Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Tanqidiy fikrlashga koʻmaklashuvchi savollar

Khan Academy Oʻzbek blogida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga oid qiziq bir maqola oʻqib qoldim. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol, ikki qismli, birinchisi bu yerda, davomi esa manavi yerda.

Tanqidiy fikrlash har qanday soha va yoʻnalish taraqqiyotining asosi. Hatto tovuqkatak qurayotganda ham oʻziga “Nima uchun?”, “Qanday qilib?” va “Agar… boʻlsa, unda…” kabi savollarni bergan odamning ishi boshqalarnikidan pishiqroq chiqadi, qulaylik va yangiliklarga ega boʻladi. Bugungacha qilingan kashfiyot va ixtirolar, betakror ijod namunali zamirida ana shunday izlanishlar, yangilikka intilish istagi yotadi.

Maqolada berilgan baʼzi savollar oddiyroq koʻrinishi mumkin, lekin javobi hamisha ham oddiy va joʻn emas. Fikrlab, variantlar topish mumkin.

Yoʻnalishi yaqinroq boʻlgani uchun ingliz tiliga oid tanqidiy fikrlash savollarini keltiraman. Qiziqsangiz, qolganlarini blogdan oʻqib olasiz:

1️⃣ Sizningcha, nega insonlar va millatlar oʻz tajribalari va koʻrgan-kechirganlari haqida hikoya qilishni yaxshi koʻradi?

2️⃣ Asarlarni qanday xususiyatlariga koʻra “yaxshi” va “yomon”ga ajratasiz?

3️⃣ Qanday qilib oʻz soʻzlashuv uslubingizni yaratasiz? Uni boshqa biror kishiga qanday qilib oʻrgatgan boʻlardingiz?

4️⃣ Siz ____________ (biror soʻz yoki tushuncha) ni ilgari eshitmagan odamga qanday taʼriflab berasiz?

5️⃣ Yagona global tilga ega boʻlish bir nechta tilda soʻzlashishdan koʻra afzalmi? Nega?

6️⃣ Boshqalarning oʻrganishi va tushunishini osonlashtirish uchun oʻz ona tilingizni qanday rivojlantirgan boʻlardingiz?

7️⃣ Agar vafot etgan yoki hozirda hayot boʻlgan biror yozuvchidan maslahat olish imkoniyatingiz boʻlsa, kimni tanlar edingiz? Undan nimani soʻragan boʻlardingiz?

8️⃣ Biz uchun muhim boʻlmagan biror aloqa shakli bor, deb hisoblaysizmi? U qaysi? Nega u nisbatan keraksizroq, deb oʻylaysiz?

Xoʻsh, siz oʻz bilim-koʻnikmalaringizni yoki sohangizni rivojlantirish uchun qanday tanqidiy savollar qoʻyasiz? Bunday savollar amalda foyda berganmi? Fikringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@oriftolib
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Agar bolalardagi shoʻxlikni oʻldirsangiz, hech qachon aqlli odamni tarbiyalay olmaysiz.

Jan Jak Russo

@oriftolib
Juda koʻp kitoblar mutolaasida oʻquvchining aqli dam oladi. Sababi oddiy: chunki uni yozishda yozuvchining aqli ham dam olgan.

Charlz Kolton

@oriftolib
👍2
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Yangi zamonning eng original yozuvchilari bizga yangi narsa bergani uchun emas, narsa-hodisalar haqida goʻyo oldin hech kim soʻzlamaganday qilib gapirganlari uchun originaldir.

Yohan Gyote
Bir oʻzakdan ikki maʼno: minnat va minnatdor

Bitta soʻz qarama-qarshi maʼnoni ham anglatishi mumkin. Bu koʻp tillarga xos. Masalan, basir soʻzi arab tilida koʻzi oʻtkir va koʻzi ojiz maʼnolarida ishlatiladi. Oʻzbek tiliga ham xuddi shu maʼnolarda oʻtgan: 1. Koʻruvchi, koʻzi oʻtkir, oʻta sezgir; 2. Koʻrish qobiliyati yoʻq; koʻr, soʻqir; 3. koʻchma Narsa, voqeaning mohiyatini tushuna olmaydigan; ongsiz; bilimsiz; jo­hil.

Minnat va minnatdor soʻzida ham xuddi shu qoida amalda. Minnat soʻzi arabchadan oʻtgan, asliyatda himmat, muruvvat, xayr-saxovat; tashakkur, rahmat aytish maʼnolarini beradi. Oldin oʻzbek tilida ham ayni shu maʼnolarda qoʻllangan. Izohli lugʻat bunga shunday misol bergan:

[Yusufbek hoji:] Agar bu xizmatni oʻz zimmangizga olur ekansiz, ustimga katta minnat qoʻygan boʻlasiz.
A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

Yusufbek hoji agar shu ishni bajarishga rozi boʻlsangiz, sizdan qarzdor boʻlib qolaman, rahmat va tashakkur aytishga burchliman, deyapti.

Bu maʼno minnatdor soʻzida saqlangan. Minnatdor kishi koʻrgan yaxshiligi sabab boshqa bir kishi oldida maʼnan qarzdor, rahmat aytishga burchli boʻlib qoladi. Rahmat aytmasa ham, ichida unga nisbatan hurmat-eʼtibori oshadi.

Lekin yaxshilik qilgan kishi bundan bahramand boʻlgan odamdan ana shu minnatdorlikni istasa yoki talab qilsa, bu endi minnatga aylanadi.

Qilingan yaxshilikni yuzga solish yoki boshqalarga gapirib yurish minnatdir:

Tekinning minnati koʻp, mehnatning ziynati koʻp.
Maqol.

Ehson qilgan kishining minnati ehsonni yoʻqqa chiqaradi.
Gazetadan.

Bu ziyofatning hali minnati chiqib qolmasa, deb turibman.
K. Yashin, Hamza.

Mehnat qildim – xoʻp qildim, minnat qildim – yoʻq qildim.
Maqol.

Xasis bir bor mehnat qilsa, yuz bor minnat qilar.
Gazetadan.

Bunday ters maʼnolilik sof oʻzbekcha soʻzlarda ham bor. Maqola boshida basir soʻzini misol qilgandik. Oʻzbekcha koʻr soʻzi ham aslida koʻrmoqdan, yaʼni koʻruvchi maʼnosida. Vaqt oʻtib aks maʼnoda ishlatila boshlagan.

Odamlar baʼzida belgi-xususiyatni uning aksi bilan ataydi. Toʻgʻri, dastlab kinoya, mazax yoki boshqa maqsadni koʻzlashadi. Lekin maʼlum muddatdan keyin koʻzlangan maʼno yoʻqolib, shakliy maʼno birlamchiga aylanashi mumkin.

Deylik, ogʻzi shaloqligi, koʻp soʻkinishi bilan tanilgan kishiga qantovuz (qand + ogʻiz = shirinsoʻz) deb ot qoʻyasiz. Keyinchalik bu odam unutiladi va qantovuz sifati tili sassiq maʼnosida keng ishlatila boshlaydi.

@oriftolib
👍5
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Yoʻldosh Eshbek. “Qizgʻaldoqlar ochildi”

Toshkent, “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2016-yil. 264 bet. Sheʼrlar toʻplami. Kitobni 2016-yil 12-dekabr kuni sotib olgan ekanman. 2019-yil dekabr oyi boshida oʻqishga kirishib, 14-kuni tugatdim.

Favqulodda va nodir fikrlash tarzi, tuygʻuning tiniqligi, tafakkurning kengligi – chinakam shoirga xos xususiyat. Ana shu xususiyatlarni amalda qoʻllay bilishnigina isteʼdod deb tushunaman. Qobiliyat zoʻr boʻlishi mumkin, lekin ifoda qila olmasang, nima foydasi bor? Har qanday shoir ijodini oʻqib-oʻrganayotganda shunga eʼtibor qarataman. Favqulodda misralar bormi? Shoir oʻzini oʻzi qay darajada ifoda eta olgan?

Yoʻldosh Eshbek sheʼriyati bilan deyarli tanish emasdim. Bu kitob birmuncha tasavvur berdi. Har xil darajadagi sheʼrlarga duch keldim, orasida meni rostakamiga hayratlantirgan misralar ham bor. Ana shunday misralardan baʼzilarini sizning ham eʼtiboringizga havola etaman:

Tilim bagʻrim ichinda
Darding sezib yotadi.
Qoʻshiq qilib qalbimni
Koʻzlarimga otadi.

***
Soʻzga aylanmagan yonish tomchilar.

***
Vijdonsiz nomusli niqobin qoʻymas.

***
Koʻzlari koʻzguli qiz.

***
E, koʻngli tilsimgina,
Nafasi nasimgina.

***
Daraxtlar shoxida gulday qushchalar,
Gullarda shabnamlar – qushlarning koʻzi.
Shabnamlar bagʻrida kulgan gʻunchalar –
Tillaringday biyron bahorning soʻzi.

***
Bir ajoyib tong bilan mayin
Qoʻshilishib yomgʻirlar yogʻar.

***
Oʻksib-oʻksib undan izladim
Begʻubor chogʻ – goʻdak izlarim.
Changlar koʻmgan jajji hislarim,
Nafasimning otash islarin.

***
Toʻlqin otib chopar maysalar,
Silkinadi qirlar yelkasi.

***
Tun. Yulduzlar oyoq uchida
Kirib kelar bosh eggan koʻyi.

***
Kirar shaharchaga Navroʻz toʻlqini,
Erning tabassumi – jannat yolqini.

***
Olamga qor tushdi, sovidi kunlar,
Egasiz it kabi dalalar uvlar.
Miltirar yulduzlar, taftsiz uchqunlar,
Balki hech oʻchmasdir xotirdagi nur.

@oriftolib
Rasul HAMZATOV

***
Mening qoʻshnilarim – mohir zargarlar
Bola tasavvurim qoldirib hayron
Mohak toshin ishga solar edi va
Sof oltinni misdan farqlardi oson.

Ey zukko oʻquvchim, qarzdorman sendan,
Asl sheʼriyatga oʻzingsan posbon.
Men ham mohak toshing – nazaring bilan
Suʼniy misralarni farqladim oson.


Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

@oriftolib
Imloni oʻrganamiz

Bugun oʻrganadigan soʻzlarimiz:

@oriftolib
Orif Tolib
Toʻgʻri yozilgan soʻzni lugʻatga qaramay toping.
Bu testga toʻgʻri javob berganlar kam boʻldi. Ayni paytda (2020 yil 3 yanvar, soat 20:45) bor-yoʻgʻi 8 kishi.

Koʻpchilik muzlatgich soʻzini toʻgʻri yozilgan deya tanladi. Lugʻatga koʻra, muzlatkich yozilishi kerak. Xuddi sovitkich soʻzi kabi. Bu yerda jarangsiz tovushdan soʻng kelgan qoʻshimcha ham jarangsizlashishi kuzatilyapti. T jarangsiz tovushiga qoʻshilgan jarangli g jarangsiz k ga aylanyapti.

Toʻgʻri variant shoxobcha soʻzi edi.

Qolgan soʻzlarning lugʻatga koʻra yozilishi:

Lotereya
Taqiq
Shilliqqurt
Qatʼi nazar
Yashintopaloq
Muzlatkich
Hiqillamoq

@oriftolib
👍3
Rasul Hamzatov

***
Juda gʻalati-da nasiba, taqdir,
Tole ham bemavrid kuladi gohi.
Yeyishga goʻsht koʻp-u, tishim yoʻq hozir,
Atala ichgandim tishim bor chogʻi.

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

@oriftolib
Tanishning bilishi, upaning eligi

Baʼzi juft soʻzlarning ikkinchi qismidagi soʻz mustaqil ishlatilmay qoʻygan. Tanish-bilish soʻzi ana shundaylardan. Xoʻsh, bilish soʻzining maʼnosi aslida nima?

“Bilish” bugun tilimizda ishlatiladigan bilmoq maʼnosidagi harakat nomi emas. Kalavaning uchini “Devonu lugʻatit turk”dan topamiz. Unda yozilishicha, tanish kishilarga nisbatan bilish soʻzi ishlatilgan. Oʻzagi – bilmoqdan. Birovni yaxshi bilsangiz, tanisangiz – u siz uchun bilish boʻlgan. Mahmud Koshgʻariy zamonida va undan oldin ot yasovchi -sh qoʻshimchasi amalda boʻlgan. Olim bunga misol tariqasida urush, toʻqush soʻzlarini keltiradi.

Ayollar lugʻatiga oid upa-elik degan soʻz bor. Shu juft soʻzdagi elik ham ogʻzaki tilda ishlatilmaydi hisob. Lekin oʻtgan asrda elik mustaqil shaklda “yogʻupa” maʼnosida qoʻllangan ekan. Bunga Izohli lugʻat guvohlik beradi:

Oq roʻmolchadagi qizil elik dogʻlarini Yoʻldoshning tumshugʻining tagiga tutdi:
– Bu qaysi oyimchaning labidan yuqqan?
S. Anorboyev, Mehr.

Qovoqlar yashil, lablariga qonday elik surtilgan.
S. Nurov, Narvon.

Yogʻupa kosmetik pardoz moyi; krem maʼnolarini berar ekan. Bugun tilimizda yogʻupa yoki elik oʻrniga krem soʻzidan keng foydalanilyapti. Tayyor oʻzimizda bor soʻz isteʼmoldan chiqdi hisob.

“Devonu lugʻatit turk”da elik englik shaklida uchraydi. Olim unga “xotinlar yuzlariga (yonoqlariga) surtadigan pushti qizil rang, upa-elik” deb izoh beradi. Qarang, ming yil oldin ham ayollarning bugungiga juda oʻxshash pardoz vositalari boʻlgan ekan.

Juft soʻzlarga diqqatliroq boʻlsangiz, bunga oʻxshash holatlarga koʻp duch kelasiz. Tilda hozir alohida qoʻllanmaydigan, maʼnosi taxminan anglashiladigan yoki batamom unutilgan soʻzlarni oʻrganish anchagina qiziq yumush. Soʻzlarlarning ildizini oʻrganish davomida juda koʻp qiziqarli va foydali bilimlarga ega boʻlasiz.

@oriftolib
👍6
Rasul HAMZATOV

Shuyam erkak boʻldimi?

Oʻylamay, fikr qilmay,
Kulsa hech toʻxtov bilmay,
Shuyam erkak boʻldimi?

Kuni oʻtsa tuygʻusiz,
Butun umri qaygʻusiz,
Shuyam erkak boʻldimi?

Hattoki tilak chogʻi,
Ochilmasa qovogʻi,
Shuyam erkak boʻldimi?

Oʻtsa yonib suymasdan,
Oʻpich taʼmin tuymasdan,
Shuyam erkak boʻldimi?

Ishq, rozda boʻlib suyuq,
Bilmasa oʻlchov, tiyiq,
Shuyam erkak boʻldimi?

Xushomad-la iydirib,
Ketsa sotib, kiydirib,
Shuyam erkak boʻldimi?

Kelsa-yu magʻrur, poʻrim,
Qadahi qolsa yarim,
Shuyam erkak boʻldimi?

Odamlar koʻp joyda ham
Ichsa bilmasdan toʻxtam,
Shuyam erkak boʻldimi?

Yurtidan badar ketsa,
Ota uyin unutsa,
Shuyam erkak boʻldimi?

Birovlarning mehnatin
Bilmasa qadr-qimmatin,
Shuyam erkak boʻldimi?

Vaʼda berib, soʻz aytib,
Olaversa soʻng qaytib,
Shuyam erkak boʻldimi?

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

@oriftolib
Koʻplab misollardan shunday xulosaga keldim: fikr-oʻylari sof boʻlgan bandani Xudo albatta qoʻllar ekan.

Mohandas Gandi
👍4
Kitoblarni qanday oʻqish kerak?

@kitobqurti kanali Mortimer Adler va Van Doren qalamiga mansub “Kitoblarni qanday oʻqish kerak?” asarining qisqacha mazmuni bilan boʻlishibdi. Maqolada kitoblar oʻqish texnikasi va tizimli mutolaa haqida soʻz boradi.
Quyida ushbu maqoladan ayrim oʻrinlarni eʼtiboringizga havola etaman:

Savodli boʻlish bilan oʻqishni bilish orasida katta farq bor.

***
Oʻqish uchta sababga koʻra amalga oshirilishi mumkin:

Koʻngil ochish uchun oʻqish – dam olish yoki “shunchaki mutolaa” qilish uchun;

Axborot olish uchun oʻqish – dalillar va faktlarni oʻrganish (dunyoni koʻproq bilish) uchun;

Tushunish uchun oʻqish – tushunchani rivojlantirish (dunyoni boshqacha koʻrish, uni anglash) uchun.

Bu uchalasidan eng qiyini – tushunish uchun oʻqish boʻlib, kitobda asosan shu mavzu haqida soʻz yuritilgan.

***
“Tushunish uchun” oʻqiganda oʻquvchi oʻziga butunlay yot va yangi gʻoyaga duch keladi va uni anglab tushunishga harakat qiladi. Bunda yozuvchining bilim darajasi bilan oʻquvchining bilim darajasi oʻrtasida katta tafovut boʻlib, yozuvchi oʻquvchiga yangi tushuncha yoki goʻyani oʻrgatadi. Mutolaa jarayonida ushbu tafovut qisqarib boradi.

***
Mutolaaga “ikki tomonlama faol fikr almashinivi” sifatida qaralishi darkor. Yozuvchining vazifasi fikrni “joʻnatish”, oʻquvchi esa uni “ilib” olishi kerak. Koʻrib turganingizdek, mutolaa sifati har ikkala tomonning oʻz vazifasini qay darajada faol bajarganiga bogʻliqdir.

Qancha faol oʻqisangiz, kitobni shuncha yaxshi oʻqiysiz. Qancha yaxshi oʻqisangiz, shuncha koʻp savollarga javob topasiz. Qancha koʻp javob topsangiz, atrofdagi olamni ham ajoyib va boshqacha nigoh bilan koʻra boshlaysiz.

***
Mutolaada eng muhimi tez oʻqish emas, toʻgʻri oʻqishdir. YAʼni, qaysi manba qanday tezlikda oʻqilishi kerakligini bilish. Qanchalik tez oʻqish kerak? Qiyin savol. Baʼzi, koʻp vaqt sarflash kerak boʻlmagan kitoblarni normadan tezroq oʻqish kerak boʻladi. Baʼzi kitoblarni esa normadan sekin, shoshmay oʻqish talab etiladi. Eng muhimi, yuqorida aytganimizdek, toʻgʻri tezlikni topa bilishdir.

Sekin oʻqishni oʻrganish shart emas, biroq, tezroq oʻqishni mashq qilishga toʻgʻri keladi.

***
Tanqidning asosiy qoidasi – unga xuddi yaqin doʻsting bilan biror muammoni birgalikda hal qilish uchun konstruktiv ruhda mushohada yuritayotganing kabi yondashish kerak.

***
Oʻylaganini bilaman degan, biroq uni tushuntirib berolmagan odam nima oʻylayotganini bilmaydi.

Maqolani toʻliq mana bu yerdan oʻqishingiz mumkin.

@oriftolib