Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.12K subscribers
21.4K photos
3.02K videos
126 files
10.2K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#Qabul #Foto_lavha ⚡️⚡️⚡️Parkent tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedov fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi Kanalga ulanish: ⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
⚡️⚡️⚡️Parkent tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedov fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi

📌Bugun tumanimiz hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi. Qabulda tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedov fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi.

📌Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, kontrakt toʻlovi, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha hokim oʻrinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʻrildi.

📌Qabulda koʻrib chiqilgan murojaatlardan 5 tasi shu joyning oʻzida ijobiy hal qilindi. Ayrim murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan nazoratga olindi.

📌Taʼkidlanganidek, har bir murojaat asoslicha oʻrganib chiqiladi va qonuniy yoʻl bilan yechimini topadi. Hech bir fuqaro murojaati e'tibordan chetda qolmasligi kerak degan shiorni o'zlari uchun bosh g'oya qilib olgan mutasaddi tashkilot vakillari muloqotda ko'tarilgan har bir muammo va takliflarni qunt bilan o'rganib, qonun doirasida va imkoniyatimiz qadar yechim topilishi haqida fikrlar bildirishdi. Shu o'rinda tumanimiz fuqarolariga murojaat qilmoqchimiz. Sizning har bir murojaatingiz mutasaddilar nazoratida.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Foto_lavha

⚡️⚡️⚡️Parkent tumani hokimi Shoxrux Shoaxmedov tumanimizning Objuvoz, Gulbog' hamda Istiqbol mahalla fuqarolari bilan uchrashdi

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Bugun 19-apreldan muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Bugun respublika boʻylab soat 9:00 dan referendum uchastkalari muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.

☑️ Referendum uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar amalga oshiriladi.

✔️ Referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

🗓 Muddatidan oldin ovoz berish 2023-yil 19-aprel kuni boshlanib, 2023-yil 26-aprel kuni yakunlanadi.


✉️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Конституция меники, сеники, бизники! Конституция ўзимизнинки» шиори остидаги тарғибот тадбири
#19apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

🌙 Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).

🔶 Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
❗️Ramazon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket to‘rt kun dam oladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi Farmoni imzolandi.

Unga muvofiq, yurtimizda ketma-ket to‘rt kun — 21, 22, 23 va 24 aprel dam olish kunlari deb belgilandi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Diqqat

❗️Bugun, 20 aprel kuni barcha xodimlar ishdan kamida 1 soat oldin chiqib ketish huquqiga ega.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi – 121-moddada nazarda tutilgan.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Tadbir

⚡️⚡️⚡️“AYOLI E’ZOZLANGAN YURT”

💠 Parkent tumani Krasnogorsk qo'rg'onida joylashgan 1-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan “Ayoli e’zozlangan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔘 Tadbirda Parkent tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'lim boshlig'i M.Inayatova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi boshlig'i D.Mirobidova, oqila ayollar harakati vakillari, xotin-qizlar faollari hamda tadbirkor ayollar ishtirok etdi.

🔸 Mamlakatimizda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, ayolga e’tibor va g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

📌Tadbir davomida musiqa maktabi o'quvchilari tomonidan tashkil etilgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag'ishladi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram