Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.14K subscribers
28.8K photos
2.09K videos
116 files
9.64K links
Download Telegram
#Marifat_ulashib
#Tanishuv #Tadbir #Uchrashuv

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblariga adiblar eng sara asarlarini tuhfa qilishdi

SamDVMCHBUda o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitet Talabalar turar joyida adiblar va talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida loyiha doirasida o‘tkazilgan “Zakovat”, “Insholar tanlovi”, “Munozara-debat” hamda adiblar hayotidan onlayn “Viktorina” g‘oliblariga adiblar tomonidan eng sara asarlar to‘plami topshirildi.

Adiblar bunday tanlovlarning o‘tkazilishi yoshlarning ongu tafakkurini oshishiga, ma’naviy salorhiyatining yuksalishiga katta yordam berishini ta’kidlab, barchaga omadlar tilashdi.

Shuningdek, universitet ijodkor talabalari tomonidan qora qalamda chizilgan adiblar portretining tuhfa etilishi adiblar uchun kutilmagan va eng esda qolarli sovg‘a bo‘ldi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#LIVE

Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston universitetida Markaziy Osiyo universitetlari Forumining ochilish marosimi boshlandi

Unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, xorijiy va yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari, shu jumladan SamDVMCHBU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori O.Achilov va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i B.Kuldoshovlar ishtirok etmoqda.

Tantanali tadbirda “Times Higher Education” (THE) tashkiloti xalqaro ishlar rahbari Phil Baty, Massachusets texnologiya universiteti vakili Anjali Shastry, Obuda universiteti rektori Levente Kovachs, Abu Dabidagi Nyu-York universiteti dotsenti Behzod Xoshimov, “Montfort Eurasia” boshqaruvchi direktori Eleanor Kramers va ko‘plab xorijiy tashkilotlar vakillarining mavzuga doir chiqishlari ko‘zda tutilgan

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Ommaviy_diktant

Universitet talabalari o‘rtasida “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining hamkorligida o‘zbek tiliga nisbatan milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham talabalar o‘rtasida “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |