OTFIV ǀ RASMIY
5.14K subscribers
4.09K photos
418 videos
3 files
1.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy, Tashkent, Uzbekistan

Murojaat uchun bot: @eduuzuniversalbot

📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz
Download Telegram
#akademik_faollik

Bugun Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Rustamov “Modern Trends in Linguistics: Psycholinguistics (Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari: Psixolingvistika) mavzusida navbatdagi ma’ruza mashg‘ulotini olib bordi.

Jarayonda talabalar tomonidan yo‘llangan savollarga atroflicha javob berilib, mashg‘ulot zamonaviy metodlar asosida interaktiv tarzda o‘tkazildi.

Aytish joizki, o‘quv jarayonlarida rektorning ham ishtirok etishi talabalarda katta ishtiyoq uyg‘otib, dars jarayonlarida faol bo‘lishlariga xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Hudulardan_xabarlar

🫥Professional ta’lim muassasalarida “Avtomobillarni ta’mirlash chilangarlari” yo'nalishi o‘quvchi yoshlarning kasbiy malakalari va intellektual salohiyatini yanada oshirish hamda sog‘lom raqobatni yaratish maqsadida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida “Kasbim yo‘lidagi baxtiyorlik” deb nomlangan do‘stlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

📝 Mazkur tadbirda Toshkent shahar Shayxontohur tumani kasb-hunar maktabining o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.

🫥Musobaqada o‘quvchilar avtomobil tuzilishi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqish hamda Besh muhim tashabbus doirasidagi musobaqalarda bellashib, maqtov yorlig‘i va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#akademik_faollik

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev bugun Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti yo‘l muhandisligi yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabalariga ochiq dars o‘tdi.

Ma'ruza mavzusi oliy ta'limdagi islohotlarga bag‘ishlandi. Talabalarga bu borada mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, ta'lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Dars yakunida talabalar rektorga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
UNISAT 2.0 DASTURI ISHTIROKCHILARI – 2 TA NANOSUN’IY YO‘LDOSHNI LOYIHALASHTIRIB STRATOSFERAGA UCHIRDI

UniSat 2.0 dasturining finalchi qizlari Navoiy viloyatidagi maydondan nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi. Qizlarni trenerlar, muhandislar va aeronavigatsiya xizmatlarining mutaxassislaridan iborat jamoani qo‘llab-quvvatladi.

Ishtirokchi qizlar 8-12-may kunlari Toshkentda INNO Technopark laboratoriyalarida 2 ta nanosun’iy yo‘ldoshni noldan ishlab chiqishdi, dasturlashdi va yig‘ishdi. Stratosferaga uchirilgan nanosun’iy yo‘ldoshlar qizlarga Yerning yuqori yechimdagi fotosuratlarini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir kubsatning o‘z ilmiy missiyasi bor.

UniSat dasturi hamkor tashkilotlar – UNICEF, Tech4Impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5344



УЧАСТНИЦЫ ПРОГРАММЫ UNISAT 2.0 СПРОЕКТИРОВАЛИ И ЗАПУСТИЛИ В СТРАТОСФЕРУ 2 НАНОСПУТНИКА

Девушки-финалистки программы UniSat 2.0 запустили в стратосферу наноспутники с площадки в Навоийской области Узбекистана. Девушек поддержала команда тренеров, инженеров и специалистов из аэронавигационных служб.

Участницы с нуля разработали, запрограммировали и собрали 2 наноспутника 8 -12 мая в лабораториях INNO Technopark в Ташкенте. Запущенные сегодня в стратосферу наноспутники позволят девушкам сделать снимки Земли с высоким разрешением. Кроме этого, у каждого из кубсатов есть своя научная миссия.

Программа UniSat совместно реализуется партнерскими организациями — ЮНИСЕФ, ННО Tech4Impact и Агентством инновационного развития при Министерстве высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5344

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Live #Xaqaro_anjuman

Ayni damda Andijon davlat universitetida Turkiyaning Egey universiteti va Ozarbayjonning Boku davlat universiteti bilan hamkorlikda “Yevroosiyo bioxilma-xilligini saqlash: zamonaviy muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida I Xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda.



В Андижанском государственном университете проходит 1-я Международная конференция на тему «Сохранение биоразнообразия Евразии: современные проблемы, решения и перспективы» совместно с Андижанским государственным университетом, Эгейским университетом Турции и Бакинским государственным университетом Азербайджана.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#RektorYoshlar_haftaligi

Bu hafta rejaga koʻra, “Rektor va yoshlar uchrashuvlari” mavzusida keng targʻibot ishlarini olib borish belgilangan.

Bilasiz, hozirda barcha rahbarlar, xususan, rektorlarga ham biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar oʻtkazilib, muammolari o‘rganilmoqda. Shuningdek, ularga zarur maslahat va tushuntirishlar berilib, muayyan muammolariga yechim topishda amaliy ko‘mak berilyapti.

Bu hafta rektorlarimizning aynan shu yoshlar bilan amalga oshirayotgan ishlari sayt va sahifalarimiz orqali keng yoritib boriladi.



Текущая неделя посвящена пропаганде работ по «Встречам ректоров и молодежи».

Как известно, все руководители, в частности и ректоры проводят встречи с прикрепленными к ним молодыми людьми, изучаются их проблемы. Также им даются необходимые советы и разъяснения, оказывается практическая помощь в решении конкретных проблем.

На этой неделе на наших информационных ресурсах будет широко освещаться деятельность ректоров с такими молодыми людьми.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube