Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.79K subscribers
30.5K photos
2.21K videos
116 files
10.1K links
Download Telegram
Malaka oshirish kursi tinglovchilari Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida

SamDVMCHBU huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining “Veterinariya xizmati mutaxassislari” yo’nalishiga Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida dars tashkil qilindi.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining “Virusologiya” laboratoriyasi mudiri professor V.f.d (DSc) X.S.Salimov "Infeksion kasalliklarni tashxisi va profilaktikasining zamonaviy usul va vositalardan foydalanish” o‘quv moduli asosida “Virusologiya” va "Hududiy diagnostika" laboratoriyalarida dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

Dars davomida tinglovchilarga "Infeksion kasalliklarga bakteriologik va virusologik diagnoz qo'yish usullarining zamonaviy usullari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Dars yakunida tinglovchilar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube
  Joriy yilning 20-noyabr kuni SamDVMChBU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida "Veterinariya meditsinasi" yoʻnalishi tinglovchilari uchun Qozoq Milliy agrar tadqiqotlar universiteti, Veterinariya meditsinasi fakulteti Biologik xavsizlik kafedrasi professori Ilgekbaeva Gulnoz Duysekovna ishtirokida "Бруцеллёз(волнообразная лихорадка, мальтийская лихорадка, средиземноморская лихорадка, эпизоотический аборт, контагиозный аборат, Болезнь Банга)" va "Туберкулёз крупного рогатого скота" mavzularida onlayn ma’ruza darsi tashkil etildi.

Ma’ruza mobaynida tinglovchilar bilan  qiziqarli savol javoblar boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki G.D. Ilgekbaeva  tarmoq markazimizga soatbay tartibda ishga qabul qilingan.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Davring kelganda seni odamlar
tanishadi,
Davring ketganda sen odamlarni taniy boshlaysan...


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
HAMKORLIK FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA

O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi G.R.Bozorova Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qoshidagi akademik litseyning tabiiy fanlar yo‘nalishi 107-guruh talabalariga “Adabiy nutq uslublari” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi
.

🔖Dars davomida talabalar ijtimoiy hayotdagi turli soha doiralarida va turli nutqiy vaziyatlarda adabiy til imkoniyatlaridan qay daraja foydalanish borasidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Mashg‘ulotni tashkil etishda zamonaviy va kreativ fikrlovchi avlodni tarbiyalashga qaratilgan yangi pedagogik texnologiyalar qo‘llangan holda nutq madaniyati, muloqot jarayoni, milliy mentalitet, an’ana va qadriyat masalalariga alohida e’tibor berildi. Dars jarayonida akademik litseyning Tillar kafedrasi mudiri G.S.Hotamova ishtirok etdi va dars yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Master_klass

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xafvsizligi fakulteti “Parranda, baliq, asalari va mo'ynali hayvonlar kasalliklari ” kafedrasi  assistenti Qarshiyev Usmon Temirovich tomonidan Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumi  Veterinariya meditsinasi ta'lim yo'nalishi 2-bosqish talabalariga Yovvoyi va mo'ynali hayvonlar kasalliklari   fanidan “Yovvoyi va mo'ynali hayvonlarda modda almashinuvi buzilishi kasalliklari” mavzusida MASTER KLASS o‘tkazdi.

Dars jarayonida Moddalar almashinuvining  hayvonlar organizmidagi ahamiyati, kechishi, klinikasi , diagnozi, anamnez haqida bevosita tushunchalar berildi. Dars yakunida talabalar tomonida berilgan savollarga to‘liq javob berildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Forwarded from SamTVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | "ENG FAOL YIL TALABASI" KO‘RIK - TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI O‘TKAZILDI


20.11.2024-YIL


#samarqandmtrk