Ozodbek Nazarbekov
3.24K subscribers
6.86K photos
1.2K videos
12 files
1.57K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿 🇫🇷

⚡️ Fransiyaning mashhur Avignon xalqaro teatrlar festivalida O‘zbekiston vakillari ishtirok etadi

O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Fransiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/35606

Telegram | Instagram | Facebook |  Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍11🥰3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom dunyosi Madaniyat vazirlarining 13-yig‘ilishida ishtirok etayabmiz.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍17🔥3🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Avval xabar berilganidek, ayni kunlarda Jidda shahrida Islom dunyosi Madaniyat vazirlarining 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda ICESCO bosh direktori Salim Al-Malik o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va ICESCO o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning tobora mustahkamlanib borayotganligi alohida ta’kidlandi. ICESCOga a’zo davlatlar sonining ortib borayotgani va tashkilotning keng geografik qamrovi uning nufuzi va xalqaro ishonchning ortib borayotganidan dalolat ekani qayd etildi.

Uchrashuvda ICESCO tomonidan a’zo davlatlarning ijodiy va ilmiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍14🔥1
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿 🇸🇦
#Saudiya_Arabistoni

⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov Saudiya Arabistoni Podshohligi madaniyat vaziri, shahzoda Badir bin Abdulloh bin Muhammad bin Farxon Al Saud bilan uchrashdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/36226

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍254🥰3🔥2
#Xalqaro_hamkorlik
#Ehtirom_uchrashuvi

⚡️O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Belarus va Bangladesh davlatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari o‘rtasida ehtirom uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/39036

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍244🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov Rossiya Federatsiyasining MDH ishlari, xorijda yashovchi vatandoshlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha Federal agentligi vakillarini qabul qildi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/41614

Telegram | Instagram | Facebook |  Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍223🔥2🥰1
#Xalqaro_hamkorlik
#Budapesht

⚡️ Oʻzbekiston vazirlari Budapeshtda talabalar bilan uchrashdi

Ayni kunlarda Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Vengriyada bo’lib turibdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/55230

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
👍18🔥2🎉1🤩1
#Xalqaro_hamkorlik
#Madaniyat_kunlari

🇺🇿🇲🇳 Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Avvalroq, joriy yilning 23-25-iyun kunlari Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 23-iyun kuni Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekiston tarixini va madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston — boy tarix va madaniyatga ega davlatlar ekanligini ta’kidlashdi.

“Bizni buyuk tarixiy shaxslar, “Buyuk Ipak yo‘li”, ko‘chmanchi va o‘troq tamaddunlar hamda madaniy merosga bo‘lgan hurmat birlashtiradi. “Buyuk Ipak yo‘li” nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yo‘l bo‘lgan. U xalqlarimizni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi”

- deydi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍6🔥1🤩1
#Xalqaro_hamkorlik
#Madaniyat_kunlari

🇺🇿🇲🇳 Mo‘g‘ulistonda ilk marotaba “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Madaniyat kunlari doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Moʻgʻulistonning Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vaziri Undram Chinbat o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Bugun biz tarixiy ahamiyatga ega voqeaning guvohi bo‘lmoqdamiz. Ilk bor Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.
Bu muhim voqea ikki davlat rahbarlarining do‘stona va yaqin hamkorligining samarasidir.
Tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish yo‘lida katta ahamiyatga ega. U umumiy tarix, o‘xshash qadriyatlar, san’at va ma’naviyatga bo‘lgan hurmatimizni yanada kuchaytiradi. Shu o‘rinda ta’lim sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratishni istayman. Mo‘g‘ulistonlik san’atkorlar o‘z vaqtida O‘zbekistonda ta’lim olgan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bu yo‘nalishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilgan. Mashhur Mo‘g‘uliston xalq artistlari — Ochirjansangiyn Ganbaatar, Dorjiyn Altantuyaa kabi ijodkorlar aynan shu yerda o‘z mahoratlarini oshirgan"

- deydi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov uchrashuv davomida.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning iyun oyida poytaxtda “O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston san’at” ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsert dasturi bo‘lib o‘tgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍4👏3🔥1
#Xalqaro_hamkorlik
#Madaniyat_kunlari

🇺🇿🇲🇳 Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida gala-konsert bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘uliston Milliy opera va balet teatrida  o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

"Bugun sizlar “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekistonning tarixi va bugungi hayotiga bag‘ishlangan foto ko‘rgazmani ko‘rdingiz.
Shuningdek, sizlar o‘zbek milliy raqslari, kuylari, maqom va opera san’atining yorqin namunalari bilan tanishish imkoniga egasiz.

O‘z navbatida, ushbu tadbirni tashkil etishda bizga yordam ko‘rsatgan Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar ishlari vazirligi, shuningdek, Mo‘g‘uliston opera va balet teatriga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Ishonchim komilki, bu tadbir xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.

