Ozodbek Nazarbekov
3.56K subscribers
6.36K photos
1.15K videos
11 files
1.43K links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning rasmiy kanali

Instagram:
https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
Download Telegram
#Tabrik

Aziz hamkasblar!

Sizlarni bugungi bayram — Madaniyat va san'at xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va yuksak ijodiy parvozlar tilayman.

Xonadonlaringizdan hech qachon tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt va omad arimasin!

Jonajon Vatanimiz taraqqiyoti, milliy madaniyatimiz rivoji yo‘lida xizmat qilish baxti sizlarni hech qachon tark etmasin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

👉 Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 15 апрель куни Қатар Давлати Бош вазири, ташқи ишлар вазири шайх Муҳаммад бин Абдураҳмон Ол Соний бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Государства Катар во главе с Премьер-министром, министром иностранных дел шейхом Мухаммадом бин Абдурахманом Аль Тани.

#Mirziyoyev #qabul #Qatar #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“15-aprel — Madaniyat va san'at xodimlari kuni” munosabati bilan “Zo‘r TV telekanalining Renessans Holl zalida soha xodimlari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Ayyom munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh hamkasblarimizga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdik.

Shuningdek, vazirlik tizimida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yildan e'tiboran mini-futbol bo‘yicha "Madaniyat vaziri kubogi" musobaqasini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydik. Bayram tadbiri doirasida ushbu musobaqada g‘o‘lib bo‘lgan R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi hamda Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi jamoalarini ham taqdirladik.

Umuman aytganda, kasb bayramimiz ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Biz zimmamizdagi mas'uliyatni chuqur his qilgan holda, soha taraqqiyoti yo‘lida yanda faol bo‘lib, yangi marralar sari  intilishda davom etamiz.
⚡️ 10-14-aprel kunlari “Tomosha” bolalar musiqali teatr-studiyasi Dubay (BAA) shahrida o‘tkazilgan “Dubay Grand Festival” Xalqaro bolalar teatrlari tanlovida qatnashib, Gran-Pri sohibi bo‘ldi.

Gruziya, Mongoliya, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, BAA vakillari ishtirok etgan mazkur tanlovda “Tomosha” teatr-studiyasi “O'zbek suveniri”, “O'zbekiston armug'oni” teatrlashtirilgan tomoshalari bilan qatnashib, eng yuksak e'tirofga loyiq deb topildi.

O'zbek milliy qadriyatlari, madaniy merosi, osori atiqalari haqida hikoya qiluvchi mazkur tomosha butun dunyodan yig'ilgan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib, mutaxassislar tomonidan tanlovning eng asl va yorqin tomoshasi deya baholandi.

Madaniyat vazirligi mutassadilari tomonidan “Tomosha” bolalar musiqali teatr-studiyasi yosh ijodkorlari "Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti"da tantanali kutib olindi.

O'zbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Nodira Qurbonova rahbarligidagi “Tomosha” bolalar musiqali teatr-studiyasining yosh ijodkorlariga kelgusi ijodiy ishlarida zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

™️Madaniyat vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lish:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Tojikistondamiz…

Xabaringiz bor, ayni paytda Tojikiston Respublikasida "O‘zbekiston madaniyati kunlari" bo‘lib o‘tayapti.

Shu munosabat bilan bir guruh madaniyat va san’at namoyandalari, jumladan, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovlar hamrohligida qardosh Tojikistonning Dushanbe shahriga yetib keldik.

Aytish kerakki, O‘zbekiston Qahramoni, xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Og‘abek Sobirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Ilyos Arabov, Ma’suma Boltaboyeva, Oygul Nodirova va boshqa san’atkorlar ham Do‘stlik konsertida O‘zbekiston nomidan qatnashadi.

O‘zbekiston va Tojikiston ikki mustaqil davlat sifatida turli chegara hududiga ega bo‘lishiga qaramay, azaldan ularni bog‘lab turuvchi umumiy jihatlar bisyor. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek: “O‘zbek va tojik xalqi bir daraxtning ikki shohi, bir daryoning ikki irmog‘iga qiyosdir. Bizning dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Bir maqsad yo‘lida birlashgan holda, quvonchu shodligimizda ham, qayg‘uyimizda ham doimo birgamiz. Ajdodlar an'anasiga sodiq qolgan holda, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlamog‘imiz darkor."

Bu kabi madaniyat kunlari esa kki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotgan bir pallada o‘zaro madaniyatlar almashinuvi va targ‘ibotiga xizmat qiladi.

Darvoqe, “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida “O‘zbekiston va Tojikiston ijodkor va ilmiy ziyolilari anjumani” – o‘zbek va tojik san’at ustalari ishtirokida do‘stlik konserti, “O‘zbek kinosi kunlari”, O‘zbekiston teatrlarining Tojikistonga gastrollari, O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli konserti tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Botir_Zokirov #tanlov #ijodkor_yoshlar

⚡️ "Botir Zokirov nomidagi estrada milliy mukofoti" tanlovi tashkiliy qoʻmita tomonidan har bir nominatsiya boʻyicha taqdim etilgan ijodiy ishlardan eng munosib 3 tasi tanlab olindi. Endi gʻoliblarni aniqlash uchun nomzodlar www.milliytanlov.uz web saytiga joylashtirildi.

📱 Barcha san'at ixlosmandlari oʻzlari munosib deb topgan nomzodga ovoz berishlari mumkin.

🏆 Gʻoliblar esa ushbu ovoz berish jarayoni natijasiga koʻra aniqlanadi va 2024- yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston xalqaro  anjumanlar saroyida o‘zbek milliy estrada sanati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavallud sanasiga bag‘ishlangan xotira kechasida tantanali ravishda taqdirlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.


™️Madaniyat vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lish:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмоннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Узбекистан Эмомали Рахмона отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X