Ozodbek Nazarbekov
3.56K subscribers
6.37K photos
1.16K videos
11 files
1.43K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
Download Telegram
Шаҳидлар хотираси хиёбонида қатағон қурбонларини ёд этиш маросими бўлиб ўтди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

На аллее "Шахидлар хотираси" состоялась церемония поминовения жертв репрессий. В ней принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #marosim #shahidlar #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Mustaqillik xalqimizning tarixiy yutug‘i bo‘lib, unga osonlikcha erishilgani yo‘q. Mazkur sharafli yo‘lda qanchadan-qancha ajdodlarimiz, yurtimizning asl farzandlari, millat qahramonlari o‘z jonlarini fido qildilar, zulm va zo‘ravonlik, qatag‘on qurboni bo‘ldilar. Lekin istiqlol uchun, hurriyat uchun kurash aslo to‘xtab qolgani yo‘q.

Mana shunday qat’iy intilish natijasida bundan roppa-rosa o‘ttiz uch yil muqaddam xalqimizning buyuk orzusi ro‘yobga chiqdi – O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan yillar davomida kuzatilgan turli sinov va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidoyiligi, hamjihatligi tufayli mamlakatimiz dunyoda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi. Ayniqsa, oxirgi yillarda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib borilayotgan tarixiy islohotlar O‘zbekistonni jahonga yangi qiyofada namoyon qildi.

Bugun turli tahdid va qarama-qarshiliklar kuchaygan, atigi bir kungina, bir soatgina xotirjam yashash kimlargadir eng katta orzuga aylanib qolgan murakkab davrni boshdan kechiryapmiz. Bu bizni yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetib, shukronalik hissi bilan yashashga, bir yoqadan bosh chiqarib, shu aziz Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga undaydi.

Davlatimiz rahbari bugun Shahidlar xotirasi xiyobonida o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlaganlaridek, eng katta maktab, eng katta tarbiya – tarixning o‘zi. Yoshlarimiz tariximizni yaxshi bilishi, boshqalardan emas, o‘zimizning bobolarimizdan namuna olishi kerak. Bu istak, bu ezgu maqsad har birimizning zimmamizga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Biz bu mas’uliyatni chuqur his qilamiz.

Fursatdan foydalanib, ushbu shukuhli damlarda barcha yurtdoshlarimizni, xorijdagi vatandoshlarimizni eng ulug‘ ayyom – Istiqlol bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Jonajon Vatanimizga hech qachon ko‘z tegmasin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Яшасин Ўзбекистон Республикаси! Яшасин Ўзбекистон халқи!

Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ёруғ ва нурафшон келажагимизни – Янги Ўзбекистонни албатта барпо этамиз! Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 33 йиллиги муборак бўлсин, азиз юртдошлар!

Обязательно построим наше прекрасное будущее – Новый Узбекистан! С 33-летием независимости Республики Узбекистан, дорогие соотечественники!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X