Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.07K subscribers
22.3K photos
3.13K videos
127 files
10.6K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
Photo
#Parkent_tumani
#Ma'naviyat_Kengashi_yiģilishi

Joriy yilning 19 oktyabr` kuni tuman Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda tuman hokimi o'rinbosari, tuman hokimining Davlat tili bo'yicha maslahatchisi, din ishlari bo'yicha tuman vakili, tashkilot rahbarlari, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Yig'ilish davomida tuman Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining 2023 yilning to'qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlari muhokama qilindi.

❇️Yig'ilishda tuman Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi o'rinbosari B.Soatov tumandagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda e'tibor qaratilishi shart bo'lgan masalalarga to'xtaldi va tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi tomonidan to'qqiz oy davomida amalga oshirib kelingan ma'naviy-ma'rifiy ishlarini tanqidiy tahlil qildi. Hokim o'rinbosari mahallalarda yoshlar bilan ma'naviy-ma'rifiy masalalarda hamkorlik sezilmayotganini, hamkorlikni samarali yo'lga qo'yish zarurligini qat'iy ogohlantirdi. Shuningdek, “Ma'naviyat” maskanini tashkil etish borasidagi harakatlar to'g'risida so'z yuritildi. Muzokaralarda Mudofaa bo'limi boshlig'i A.Xudoyberganov, tuman Axborot kutubxona markazi rahbari, tuman Kengashi deputati M.Ahmedova, tuman yoshlar agentligi mutaxassisi D.Mahkamovalar so'zga chiqib, o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi. Yig'ilish so'ngida, ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar mobaynida yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga taklif va ko'rsatmalar berildi.
YANGI OʻZBEKISTON – YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!

Toshkent viloyati mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining viloyat ahliga murojaati

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилотига аъзо давлатлар Хавфсизлик кенгашлари котибларининг иккинчи йиғилиши иштирокчиларига мурожаати

Обращение Президента Шавката Мирзиёева к участникам второй Встречи секретарей Советов безопасности государств-членов Организации тюркских государств

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Shukuh

TOSHKENT VILOYATIDA 21-OKTABR – OʻZBEK TILI BAYRAMI KUNI KENG NISHONLANDI

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan, bugun Parkent tumani Qiziltogʻ qoʻrgʻonida “Til bor ekan, millat barhayot” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Айни пайтда Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ўтаётган видеоселектор йиғилишида сув муаммоси кун сайин долзарб бўлиб бораётгани таъкидланди.

Сўнгги икки йилда сув хўжалигига, жумладан сув тежовчи технологияларга катта миқдорда субсидия ажратилган.

Лекин ўтган йили истеъмол қилинган 39 миллиард куб метр сувнинг 36 фоизи тупроқ ўзанли канал ва ариқларда йўқолгани кўрсатиб ўтилди.

Бундан ташқари, ерларнинг 70 фоизи эски усулда суғорилгани боис, 5-6 миллиард куб метр сув беҳуда сарфланиб, коллекторларга ташланаётгани айтилди.

Бугунги кунда 2,5 миллион гектар майдонни суғориш учун 5 мингдан зиёд насос ишлатилиб, йилига 7 миллиард киловатт соат электр сарфланади. Лекин, 80 фоиз насослар 35-40 йилдан бери ишлатилиб, ўз ресурсини ўтаб бўлган.

Давлатимиз раҳбари сув хўжалигидаги бундай вазиятдан чуқур ташвишдалигини қайд этиб, соҳа мутасаддиларига қаттиқ эътироз билдирди.

Каналларни бетон қилиш орқали йўқотишларни камайтириш, насосларни энергия тежамкорига алмаштириш, сув иншоотларида автоматлашган ҳисоблагич ўрнатиш юзасидан топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|Twitter
#turizm

VILOYAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALAR JALB QILINMOQDA

Toshkent viloyatida turizm sohasida bir qancha investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Joriy yilda 2,1 trillion soʻm boʻlgan jami 56 ta investitsiya loyihalari, 10 ta turistik firmalar hamda 178 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etish rejalashtirilgan.

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
VILOYAT HOKIMI RAISLIGIDA “OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI IJROSI YUZASIDAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI

“Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari” boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va qarori qabul qilingan boʻlib, joylarda mazkur qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM