Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.79K subscribers
35.7K photos
2.7K videos
130 files
11.6K links
Download Telegram
КОНЦЕРТГА МАРҲАМАТ!

Эртага, 1 октябрь куни соат 17:00 да Самарқанд шаҳри Қорасув массивидаги «Янги Ўзбекистон» боғида 1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан  ГАЛА-КОНЦЕРТ бўлиб ўтади.

Концерт дастурларида пойтахтдан келган таниқли санъаткорлар – Лола Аҳмедова, Али Отажонов, ВИА Мараканда ҳамда сўз усталари ва шаҳримизнинг хушовоз хонандалари ўз чиқишлари билан томошабинларга кайфият улашади.

Концерт дастурларига барча устозлар ҳамда уларнинг оила аъзолари, ҳамшаҳарларимиз ва шаҳримиз меҳмонларини таклиф этамиз!

Концерт якуни билан «Янги Ўзбекистон» боғидан ўтган дарё бўйида БАЙРАМОНА МУШАКБОЗЛИК ташкил этилади.

👉 👉 БАЙРАМ ТОМОШАЛАРИ БЕПУЛ...

Самарқанд шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.

🌐🌐 Каналга уланиш: https://t.iss.one/AxborotP
👍5🔥1👏1
Forwarded from Edu.uz
#qutlov

Ishonchim komil, siz, muhtaram pedagoglar, professor-o‘qituvchilarimiz ta’lim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifiy jamiyat” degan olijanob g‘oyamizni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shasiz.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi

Убежден, что вы, уважаемые учителя и наставники, профессора и преподаватели, примете еще более активное участие в реформах в сфере образования, внесете достойный вклад в воплощение в жизнь благородной идеи «Новый Узбекистан – просвещенное общество».


Поздравление Президента Шавката Мирзиёева учителям и тренерам Узбекистана

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9🔥3
Ustoz – muallimsiz qolganda  zamon,
Nodonlikdan   qaro  bo‘lardi zamon
.

Abdurahmon  JOMIY


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
2👍1
#Ректор_табриги
#Устозларга_эҳтиром

ДОИМ ЭЪЗОЗДАСИЗ, АЗИЗ УСТОЗЛАР!

Кўз нури ва қалб қўрини, бутун онгли ҳаётини ёш авлодга билим ва тарбия беришга, уларни миллий ва умуминсоний қадриятлар руҳида камол топтиришга бағишлаган, бир сўз билан айтганда, Ватанимизнинг эртанги кунининг пойдеворини яратаётган азиз Ўқитувчи ва мураббийларнинг бу олижаноб меҳнатига ҳар қанча таҳсин айтсак кам.

👉 БАТАФСИЛ
————————————————-
#Rektor_tabrigi
#Ustozlarga_ehtirom

DOIM E’ZOZDASIZ, AZIZ USTOZLAR!

Ko‘z nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan aziz O‘qituvchi va murabbiylarning bu olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak kam.

👉BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍165🔥3👏1
#Ustozga_ehtirom

“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri, senator Farmon Toshev O‘zbekiston Qahramoni, shoir va yozuvchi Abdulla Oripovning akasi, bag‘rikeng inson, O
simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi professori Razzoq Oripov hamda Osimlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi professori, akademik Diamat Abdukarimovlarning uyiga borib, 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan tabriklab, iliq duolarini oldi.

- Bunday fidoyi, halol insonlar ibrati oldida ta’zimdaman, - deydi Farmon Toshev. - 90 yoshdan oshgan Akademik Diamat To‘xtayevich tabiatan jiddiy ziyoli, lekin bayram munosabati bilan duosini olish uchun borsam, Qarnab qishlog‘iga borgani va otam Ishoq muallim, tog‘am Salim Xayriyev bilan qilgan suhbatlaridan hangomalar aytib berib, menga xursandchilik ulashdi. Jamiyatda shunday kamtar, halol ziyolilarning boriga shukr!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍9👏21🔥1
#Ustozga_ehtirom

Agrotexnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘p yillardan beri fakultetda samarali mehnat qilib kelayotgan faxriy ustozlarni 1-oktyabr – O‘qituvchir va murabbiylar kuni bayrami bilan tabriklab, alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍12🔥3👏1
Forwarded from Edu.uz
#tabrik

Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri:

Hurmatli ustozlar, professor-oʻqituvchi, murabbiylar!

1-oktyabr – jamiyat taraqqiyotida oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni qanchalik muhim ekani tarannum etiladigan ezgulik bayramidir. Oʻzbekistonda bu kun oʻz hayotini kelajak avlodni oʻqitish va tarbiyalashga bagʻishlagan Siz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim sohasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi va bu oʻzgarishlarning markazida oʻqituvchilar turibdi. Konstitutsiyada ilk bor oʻqituvchi maqomi alohida belgilanishi, yangi qonunlarning qabul qilinishi, davlatimiz taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy taʼlim uslublarining joriy etilishi taʼlim tizimini sifatli rivojlantirish uchun asos boʻlmoqda.

Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz – bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini oʻzgartirib, millat xarakteriga taʼsir koʻrsatish kuchiga egasiz. Davlatimiz rahbari aytganlaridek “Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir”. Siz mana shu farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yaratuvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar, mehnatkash, haqiqatgoʻy insonlar boʻlib yetishishlariga sababchisizlar.

Prezidentimizning bugungi nutqlarida “Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan eʼtiboran ana shu ogʻriqli masalani hal etishga – oʻqituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik. Qatʼiy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi” degan gaplarini tinglarkanmiz, oʻqituvchilarimiz yaqin-yaqinda ham kasb bayramlarini changga botib, paxtazorda oʻtkazishlari xayolimizdan oʻtadi. Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.


Aziz oliy va professional taʼlim sohasi vakillari!

Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan Sizlarning kelajak avlodlar tarbiyasi va taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi mash Ali mehnatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilmiy kashfiyotlar, yangiliklar va taraqqiyot poydevorini shakllantirishdagi saʼy-harakatlaringiz hamisha yutuqlarga boy boʻlsin!

Har kuni siz yoshlarga yangi bilim ufqlarini ochasiz, ularga dunyoda oʻz yoʻllarini topishga yordam berasiz, ularning qobiliyatlarini sayqallaysiz va ularga ilhom bagʻishlaysiz. Sizning aql-zakovatingiz, professionalligingiz va mukammallikka intilishingiz tufayli zamonaviy dunyo sinovlariga tayyor mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Sizning mehnatingiz tufayli olgʻa intilmoqdamiz, xalqaro maydonda oʻz oʻrnimizni mustahkamlab, raqobatbardosh taʼlim yaratmoqdamiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, yangi ilmiy va pedagogik gʻalabalar hamda shogirdlaringizning ulkan yutuqlarini tilayman!

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Таьсирли #Ибрат

🇹🇷🛩 Туркиялик учувчи самолётда ўтирган ўқитувчисини кўриб қолгач, уни Ўқитувчилар куни муносабати билан табриклаб, алоҳида эҳтиром кўрсатди


🏛СамДВМЧБУ Ахборот хизмати.

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
8👍3🔥2
Forwarded from VETLEGNEWS
#Халқаро_конференция
#Тезкор_интервью

🧑‍🎓-- Конференцияда ҳайвонлардан одамларга юқадиган кўплаб касалликлар профилактикаси бўйича чет эллик экспертлар хулосаларини тингладик.
Албатта, бу биз -- талабалар учун энг муҳим амалиёт ҳисобланади.


🇺🇿Гулнура Майрамалиева
Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети талабаси


Расмий саҳифаларимизга аъзо бўлин
г👇

🌐Web-site |
   Telegram|  • 📸Instagram|  💬 Facebook| twitter| 📹 mover
👍74
Forwarded from VETLEGNEWS
#Байрам_табриги

🇺🇿Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш қўмитаси раиси Баҳром Норқобиловнинг "1-октябр – устоз ва мураббийлар куни"  муносабати билан байрам табриги

Муҳтарам устоз ва мураббийлар!

Аввало, сиз, азизларни, юртимиздаги таълим-тарбия соҳаси ходимларини Ўқитувчи ва мураббийлар куни – умумхалқ байрами билан чин қалбимдан муборакбод этиб, барчангизга энг эзгу тилакларимни билдиришдан бахтиёрман!

Асосий мақсадимиз, соҳага ҳисса қўшишни хоҳлаган ҳар бир ёш, интилувчан "қора кўз"ларга тўлиқ шароит яратиб бериш, уларнинг илмий салоҳиятини оширишдир. Соҳа ҳар жиҳатдан ривожланар экан, инсонларнинг ҳам шубҳасиз, турмуш даражасини оширишга эришамиз.


Расмий саҳифаларимизга аъзо бўлинг👇
🌐Web-site |   Telegram|  • 📸Instagram💬 Facebook| twitter| 📹 mover
👍8🔥21
#Uztozga_ehtirom

Rektor akademik Diamat To'xtaevichning xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan tabrikladi

1-oktyabr – O‘qituvchir va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusov veterinariya sohasi rivojiga ulkan hissa qo'shib, ko'plab shogirdlarning sevimli ustozi hisoblanadigan Diamat To'xtaevich Abdukarimovning xonadonida bo'lib, bayram bilan tabrikladi. Ustozga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatib, samimiy suhbat qurdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍31👏54
Forwarded from Samarqand TVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | SAMARQAND YANA BIR XALQARO TADBIRGA MEZBONLIK QILMOQDA


1.10.2024-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
👍4🔥2👏1
Forwarded from VETLEGNEWS
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#WOAH_100 #Samarqand

Бизнинг миллатимиз ҳар хил,
Тилимиз ҳар хил,
Динимиз ҳар хил,
Ҳаммамизни битта тил бирлаштиради.
Бу - ВЕТЕРИНАР ТИЛИ!


Жаҳон ҳайвонлар соғлиги ташкилотининг 100 йиллигига бағишланади.
👏7🔥3👍1
Nima bo‘lganda ham yodda tuting - shunchaki kun yomon bo‘ldi, xayotingiz yomon degani emas...

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍6👏1
🐐 Naslli echki zotlarini ko‘paytirish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda!

🔷 Respublikada naslli echkichilikni yo‘lga qo‘yish, ularni bosh sonini ko‘paytirish, echkichilikning naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, fundamental va amaliy tadqiqotlarda foydalanishni tashkil etish maqsadida universitetda tashkil etilgan “Mega loyiha”ga 10 bosh Angor zotli echkilar (2 bosh erkak, 8 bosh urg‘ochi) olib kelindi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍9🔥2👏2