Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.2K photos
3.01K videos
126 files
10.1K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
🗺Parkent tumanida “IT shaharcha” qurilishiga start berildi

Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Prezidentining “Hududlarda yoshlarga raqamlashtirish va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati Parkent tumanining Samsarak qishlog‘ida “Villayat Samsarak: CREATIVE ECO IT VILLAGE” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu hududda tashkil etilishi rejalashtirilgan “IT shaharcha” qurilishiga start berildi.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Матбуот
#Пресс_анонс
        
"ПАРКЕНТ ТОНГИ" ГАЗЕТАСИНИНГ 2024 ЙИЛ 16 МАЙ СОНИДА:

👉 Йилнинг энг яхши ҳамшираси

👉 “ҲОКИМ КУБОГИ” ғолиблари аниқланди

👉 Кўчатлар экилди, уларнинг кейинги тақдири-чи?

👉 Тежоғлининг иши бежоғлиқ

👉 Заҳматкаш асаларичи

👉 Баракали касбнинг ширин ташвиши

👉 Жамшид вилоятда ғолиб бўлди


Шунингдек, газетамиз саҳифаларида туманимиз ижтимоий-сиёсий ҳаётига оид хабарларни ўқийсиз!

👉 @PARKENT_TONGI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_қилинг

⚡️⚡️⚡️ Паркент туманида “IT шаҳарча” қурилиши бошланди

Туманимизнинг Самсарак ҳудудида “Villayat Samsarak: CREATIVE ECO IT VILLAGE” лойиҳасининг тақдимоти бўлиб ўтди.

Унда Ўзбекистон Республикаси рақамли технологиялар вазири Шерзод Шерматов, Паркент туман ҳокими Сардор Исоқулов, соҳа мутахассислари, журналист ва блогерлар иштирок этди.

Тадбирда таъкидланганидек, “Villayat Samsarak” эко қишлоғи “Villayat” компаниялар гуруҳининг тажриба лойиҳаси бўлиб, у яшил ва ижодий иқтисодиёт доирасида фаолият юритиб келмоқда.

Тақдимот давомида иштирокчиларга ҳудудда хиёбон кўринишида ташкил этилган ҳайвонот олами ҳақида маълумот берилди.

“Villayat Samsarak” туманимизнинг туризм салоҳиятини ривожлантириш ва ижтимоий-иқтисодий шароитини яхшилашга қаратилган лойиҳаларини амалга ошириши натижасида кўплаб янги иш ўринлари яратилади.

Тақдимот маросимида ҳудудда ташкил этилиши режалаштирилган “IT шаҳарча” қурилишига Ўзбекистон Республикаси рақамли технологиялар вазири Шерзод Шерматов, Паркент туман ҳокими Сардор Исоқулов бошчилигида старт берилди.

Маълумот ўрнида айтиш жоизки, ушбу “IT шаҳарча” туманимиз ёшларининг ахборот технологиялари соҳасида истеъдодларини юзага чиқариши, айни шу йўналишда ўз касбларини топиши ва атроф-муҳит билан уйғунликда яшаш орқали жамиятга ўз ҳиссаларини қўшиши мақсадида бунёд этилмоқда.

Энг асосийси, бу ерда IT соҳасини чуқурроқ ўрганиш учун ноёб макон бўлишида зарур шарт-шароитлар яратилмоқда.

👉 @PARKENT_TONGI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun hukumat xorijda taʼlim olish uchun investitsiya kiritmoqda?

Adliya vazirligi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda El-yurt umidi podkastini taqdim etadi.

Podkastning ilk sonida xorijda taʼlim uchun muntazam kiritilayotgan investitsiya, xorijiy tajribani Oʻzbekistonda amaliyotga tatbiq etishdagi kamchiliklar, Oʻzbekistonga qaytgan jamgʻarma stipendiatlariga yuklatilgan vazifalar hamda boshqa dolzarb va yoshlarni qiziqtirgan mavzular haqida soʻz bordi.

Toʻliq video: 👉 https://youtu.be/qtyVWpvG62E

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Diqqat!

Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:

➡️ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➡️ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➡️ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➡️ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Diqqat: Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Ochiq_eshiklar_kuni

📌Joriy 2024-yilning 22-23-may kunlari
Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

▶️Ochiq eshiklar kunida Sizlar:

2024/2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot bilan tanishishingiz;
maktabdagi yangi baholash tizimi va o‘qitish metodikasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz;
o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar haqida yaqindan bilib olishingiz;
o‘quvchilarimiz bilan birgalikda tashkil etiladigan ko‘rgazmalar, dars jarayoni va to‘garaklarda, amaliy mashg'ulotlarda bevosita ishtirok etishingiz;
maktab psixologi tomonidan o'tkaziladigan seminar treningda ishtirok etib, yutuqli sovrin egasiga aylanishingiz mumkin.

Fursatni qo'ldan boy bermang!

Eslatib o‘tamiz:
Siz aziz tashrif buyuruvchilar uchun eshiklarimiz
22- 23-may kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha ochiq!

💫Barchangizni ochiq eshiklar kunida kutib qolamiz!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!!

E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan 3490 dan ortiq bo'lgan ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 612 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 141 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 249 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 95 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 191 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 522 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 141 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 246 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 150 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 307 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 63 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 136 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 199 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 29 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 60 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 18 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 161 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#soʼnggi_ #qoʼngʼiroq

📌Parkent tumanidagi 5-IDUMda bo’lib o’tgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida, Parkent tumani hokimi Sardor Isakulov ishtirok etdi.

📌Tuman hokimi Hurmatli Prezidentimizning yurtimiz bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

📌Shuningdek, tuman hokimi, maktabning bir guruh faol bitiruvchilariga tashakkurnoma va esdalik sovg’alarini topshirdi.

✍️Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Битирувчи_2024

⚡️⚡️⚡️ Туманимизнинг барча мактабларида сўнгги қўнғироқ чалинди

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website