Zamonaviy mo‘g‘ul adabiyoti asoschilaridan bo‘lgan Dashdorjiyn Nasagdorj aytganidek: “Do‘st — sizning ishonchingiz, mehringiz manbai”dir.

Hamkorligimiz mustahkam va abadiy bo‘lsin!"

- deydi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Gala-konsert dasturi davomida o‘zbek milliy raqslari, kuylari, maqom va opera san’atining yorqin namunalari ijro etildi.

 Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍7🎉1🤩1
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida madaniy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Bokuda O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Kerimli o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/65196

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96🔥6👏1🤩1
#Xalqaro_hamkorlik
#Boku

⚡️ Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Sahib Pashazadega "O‘zbek madaniyati elchisi" maqomi berildi

U 2017-yilda O‘zbekistonda o'tkazilgan "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivalida Gran-pri sovrindori bo'lgan edi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/65199

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍145🤩2👏1🎉1
#Xalqaro_hamkorlik
#Boku

⚡️ Yana bir Ozarbayjon vakiliga "O‘zbek madaniyati elchisi" maqomi berildi

Avvalroq, ayni kunlarda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Ozarbayjonda bo‘lib turganligi hamda ozarbayjonlik san'atkorga "O‘zbek madaniyati elchisi" maqomi berilganligi haqida ma'lum qilingan edi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/65524

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🔥1👏1
#Xalqaro_hamkorlik
#Boku

⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov Boku shahridagi ICESCO mintaqaviy vakolatxonasida bo‘ldi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/65856

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍8🔥1🤩1
#Xalqaro_hamkorlik
#Xitoy

⚡️ Xitoyda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining 22-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/66634

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏106👍2🔥1🎉1
#Xalqaro_hamkorlik
#Xitoy

⚡️ Tsindaoda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xitoyning madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/67238

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍9🤩1
#Xalqaro_hamkorlik
#Xitoy

⚡️ Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xitoyda o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/67316

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132👏2🔥1🤩1
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Pekinda “Insoniyat sivilizatsiyalari xilma-xilligini asrash – jahon tinchligi va taraqqiyoti uchun” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ushbu xalqaro anjumanda ishtirok etib, nutq so‘zladi.

“Bugungi dunyoda turli ichki va tashqi omillar xalqlar o‘rtasidagi birdamlikka tahdid solmoqda. Xususan, geosiyosiy raqobat, mafkuraviy ziddiyatlar, resurslar uchun kurash, axborot urushi hamda globallashuv kabi masalalar dunyo xalqlarini tashvishga solmoqda.

Hozirgi zamonda dunyoning turli chekalarida paydo bo‘layotgan yangi turdagi salbiy harakatlar butun insoniyatning ma’naviy-ruhiy kelajagiga tahdid solmoqda.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli kontentlar ma’naviy muhitni zaiflashtirib, odamlar o‘rtasida shubhalarni kuchaytiradi.

Bundan tashqari, sifatsiz ommaviy madaniyat mahsulotlar madaniy o‘zligimizning qimmatini tushirmoqda hamda jamiyatimizning ma’naviy poydevoriga aylangan insoniy madaniyatga bevosita tajovuz qilayotgan turli urinishlar ham keng tarqalmoqda.

Bunday urinishlarga qarshi faqatgina milliy darajada emas, balki xalqaro hamkorlik asosida javob qaytarishimiz shart deb o‘ylaymiz”
– dedi vazir Ozodbek Nazarbekov.


👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/67967

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74👏3🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Dunyoning 140 ta davlatini bir manzilda jamlagan xalqaro anjumanda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov nutq so‘zladi

"Assalomu alaykum! Hurmatli forum ishtirokchilari! Hurmatli hamkasblar!

Avvalo ushbu forumni yuqori saviyada tashkil etgan va bizga o‘zaro fikr almashishga imkon yaratgani uchun Xitoy Xalq Respublikasi Rahbariyati va tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Dunyoda ziddiyatlar tobora ko‘payib borayotgan bir vaqtda ushbu forumni tashkil etilishi, xalqlar o‘rtasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishiga umid qilamiz.

Hurmatli forum ishtirokchilari !

Bugungi dunyoda turli ichki va tashqi omillar xalqlar o‘rtasidagi birdamlikka tahdid solmoqda. Xususan, geosiyosiy raqobat, mafkuraviy ziddiyatlar, resurslar uchun kurash, axborot urushi hamda globallashuv kabi masalalar dunyo xalqlarini tashvishga solmoqda.

Hozirgi zamonda dunyoning turli chekalarida paydo bo‘layotgan yangi turdagi salbiy harakatlar butun insoniyatning ma’naviy-ruhiy kelajagiga tahdid solmoqda.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan zararli kontentlar ma’naviy muhitni zaiflashtirib, odamlar o‘rtasida shubhalarni kuchaytiradi.

Bundan tashqari, sifatsiz ommaviy madaniyat mahsulotlar madaniy o‘zligimizning qimmatini tushirmoqda hamda jamiyatimizning ma’naviy poydevoriga aylangan insoniy madaniyatga bevosita tajovuz qilayotgan turli urinishlar ham keng tarqalmoqda.

Bunday urinishlarga qarshi faqatgina milliy darajada emas, balki xalqaro hamkorlik asosida javob qaytarishimiz shart deb o‘ylaymiz.

Hurmatli hamkasblar!

Yana bir muhim masala, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning keskin rivojlanishi, madaniyat sohasiga ham yangi imkoniyatlar va chaqiriqlarni olib kirmoqda

Sun’iy intellekt madaniy mahsulotlarni yaratishda muhim yordamchiga aylangan bo‘lsa-da, uning madaniyatimizga ta’siri chuqur va har tomonlama o‘rganilishni talab qiladi.

Shu o‘rinda, insonning o‘ziga xosligi, ijodiy fikrlashi va madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash vazifasi hech qachon orqaga chekinmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Sun’iy intellekt va yuqori texnologiyalar madaniyatning rivojlanishi uchun vosita bo‘lishi kerak.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan tahdidlarga birgalikda, jipslashib yechim topishimiz zarur.

Shu maqsadda, quyidagi takliflarni tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etamiz.

Birinchi, xalqlarimiz o‘rtasida madaniy almashinuv va muloqot dasturlarini kengaytirish, xususan, konferensiyalar, davra suhbatlari, forumlar tashkil etish hamda “madaniyat elchilari”ni tayinlashimiz maqsadga muvofiq.

Ikkinchi, axborot makonida o‘zaro tushunishni kuchaytirish, jumladan internet va ommaviy axborot vositalarida milliy ksenofobiya va nafratni emas, hamjihatlikni yoritish zarur deb hisoblaymiz.

Uchinchi, ta’lim tizimida sivilizatsiyalar muloqotini o‘rgatish. Maktab va universitetlarda “madaniyatlararo muloqot”, “inson madaniyati”, “inson huquqlari” kabi fanlarni joriy etish.

Beshinchi, xalqaro tashkilotlar faolligini oshirish. YUNESKO, SHHT kabi tashkilotlar orqali sivilizatsiyalar muloqotini qo‘llab-quvvatlashimiz lozim.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

So‘zimni yakunida, ushbu Forumni tashkil etgani uchun Xitoy tomoniga o‘zimizni cheksiz hurmatimizni izhor etamiz. Forum ishiga omad tilaymiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!" – dedi vazir Ozodbek Nazarbekov.


Pekinda “Insoniyat sivilizatsiyalari xilma-xilligini asrash – jahon tinchligi va taraqqiyoti uchun” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ 10 ta davlatni birlashtirgan ShHT yig'ilishida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov nutq so'zladi

“Ayni paytda ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlik nafaqat do‘stlikni mustahkamlash, balki bir-birimizni hurmat qilish, tushunish, madaniy merosimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston ShHTning madaniy loyihalarida faol ishtirok etib, madaniy hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi.

Mamlakatimiz ShHTga a’zo davlatlar bilan kino, teatr, musiqa, raqs, muzey va boshqa sohalarda madaniyat sohasida hamkorlik qiladi.

“Madaniyat kunlari”ni tashkil etish, teatr gastrollari, muzeylar ko‘rgazmalari yaxshi an’anaga aylangan.

Hurmatli hamkasblar!

Madaniyat sohasidagi hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligiga ishonamiz.

Biroq, biz bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanmayapmiz, deb hisoblaymiz. Bizga ma’lumki, ShHTga a’zo davlatlar aholisi uch milliarddan ortiq, ya’ni dunyo aholisining deyarli yarmini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich ko‘plab qo‘shma madaniy loyihalarni amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

Bugun dunyoda ziddiyatlar ko‘payib borayotgan bir paytda tinchlik va barqarorlikni saqlashda aynan madaniyat muhim o‘rin tutadi.

Endi barcha mamlakatlar uchun eng muhimi iqtisodiy rivojlanishdir, aholining o‘sishi esa energiya va resurslarga talabni oshiradi. Iqtisodiyot bilan birga milliy madaniyatni ham asrab-avaylash va rivojlantirish muhim.

Xitoy misolida iqtisodiy taraqqiyotni madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirish mumkinligini ko‘rsatadi” – dedi vazir Ozodbek Nazarbekov yig‘ilishdagi nutqi davomida.


Xitoyda ShHTga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining 22-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot o'rnida, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning rasmiy tili xitoy va rus tili hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Xitoy, O'zbekiston, Rossiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Belarus, Tojikiston, Qozog'izton va Qirg'iziston ShHTga a'zo davlatlardir.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132👏1