Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
3.1K subscribers
22.6K photos
3.17K videos
127 files
10.6K links
Murojaat uchun: +99899 7946263
Telegram: @Botir_Shogulomov
Parkent tumani hokimligi Website
https://www.parkent-tum.uz/
Download Telegram
#Foto_lavha

⚡️⚡️⚡️Muqaddassan, Vatan bayrog‘i!

🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️
👇👇👇👇
@parkent_hokimiyati
Parkent tumani hokimligi Axborot xizmati
#Foto_lavha ⚡️⚡️⚡️Muqaddassan, Vatan bayrog‘i! 🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️ 👇👇👇👇 @parkent_hokimiyati
⚡️⚡️⚡️Muqaddassan, Vatan bayrog‘i!

📌Bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar.

📌Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Har birimiz bayrog‘imizdagi to‘q moviy, oq, yashil ranglarning yarim oy tasviri va o‘n ikki yulduz tasvirining ramzlari haqida yaxshi bilamiz.

📌O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, buyuk sohibqiron Amur Temur bobomiz g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, bobomiz barpo etgan ulug‘ saltanatni dunyo tan oldi.

📌Bayroq tom ma’noda mamlakat ramzi, ulug‘vorlik timsoliga aylandi. Har bir inson ong-u shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, ularga ehtirom ko‘rsatish bachamizning muqaddas burchimizdir.

📌Toki bayroq bor ekan millat bor, davlat bor, vatan bor. O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin, Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Chunki, bayroq hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir.

📌Bugun tumanimizdagi markaziy maydonda “Muqaddassan, Vatan bayrog‘i!” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan ma’naviyat targ‘ibot guruhi a’zosi H.Ilhomov davlatimiz bayrog‘i haqidagi ma’lumotlarga to‘xtaldi.

📌 Tuman hokimligi tasarrufidagi bir qancha tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan ushbu ma’rifiy tadbirda 5-IDUM, 53-umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi harbiy sinf o‘quvchilarining chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️
👇👇👇👇
@parkent_hokimiyati
📌Parkent tumani IIB boshlig'i 3 sektor raxbari A.A.Aliasqarov 3-sektor hududa joylashgan Kungay va Olmazor mahalla fuqarolari yig'ini hududida joylashgan ijtimoiy obektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish holatini va infratuzilmasini ko'zdan kechirdi.

🌐Kanalimizga obuna bo'ling!⤵️
👇👇👇👇
@parkent_hokimiyati
#Dayjest

18-noyabr – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun. Mazkur sana munosabati bilan hududlarda oʻtkazilgan tadbirlar qisqa satrlarda...

🔘Viloyat prokuraturasi.Davlat bayrogʻi — baxt va iftixorimiz timsolidir!” mavzusida davlat ramzlariga nisbatan hurmat, faxr, muhabbat ruhida munosabatda boʻlish lozimligi borasida tashviqot-targʻibot ishlari yanada kuchaytirildi.

🔘IIBB. “Bayrogʻim-gʻururim!” shiori ostida joylarda targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🔘Soliq boshqarmasi.Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida soha xodimlari ishtirokida maʼrifiy suhbatlar uyushtirildi.

🔘Adliya boshqarmasi. Davlat bayrogʻidan foydalanishning qonuniy asoslari, xususan, undan reklama maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligiga oid talablar keng targʻib qilindi.

🔘Kadastr boshqarmasi.Bayroqqa hurmat – millatga muhabbat ramzi” shiori ostida “chellenj” oʻtkazildi.

🔘Chinoz tumani. Bayram tantanalari oldidan mehmonlarga sharaf lentalari taqildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Harbiylar, taʼlim va tibbiyot muassasalari vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida avtokarvon tashkil etildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani.Mustaqillik” maydoni uzra hilpirab turgan ulkan bayroq yonida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

🔘Parkent tumani. Mudofaa boʻlimi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq boʻlinmalar, avtoulovlarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad boʻlib oʻtdi.

🔘Ohangaron tumani. Harbiy qism askarlarlari mahalla yoshlari bilan uchrashib, bayroqni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlarni ijro etishdi.

🔘Qibray tumani. Keng jamoatchilik bilan birga “Sogʻliq uchun 5000 qadam!” shiori ostida salomatlik aksiyasi oʻtkazildi.

🔘Bekobod tumani. Korxona va tashkilotlar xodimlari, uyushmagan yoshlar ishtirokida bayram marofoni tashkil etildi.

🔘Toshkent tumani. Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida keng jamoatchilik ishtirokida bayram tantanasi oʻtkazildi.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter