Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.1K subscribers
22.6K photos
3.15K videos
127 files
10.6K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Foto_lavha

⚡️⚡️⚡️Quyosh energiyasidan foydalanish va uni rivojlantirishda innovatsion yondashuv

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#Foto_lavha ⚡️⚡️⚡️Quyosh energiyasidan foydalanish va uni rivojlantirishda innovatsion yondashuv Kanalga ulanish: ⬇️⬇️⬇️ 💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
⚡️⚡️⚡️Quyosh energiyasidan foydalanish va uni rivojlantirishda innovatsion yondashuv

📌Kelajakda O’zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hamda energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini o‘zlashtirish hisoblanadi.

📌Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan biri bo’lgan quyosh energiyasi tumanimizda eng istiqbolli sohalardan hisoblanadi. Aynan mana shu energiyadan to‘g‘ri va unumli foydalanilsa, tuman aholisining ijtimoiy sharoitini yanada yaxshilash mumkin.

📌Quyosh energiyasidan foydalanishni ommalashtirish, quyosh panellarini ijtimoiy soha obyektlariga o‘rnatish asnosida iqtisod qilinadigan mablag’lar ham anchagina. Tuman hokimligida “Quyosh energiyasidan foydalanish va uni rivojlantirishda innovatsion yondashuv: Muammolar va ularni yechish yo‘llari" mavzusida yig’ilish bo’lib o‘tdi.

📌Shoxrux Shoaxmedov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda, elektr va mablag‘larni tejashda quyosh panellarining afzalliklari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanayotgan aholi va tadbirkolik subeyktlariga beriladigan soliq imtiyozlari haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.

📌Bir so‘z bilan aytganda, tumanimizda qayta tiklanuvchi energiya resurslarini tadqiq etish va joriy qilish ishlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarish, mavjud muammolarga o‘z vaqtida tashkiliy-huquqiy, ilmiy-texnik, innovatsion yechimlar topish tuman ravnaqi, farovonligini yuksaltirish, aholi salomatligi, atrof-muhit musaffoligini yanada samarali ta’minlash hamda innovatsion taraqqiyotga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Rost_hikmatlar

O‘zingiz orzu qilgan kishi bo‘lishingiz uchun hech qachon kech emas.

✍️ Jorj Eliot

Kuningiz xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Manzara

Qish ziynati | Toshkent dengizi (“Tuyaboʻgʻiz” suv ombori).

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

Avtomashina kalitini oʻt oldirgichda qoldirmang. Mehnatingiz evaziga topilgan mol mulkingizga eʼtiborli boʻling!


|
Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT BILDIRISH!!!

Hozirda
yirik energetika tizimidagi sistema blok stansiyaning birida yuzaga kelayotgan nosozliklar sababli, hamda qolgan barcha uskunalarni soz holatda saqlash maqsadida, "Magistral elektr tarmoqlari" AJ tomonidan 110 kV yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga bir qator cheklovlar kiritilmoqda. Mazkur cheklovlar kiritilishi natijasida, Toshkent viloyatining ayrim tumanlar va shaharlari hududlarida navbatma-navbat 1-2 soat davomida elektr  ta’minoti uzulishlari kuzatiladi.

Energetika tizimidagi nosozliklar bartaraf etilib, tuman hududlarini elektr ta’minoti bilan ta’minlovchi 110 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlari ta’minoti qayta tiklangach hududlar isteʼmolchilari bosqichma-bosqich elektr ta’minoti bilan ta’minlanadi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬 Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#bildirish

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

📍Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Toshkent viloyati  hududida harakatlanayotgan bir qancha  yoʻnalishdagi avtobus va mikroavtobuslarning qatnovi “FOOD CITY”gacha  uzaytirildi.

Avtobus yoʻnalishlari:     
        
344 “Oqqoʻrgʻon ASHB – Qoʻyliq dehqon bozori;
376 ”Yangibozor ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;   
391 ”Boʻka dehqon bozori - Qoʻyliq dehqon bozori“;
426 ”Nurafshon ASHB-Oʻrtasaroy qoʻrgʻoni-Qoʻyliq deqon bozori;
428 “Piskent ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori;
444 ”Toshovul qishlogʻi - Qoʻyliq dehqon bozori“;
606 ”Doʻstobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori;
500 “Gʻishtkoʻprik” chegara blok posti - Qoʻyliq dehqon bozori”; 
591 “Nurafshon ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;  
204 “Doʻstobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
251 “Bekobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
326 “Olmaliq ASHB-Chilonzor buyum bozori”.     
       
Yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari (Mikroavtobuslar):
220-y.t.  “Yangiyoʻl dehqon bozori - Viloyat shifoxonasi”; 
265-y.t.  “Qiziltogʻ q. - Qoʻyliq dehqon bozori;
276-y.t.  “Chirchiq ASHB - Chirchiq davlat Pedagogika instituti - Qoʻyliq kiyim bozori”;
326-y.t.  ”Olmaliq ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori“; 
365-y.t.  ”“Nazarovul” MFY. - Qoʻyliq dehqon bozori“;
367-y.t.  ”Yangibozor ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;
369-y.t.   ”Hasanboy qishlogʻi - Viloyat Markaziy shifoxonasi“  
371-y.t.  ”Jumabozor qoʻrgʻoni - Qoʻyliq dehqon bozori“;
391-y.t.  ”Boʻka dehqon bozori - Qoʻylik dehqon bozori“;
396-y.t.  ”Ohangaron dehqon bozori - Qoʻyliq kiyim bozori“; 
422-y.t.  “Yangihayot qoʻrgʻoni - Nurafshon ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”; 
527-y.t.  ”Chirchiq ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;   
246-y.t.  ”Yangiobod qoʻrgʻoni - Qoʻyliq kiyim bozori".

📍Qayd etilgan transport vositalari endilikda “FOOD CITY” orqali harakatlanadi.

📌Eslatib oʻtamiz, 12 ta yoʻnalishda 73 ta avtobus, 13 ta yoʻnalishda  221 ta mikroavtobus faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 

🚌Kelgusida 25 ta yoʻnalishda 247 ta “Damas” rusumli yoʻlovchi tashuvchi transport vositalarining ham “FOOD CITY” orqali harakatlanishi choralari koʻrilmoqda.
      
📌Xabaringiz bor, 10-fevraldan boshlab “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi bir qator transport vositalarining harakati “FOOD CITY” savdo majmuasi avtoshohbekatiga uzaytirilgandi.

❗️Olib borilayotgan barcha harakatlar — Qoʻyliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarning oldini olish va Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi yoʻl oʻtkazgich qurilishi hamda yoʻl-taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi bilan bogʻliq ekanligi maʼlum qilinadi.

Toshkent viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rost_hikmatlar

Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat o‘z foydasini o‘ylaydiganlar esa mag‘lubiyatga uchrayveradi.

✍️ Brayan Treysi

☀️Kuningiz xayrli bo‘lsin!

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Diqqat

❗️❗️ Ayni damda Telegramning faqat rasmiy ilovalarida O‘zbekiston hududidan rasm, video, musiqa va boshqa fayllar yuklab bo‘lmayapti. Sababi hozircha noma’lum.

Norasmiy ilovalari xususan, plus, telegraph, aka, vidogram, gram bular kabilarda odatiy ishlamoqda.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#Jarayon

⚡️⚡️⚡️Bugun tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedov boshchiligida Parkent tumani Qiziltog' qo'rg'onida aholi bandligini ta'minlash, tadbitrkorlikni rivojlantirish hamda hokim yordamchilari ish faoliyati samaradorligi yuzasida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish:
⬇️⬇️⬇️
💬
Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram