Ozodbek Nazarbekov
3.57K subscribers
6.4K photos
1.16K videos
11 files
1.44K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев йўловчиларга хизмат кўрсатиш учун янгидан очилган Қўқон аэропорти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Фарғонада Президент "Янги Ўзбекистон" массивидаги бунёдкорлик ишлари билан танишиб, бу ерга кўчиб келган оилалар вакиллари билан мулоқот қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza

Ushbu ijtimoiy videorolikni ko‘rib, beixtiyor ulug‘ ajdodimiz Abdurauf Fitratning quyidagi so‘zlari yodga tushdi:

Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”.

Shunday ekan, bebaho madaniyatimizni asrab-avaylashga, ta'lim-tarbiyaga, farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik...

Videorolik ijodkorlariga esa bugungi kunning eng o‘g‘riqli muammosiga e'tibor qaratib, kishini mulohazaga undaydigan kontent tayyorlaganliklari uchun alohida minnatdorlik bildiraman.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barakalla, Yasmina!

Belarus Respublikasidan ajoyib xushxabar oldik. Vitebskda o‘tkazilayotgan “Slavyan bozori”  xalqaro san’at festivali doirasida tashkil etilgan Xalqaro bolalar musiqa tanlovida Toshkent shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Yasmina Husniddinova "Estrada xonandaligi" yo‘nalishi bo‘yicha Gran-prini qo‘lga kiritdi.

Mukofotni xalqaro san’at festivalining tantanali ochilish marosimida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi. Ushbu muvaffaqiyat bilan Yasminaning yaqinlari, ustozlari hamda Toshkent shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasini samimiy tabriklayman.

Bu mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiliklarida ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin natijasi, totli mevasidir. Yurtimizda Yasmina kabi iqtidorlar juda ko‘p. O‘ylaymizki, ular ham yaxshi ilm olib, ustozlar o‘gitiga amal qilib, xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlovlarda Vatanimiz nomini ulug‘lashga munosib hissa qo‘shadilar.

Yasminaga esa o‘qishda va ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilayman.

Barakalla, Yasmina!

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Вилоятда маданий тадбирларни кўпайтириш масаласига ҳам тўхталиб ўтилди.

Маданият вазирлигига Фарғона филармониясида Симфоник оркестр ва Миллий чолғу ансамблини ташкил қилиш топширилди.

Ушбу оркестр ва ансамбль сайёҳлар энг кўп келадиган Фарғона, Қўқон, Марғилон шаҳарлари, Риштон, Қува ва Фарғона туманларида ҳафталик концертлар ўтказади.

Шунингдек, Фарғона шаҳрида янги ташкил бўлаётган “Эко шаҳар”да мусиқа мактабини ташкил қилиш бўйича таклиф киритишга кўрсатма берилди.

Умуман, бугун Фарғона учун яратилаётган шароитлар камида 10 миллиард долларлик инвестицияга замин бўлаётгани таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Koʻcha_sanʻati
#Surxondaryo

🎼 Ko'cha san'ati va musiqasi loyihasi Surxondaryoda

Yurtimiz bo'ylab 2024-yil 1-apreldan boshlab, tegishli manzillarda “Ko'cha san'ati va musiqasi” loyihasi amalga oshirila boshlangan. Ayni kunlarda, barcha hududlarda yoshlar o'rtasida ko'cha san'atiga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda, kuni-kecha Surxondaryoning markazida “Ko'cha san'ati va musiqasi”ning bir ko'rinishi namoyish etildi.

🎙 “Ko'cha san'ati va musiqasi” nafaqat yurtimizda balki xorijiy davlatlarda ham ommabop tomoshaga aylangan, quyida bir necha davlatlardan misollar keltiramiz:

🇬🇧 Angliya

🇩🇪 Germaniya

🇮🇹 Italiya

🇰🇷 Koreya

🇨🇳 Xitoy

🇮🇳 Hindiston

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY tashkil topgan kun

Turkiy xalqlarning madaniyati, san’ati, an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib etishda muhim o‘rin tutuvchi mazkur tashkilot 1993-yil 12-iyulda Olmaota shahrida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya va Turkmaniston o‘rtasidagi kelishuv natijasida ta’sis etilgan.

Mamlakatimizning TURKSOY bilan hamkorligi, ayniqsa, oxirgi yillarda, ya’ni islohotlarning yangi davrida mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirdi.

Shu asosda TURKSOY bilan hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirib, turli madaniy tadbirlarni tashkil etib kelmoqdamiz. O‘tgan yili TURKSOYning 30 yillik yubileyi yurtimizda tantanali ravishda nishonlangani ham o‘zaro munosabatlarimiz naqadar yuksak ekanini yaqqol ifodalaydi.

Fursatdan foydalanib, bugungi sana bilan TURKSOYni samimiy tabriklab, qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, umumiy turkiy madaniyatni targ‘ib etish hamda kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lidagi ezgu faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilayman.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona azaldan sanʼatni sevadigan, ardoqlaydigan, ne-ne ulugʻ hofizlaru sanʼatkorlar, adiblaru shoirlar, soʻz ustalariga beshik boʻlgan zamin. Odamlari ham samimiy, xushfeʼl, shinavanda. Mana shu ruh, mana shu muhit har qadamda sezilib turadi, desam mubolagʻa boʻlmaydi.

Madaniyatni oʻzgacha qadrlaydigan fargʻonaliklar uchun yana bir ajoyib madaniyat maskani tuhfa qilindi. Yaʼni, Prezidentimiz tashabbuslari bilan barpo etilgan fayzli va muhtasham “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi hududida 4 ming tomoshabinga moʻljallangan zamonaviy amfiteatr qurilib, aholi uchun foydalanishga topshirildi. Davlatimiz rahbari Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida ushbu amfiteatr bilan tanishdilar. Bu yerda qisqa konsert dasturi ham namoyish etildi.

Kecha bogʻning ochilishi munosabati bilan tantanali marosim tashkil etildi va unda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Fargʻona ahliga tabrigi oʻqib eshittirildi. Tabrikda bu maskan isteʼdodli yoshlar uchun oʻziga xos ijodiy parvoz maydoniga aylanishiga ishonch bildirildi. Bu juda katta eʼtirofdir.

Tantanali tadbirning konsert dasturi koʻtarinki ruhda oʻtdi. Tomoshabinlar har bir sanʼatkorni olqishlar bilan qarshi olishdi. Shaxsan men ham shu dasturda qatnashib, oʻz qoʻshiqlarim bilan yigʻilganlarga xushkayfiyat ulashganimdan behad mamnunman. Rosti, goʻzal davra boʻldi, rohatlanib ijro qildim.

Niyatimiz, yurtimiz tinch, xalqimiz omon, mana shunday bayramlarimiz, quvonchli kunlarimiz bardavom boʻlsin.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Faxr

⚡️ 7-12 iyul kunlari Turkiyaning Bursa shahrida "Oltin qorako'z" 36-xalqaro folklor xalq raqs festivali bo'lib o'tayotganligi haqida xabar berilgan edi.

☑️ Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatlari qatorida O'zbekiston davlat filarmoniyasining "Navbahor" raqs ansambli hamda "Bek" doirachilar ansambli ishtirok etishdi.

📆 6 kun davom etgan tanlovda:

🥇1-o'rin O'zbekiston delegatsiyasiga;

🥈2-o'rin Turkmaniston delegatsiyasiga;

🥉3-o'rin Bolgariya delegatsiyasiga nasib etdi.

☑️ Ma'lumot uchun:  "Oltin qorako'z" festivali 62 marotaba o'tkazilgan bo'lib, 36 yildan buyon konkurs sifatida tashkil etib kelinmoqda. Festivalning 62 yillik tarixida O'zbekiston ilk bor 1-o'rinni egalladi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ZOR_OVOZ

Bugun soat 20:00 da "ZO‘R TV" telekanalida dunyoga mashhur "OVOZ" loyihasining 1-mavsum zarba bosqichini o‘tkazib yubormang.


🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

⚡️ Bugun, 15-iyul kuni Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov raisligida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda, vazir Ozodbek Nazarbekov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining o'quv ishlari bo'yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Eldor Shermanov jamoaga tanishtirildi.

Eldor Shermanov - tayinlovga qadar, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Vazir Eldor Shermanovning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o'z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM