорий йил 11 октябрь куни партияларнинг сайлов тарғиботи бўйича навбатдаги учинчи дебатлар бўлиб ўтди. Унда “Иқтисодиёт ва тадбиркорлик” масаласи муҳокама қилинди.

🔰Партияларнинг ўзаро савол-жавобларидаги баҳс ва мунозаралар ҳақида сиёсий фанлар номзоди, доцент Феруза Ўсарова қуйидаги фикр ва мулоҳазаларни билдирди.

БАТАФСИЛ

@olimlar_minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Parkent_tumani
#Rasmiy_munosabat

Ishonch gazetasining 15.10.2024 yildagi sonida Parkent tumani Changi qishlogʻi Kungay mahallasi aholisi Tashabbusi budjetdan koʻchani asfalt qilish boʻyicha loyiha gʻolibi boʻlgan ammo koʻcha asfalt qilinmay qolib ketgani haqida soʻz yuritilgan.

✔️Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Parkent tumani Changi qishlogʻi Kungay mahallasi aholisi Tashabbusi budjetdan koʻchani  asfalt qilish boʻyicha loyiha gʻolibi boʻlgan va asfalt qilish jarayonida 152 metr yoʻl asfalt  qilinmay qolib ketgani aniqlandi. Xozirda tegishli tashkilotlar Mazkur holatni bartaraft etish choralari koʻrilmoqda.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
⚡️⚡️⚡️Koʻp yillik loy koʻchalar shagʻallashtirldi

📌Parkent tumani Qiziltog' shaharchasi Said-ota MFY joylashgan ichki koʻchalar koʻp yillardan buyon tamirtalab boʻlib, quruq kunlarda chang, yogʻingarchilik vaqtlarda loy boʻlib mahalla aholisi ayniqsa maktab oʻquvchilari uchun qiyinchilik tugʻdirib kelayotgan edi.

📌Parkent tuman hokimi 1 sektor rahbari Sardor Isakulov tashabbusi bilan ushbu mahalla hududida joylashgan Farobiy ko‘chasiga 1500, Amir Temur ko‘chasiga 800, Ibn Sino ko‘chasiga 1000, Zulfiya ko‘chasiga 100, Uvaysiy ko‘chasiga 1200, Geologlar ko‘chasiga 800, Bobur ko‘chasiga 1000, Ulug‘bek ko‘chasiga 1500 metr tuproqli yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi. Shu kunni oʻzida 1400 metr ichki koʻchalar shagʻallashtirilib teksilandi. Amaliy ishlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 4200 dan ortiq Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini sotib oling!


🔹Dehqon xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalari 671 ta (Ko'rish)

🔹Dehqon xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jaligi kooperativini tashkil etish uchun 822 ta (Ko'rish)

🔹Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalari 2741 ta (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Maxsus_dayjest

Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarda turli maqsadlarda xorijga chiqib ketgan migrantlarni qaytarish, yuqori daromadli ish bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Qisqa satrlarimizda bu borada qilinayotgan ishlar bilan tanishamiz.

Oqqoʻrgʻon tumani. Toʻra Bobolov boshchiligida tuman masʼullari har kuni xorijdagi migrantlar bilan muloqotlar uyushtirmoqda.

Toshkent tumani. 4 soat davom etgan muloqotda koʻplab xorijdagi yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.

Parkent tumani. 1000 dollardan kam daromad topayotgan migrantlarni tumanga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Angren shahar. Rossiya Federatsiyasidagi angrenlik yoshlar bilan oʻtkazilgan onlayn muloqotda ularni qiynayotgan muammolariga yechim izlandi.

Bekobod shahar. Hududdagi 1 910 nafar ishlash maqsadida chet davlatlarga ketgan fuqarolarning daromadi oʻrganilayapti.

Chinoz tumani. Alisher Navoiy va “Xoʻja” MFY da yashovchi 20 ga yaqin migratsiyadagi fuqarolarni oʻz uylariga qaytarish, shuningdek, oilaviy tadbirkorliklarini boshlashlariga imkon yaratilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Migrantlar bilan muloqotlar davom etmoqda. Ularga tumandagi boʻsh ish oʻrinlari va yuqori oylik maoshi toʻlanadigan korxonalar taklifi berilmoqda.

Nurafshon shahri. Masʼullar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar bilan xonadonma - xonadon yurib, yaqinlari orqali muloqotlar olib bormoqda.

Piskent tumani. Har kuni o`tkazilayotgan muloqotlarda mehnat migratsiyasida yurgan fuqarolarning takliflari, murojaat va muammolari tinglanmoqda.

Qibray tumani. Muloqotlar mahallalar kesimida kunlik tashkil etilmoqda. Muammolarini hal etish borasida yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter