OTFIV ǀ RASMIY
4.75K subscribers
4.1K photos
419 videos
3 files
1.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy, Tashkent, Uzbekistan

Murojaat uchun bot: @eduuzuniversalbot

📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz
Download Telegram
#InnoWeek_2023

“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan “Ilm-fan va tijoratlashtirish kuni”da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Eron Islom Respublikasining fan va texnologiyalar boʻyicha vitse-prezidenti hamda eronlik tadbirkorlar, ilm-fan vakillari, shuningdek, mahalliy tadbirkor, kompaniyalar vakillarini “Alpomish” muz saroyida tashkil etilgan innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuni qayd etish lozimki, ko‘rgazmada eng katta povilion Eron Islom Respublikasi texnologiyalari va loyihalaridan tashkil topgan bo‘lib, qo‘shni davlatdan 20 dan ortiq korxonalar o‘z ishlarini namoyish qilmoqda. Korxonalar sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi hamda IT yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirgi kunda Eron va O‘zbekiston mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Ilmiy va ijtimoiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida «InnoWeek-2023» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Xamad bin Xalifa universitetining Innovatsiyalar va sanoat aloqalari ofisi ijrochi direktori Nodir Yildirim ishtirokida navbatdagi “Texnika yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va ijtimoiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda oliy taʼlim muassasalarining prorektorlari, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy tadqiqot faoliyat natijalari va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan rentabellikni baholash, tijoratlashtirishga va amaliyotga tatbiq etishga tayyor loyihalarni saralash borasida fikr almashildi.

Shuningdek, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishlaridagi muammoli holatlar va qonuniy to‘siqlarga yechimlar muhokama qilindi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

“InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Vengriyaning “Startup Campus Incubator Zrt.” kompaniyasi hamda boshqa xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vengriya-O‘zbekiston ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik” taqdimoti doirasida “Demo Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jozef Rozsa, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Shahlo Turdikulova, vazirlik va idoralar rahbarlari, startapchilar, innovasion texnologik parklar, mahalliy va xorijiy kompaniya vakillari, soha mutaxassislari, Vengriyaning “Startup Campus Incubator Zrt.” kompaniyasi vakillari, ilmiy muassasalar, venchur fondlar vakillari qatnashdi.

Tadbirning bosh maqsadi akseleratsiya dasturida startaplarni tahlil qilish, yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun startap loyiha mualliflariga hamda kompaniya egalariga zarur bilim hamda ko‘nikma berishdan iborat.

Bundan tashqari, akseleratsiya dasturlaridan o‘tayotgan loyihalarning biznesni muvafaqqiyatli yuritish, marketing, moliyalashtirishga tayyorlashga ko‘maklashish uchun mentorlar va mutaxassislar jalb etildi. “Milliy hub” dasturi startaplarni shakillantirishdan tijolashtirishgacha bo‘lgan bosqichlarda yuqori malakali xalqaro va mahalliy mentorlar yordamida amalga oshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Ilm-fan jamiyatlari ilk forumi o‘z ishini boshladi

Bugun “Innoweek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida “Ilm-fan jamiyatlari birinchi forumi”ning ochilish tadbiri oʻtkazildi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, nufuzli olimlardan tashkil topgan ilm-fan jamiyatlari aʻzolari ishtirok etdi.

Forum ishini vazir Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarni samimiy qutladi va ilk bor o‘tkazilayotgan anjumanning ahamiyati hamda maqsadi haqida so‘zlab berdi. So‘ng fan yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilayotgan yangi jamiyatlar tashabbuskorlarining taklif va mulohazalari tinglandi.

Ilmiy jamoatchilik vakillari mamlakatimiz ilm-fani rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarda vazirlik bilan bahamjihat harakat qilishlarini alohida taʼkidladilar. Tadbir yakunida amaliy ahamiyatga ega boʻlgan bunday forumlarni muntazam oʻtkazishga kelishib olindi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Bugun “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar xaftaligi doirasida “Barqaror rivojlanish  uchun innovatsiyalar va texnologiyalar” mavzusidagi SPECA ishchi guruhining toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda xorijiy va mahalliy ekspert, tadbirkorlar mamlakatlarda innovatsion texnologiyalar va imkoniyatlardan foylananish haqida oʻz fikr hamda tajribalari bilan boʻlishishdi. Uchrashuv davomida qator loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6076

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube