Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.13K subscribers
21.5K photos
3.05K videos
126 files
10.3K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#sayyor_qabul
#foto_lavha

⚡️⚡️⚡️Toshkent viloyati prokurori Shavkatjon Rahimovning tumanimiz aholisi bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#sayyor_qabul

⚡️⚡️⚡️Toshkent viloyati prokurori Shavkatjon Rahimovning tumanimiz aholisi bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi

📌Bugun tumanimizning Qiziltog' qo'rg'onida joylashgan 1-sonli Bolalar san'at va musiqa maktabida Toshkent viloyati prokurori Shavkatjon Rahimovning tumanimiz aholisi bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

📌Mazkur bo'lib o'tgan sayyor qabulda tumanimiz hokimi Shoxrux Shoaxmedov, tuman sektor rahbarlari hamda viloyat va tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

📌Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, kontrakt toʻlovi, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʻrildi.

📌Qabulda koʻrib chiqilgan murojaatdan 15 tasi shu joyning oʻzida ijobiy hal qilindi. Ayrim murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan nazoratga olindi.

📌Taʼkidlanganidek, har bir murojaat asoslicha oʻrganib chiqiladi va qonuniy yoʻl bilan yechimini topadi. Hech bir fuqaro murojaati e'tibordan chetda qolmasligi kerak degan shiorni o'zlari uchun bosh g'oya qilib olgan mutasaddi tashkilot vakillari muloqotda ko'tarilgan har bir muammo va takliflarni qunt bilan o'rganib, qonun doirasida va imkoniyatimiz qadar yechim topilishi haqida fikrlar bildirishdi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#rasmiy

TAYINLOV

Shoyo'ldashov Dilshod Shoakbarovich Parkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

D. Shoyoʻldashov 1985-yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat agrar unversitetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Parkent tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'limi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
⚡️⚡️⚡️Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Parkent tumani Qiziltog’ qo’rg’onida iftorlik dasturxoni yozildi.

📌Ramazon oyi mehr-muhabbat, sahovat va insoniylikni o‘zida mujassam qiluvchi muborak oy hisoblanadi.

📌Unda yurtdoshlarimiz savob ishlar, ezgu amallarni har qachongidan ham ko‘proq bajaradilar. Sahovatpesha xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ana shu fazilat chinakam ibrat na’munasidir.

📌Shunday xayrli tadbirlar davomi 8-aprel kuni Said-ota va Oydin mahallasi uchun tuman hokimligining tashabbusi bilan, "Orom" to'yxonasida mahalla faollari ishtirokida 200 kishilik iftorlik dasturxoni yozildi.

📌Muborak Ramazon oyida qiynalganlarga yordam berish, bemorlarning holidan xabar olish va imkon qadar atrofdagilarga ezgulik ulashish eng katta savob ishlar sanaladi. Noz-u ne’matlar ila bezatilgan iftorlik tadbiriga mahallaning yoshi keksa nuroniylar, faol xotin-qizlar taklif etildi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram