OTFIV ǀ RASMIY
5.1K subscribers
4.09K photos
418 videos
3 files
1.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy, Tashkent, Uzbekistan

Murojaat uchun bot: @eduuzuniversalbot

📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz
Download Telegram
#InnoWeek_2023

“InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Vengriyaning “Startup Campus Incubator Zrt.” kompaniyasi hamda boshqa xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vengriya-O‘zbekiston ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik” taqdimoti doirasida “Demo Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jozef Rozsa, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Shahlo Turdikulova, vazirlik va idoralar rahbarlari, startapchilar, innovasion texnologik parklar, mahalliy va xorijiy kompaniya vakillari, soha mutaxassislari, Vengriyaning “Startup Campus Incubator Zrt.” kompaniyasi vakillari, ilmiy muassasalar, venchur fondlar vakillari qatnashdi.

Tadbirning bosh maqsadi akseleratsiya dasturida startaplarni tahlil qilish, yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun startap loyiha mualliflariga hamda kompaniya egalariga zarur bilim hamda ko‘nikma berishdan iborat.

Bundan tashqari, akseleratsiya dasturlaridan o‘tayotgan loyihalarning biznesni muvafaqqiyatli yuritish, marketing, moliyalashtirishga tayyorlashga ko‘maklashish uchun mentorlar va mutaxassislar jalb etildi. “Milliy hub” dasturi startaplarni shakillantirishdan tijolashtirishgacha bo‘lgan bosqichlarda yuqori malakali xalqaro va mahalliy mentorlar yordamida amalga oshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Ilm-fan jamiyatlari ilk forumi o‘z ishini boshladi

Bugun “Innoweek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Ilm-fan jamiyatlari birinchi forumi”ning ochilish tadbiri oʻtkazildi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, nufuzli olimlardan tashkil topgan ilm-fan jamiyatlari aʻzolari ishtirok etdi.

Forum ishini vazir Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarni samimiy qutladi va ilk bor o‘tkazilayotgan anjumanning ahamiyati hamda maqsadi haqida so‘zlab berdi. So‘ng fan yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilayotgan yangi jamiyatlar tashabbuskorlarining taklif va mulohazalari tinglandi.

Ilmiy jamoatchilik vakillari mamlakatimiz ilm-fani rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarda vazirlik bilan bahamjihat harakat qilishlarini alohida taʼkidladilar. Tadbir yakunida amaliy ahamiyatga ega boʻlgan bunday forumlarni muntazam oʻtkazishga kelishib olindi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Bugun “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar xaftaligi doirasida “Barqaror rivojlanish  uchun innovatsiyalar va texnologiyalar” mavzusidagi SPECA ishchi guruhining toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda xorijiy va mahalliy ekspert, tadbirkorlar mamlakatlarda innovatsion texnologiyalar va imkoniyatlardan foylananish haqida oʻz fikr hamda tajribalari bilan boʻlishishdi. Uchrashuv davomida qator loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6076

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#UNWTO
#forum

Global ta’lim forumi: Samarqandda turizm kelajagini shakllantirish bo‘yicha ta’lim strategiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Forum yakunida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy va professional ta’lim muassasalari tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 ga yaqin memorandum imzolandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023 #LIVE

Ayni paytda “Alpomish” muz saroyida tashkil etilgan innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unga tashrif buyurishga imkon topmagan bo‘lsangiz, onlayn efir orqali kuzatish imkoniga egasiz.

▶️https://youtube.com/live/yQBrX71t76Y?feature=share
____

Выставка инновационной продукции, организованная в ледовом дворце «Alpomish», продолжает свою работу. Если у вас не было возможности посетить ее, присоединяйтесь к нам онлайн.

▶️
https://youtube.com/live/yQBrX71t76Y?feature=share
____

The exhibition of innovative products, organized at the Alpomish Ice Palace, continues its work. If you didn't have a chance to attend, join us online.

▶️
https://youtube.com/live/yQBrX71t76Y?feature=share

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Smolensk davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
 
Joriy yil 17-oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Rossiya Federatsiyasi Smolensk davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. 

Uchrashuvda ikki taʼlim muassasasi hamkorligida klinik ordinatura mutaxassislarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish va sifatli tibbiy ta'limni rivojlantirish borasida kelishuvga erishildi. 
____

Обсуждены вопросы сотрудничества со Смоленским государственным медицинским университетом
 
17 октября Самаркандский государственный медицинский университет посетила делегация Смоленского государственного медицинского университета Российской Федерации. Гостей встретил ректор СамДТУ, профессор Жасур Ризаев. 

На встрече достигнута договоренность о налаживании подготовки специалистов клинической ординатуры и развитии качественного медицинского образования во взаимодействии двух образовательных учреждений.
____

Issues of cooperation with Smolensk State Medical University were discussed

On October 17, a delegation from the Smolensk State Medical University of the Russian Federation visited Samarkand State Medical University. The guests were met by the rector of SamDTU, Professor Jasur Rizaev.

At the meeting, an agreement was reached on establishing training for clinical residency specialists and developing high-quality medical education in the interaction of two educational institutions.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023_hududlarda

Ayni paytda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar — yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida Kreativ ta’lim kuni bo’lib o’tmoqda.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ullari, NavDPI hamda NavDKTU rahbariyatlari, olimlar, yosh ixtirochilar ishtirok etmoqda.
____

В Навоийском государственном горно-технологическом университете проходит День креативного образования под лозунгом «Креативное образование и инновации – основа развития нового Узбекистана».

В нем принимают участие сотрудники областного управления высшего образования, науки и инноваций, руководители местных вузов, ученые, молодые изобретатели.
____

The Navoi State Mining and Technology University is hosting the Day of Creative Education under the slogan “Creative education and innovation - the basis for the development of a new Uzbekistan.”

It is attended by employees of the regional department of higher education, science and innovation, heads of local universities, scientists, and young inventors.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

“InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining beshinchi kunida “Kreativ taʼlim kongressi” bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 100 dan ortiq oliy taʼlim muassasasining 150 nafarga yaqin rahbari, 9 nafar xorijiy universitet va ilmiy markazlar rahbarlari maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Anjuman davomida ta’lim – fan – ishlab chiqarish integratsiyasi, innovatsion gʻoyalar, dolzarb takliflar muhokama qilinmoqda.

Kreativ ta’lim hozirda butun dunyoda dolzarb mavzuga aylangan va uni bejizga tanlamadik, - dedi K.Karimov. – Bugungi kunda dunyoda transformatsion jarayonlar davom etmoqda. Tezlashib borayotgan zamonda masalaga boshqacha yondashish, kreativ fikrlash muhim.

“Kreativ taʼlim kongressi”ning asosiy maqsadi xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekiston universitetlari, ilmiy va ishlab chiqarish markazlari rahbar va mutaxassislari ishtirokida taʼlim va innovatsiyalar, talim - fan - ishlab chiqarish integratsiyasi, innovatsion gʻoyalar, dolzarb masalalar, samarali echim va takliflar doirasida keng muhokamalarni tashkil qilishdir.

Anjumanda 150 nafar oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, 9 nafar xorijiy va Oʻzbekiston universitetrlari va ilmiy markazlari rahbarlari maʼruzalari tinglanib, muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube