Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.09K subscribers
22.7K photos
3.17K videos
127 files
10.7K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Jarayon

⚡️⚡️⚡️Tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedov ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi jarayonini o’rgandi

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#Jarayon ⚡️⚡️⚡️Tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedov ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi jarayonini o’rgandi Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Jarayon

⚡️⚡️⚡️Tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedov ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi jarayonini o’rgandi

📌Mamlakatimizda «Inson qadri uchun» degan tamoyil asosida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilmoqda. Shu asosida ta’lim va tibbiy xizmat sifatini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Bunday oqilona siyosatning qudrati kuchi tumanimizda ham o’z ifodasini topmoqda desak xato bo’lmaydi.

📌Tumanimiz hokimi Shoxrux Shoaxmedov Qiziltog qo'rg'oni hamda Nomdanak qishlog’ida bo’lib, mazkur hududlardagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimi bilan bog’liq vaziyatni o’rgandi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Рост_ҳикматлар

Келажакни кўра олишнинг зўр йўли бу уни кашф қилишдир.

✍️Алан Кай

Кунингиз хайрли ўтсин!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimcha kiritildi

🔰 “Ijara to'g'risida”gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:

📝 Ijara munosabatlarining obyektlari bo'yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o'tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

📋 Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari bo'yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o'tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

📁 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tgan taqdirda, ushbu obyekt bilan birga mazkur obyekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo'lgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o'tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.

▶️ Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o'tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo'yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o'tadi.

Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Yer kodekslariga servitut to'g'risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o'zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to'lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo'shimchalar kiritildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

👉 Batafsil

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat

⚡️⚡️⚡️Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#daʼvat ⚡️⚡️⚡️Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada... Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#daʼvat

Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.

Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.

“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.

2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.

Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
Ўзбекистон ва Жанубий Корея ҳамкорлиги

Ўзбекистон Жанубий Корея билан нодир металлар ва мис саноати соҳасидаги ҳамкорликни янада кенгайтиради.

Бу ҳақда ОКМКда бўлиб ўтган Ўзбек-Корея Нодир металлар ва мис саноати ривожлантириш бўйича халқаро семинарда сўз юритилди.

Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги, Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги, Олмалиқ кон-металлургия комбинати, Корея давлатининг KITECH ҳамда KIRAM институтлари ҳамкорлигида ташкил этилган семинарда соҳанинг етакчи экспертлари, олимлар, профессор ва мутахассислар, тадқиқотчилар иштирок этишди.
Тадбирда соҳага инновацион ва илмий ишланмалар, замонавий технологияларни жорий этиш муҳокама қилинди.

ОКМК Ахборот хизмати

https://t.iss.one/hudud_inform
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Umumxalq_hashari

Toshkent viloyati mahallalarida 28-29 oktyabr kunlari hashar o‘tkaziladi

Kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun Toshkent viloyati mahallalarida 28-29 oktyabr kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” va “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiorlari ostida hashar o‘tkaziladi.

Hashar doirasida ko‘chat yarmarkalarini tashkil etish, turarjoy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekish, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi farmoyishi imzolandi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️Qiziltog' qo'rg'onida joylashgan Chotqol madaniyat markazida to‘garaklar faoliyatiga nazar

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website
#IT_haftaligi
#reyd_tadbirlari

RADIOELEKTRON VOSITALARDAN RUHSATNOMASIZ FOYDALANGAN SHAXSLARGA TEGISHLI TARTIBDA CHORALAR KOʻRILDI

Toshkent viloyatida noqonuniy radioelektron vositalaridan foydalanishning oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy boʻlimi va “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda joriy yilning 9 oyi davomida radioelektron vositalarini noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishni aniqlash boʻyicha jami 19 ta reyd tadbirlarini oʻtkazdilar.

Tekshiruv jarayonlari mobaynida Yangiyoʻl tumanida 8 ta, Toshkent tumanida 7 ta, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida 1 tadan, Zangiota tumanida 2 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, mazkur qurilmalardan noqonuniy foydalangan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 152-moddasi, tegishli bandlari bilan jarimaga tortilishga sabab boʻlishi toʻgʻrisida tushuntirilib, ogohlantirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Yashil_makon

⚡️⚡️⚡️“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi davom etmoqda

🌳 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan, yurtimiz boʻylab joriy yilning 25-oktabridan 1-dekabr kuniga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi boʻyicha tadbirlar eʼlon qilingan boʻlib, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida jarayonlar boshlab yuborildi.

🌳 Bugun Yoshlar ishlari Agentligi Parkent tuman bo'limi hamda tumanimizdagi mahalla yoshlar yetakchilari bilan birgalikda Chinor mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi o'tkazildi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Website