Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Agar hamyoningizdagi barcha pulni kallangizga joylashtirib olsangiz, uni sizdan hech kim olib qoʻya olmaydi.

Benjamin Franklin

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍40🤣10🤨5🔥2💯1
Savodxonlik testlari

Imlo boʻyicha bilimlarimni sinayman deganlar kanalda eʼlon qilingan testlar bilan tanishishi va yechishi mumkin.

4-qism

🔹 Sogʻliq, sogʻlik
🔹 Bahiya, bahya, baxya
🔹 Mosuvo, mosivo
🔹 Qaytaga, qaytanga
🔹 Oʻrta maxsus taʼlim, oʻrta-maxsus taʼlim
🔹 Raxna, rahna
🔹 Mehnati singgan, mehnati singan
🔹 Rixlat, rihlat
🔹 Tadqiq, tatqiq
🔹 Mavjudod, mavjudot
🔹 Yangidan, yangitdan
🔹 Sunbul, sumbul
🔹 Ansanbl, ansambl
🔹 Istanbul, Istambul
🔹 Sunbula, sumbula

Oldingi qismlari:
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍16😱3
Dunyoni yoshlar boshqaradi – qariganlarida.

Bernard Shou

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🤣88👍21💯6🔥3🤨3
Odam maqsadlari kattaygani sari ulgʻayib boradi.

Fridrix Shiller

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍45💯13🔥4🤨4
Turk tiliga qiziquvchilar uchun

Hilol Edu jamoasining turk tiliga oid sahifalari bitta havolaga joylanibdi. Turk tilini oʻrganayotganlarga foydali boʻladi deb oʻylayman:

👉
Kanallarga ulanish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍30
Bittagina yozuvchi bor edi...

Tula guberniyasi Yozuvchilar uyushmasining inqilobdan keyingi yigʻilishida soʻz olgan notiq gʻurur bilan bir maʼlumotga urgʻu beradi:

– Inqilobgacha bizda bittagina yozuvchi bor edi. Hozir ular mingdan ortiq!

Shu payt zaldagilardan biri luqma tashlaydi:

– Oʻsha bittagina yozuvchi kim edi?

Bu safar notiqning ovozidagi salobat birdaniga yoʻqoladi:

– Lev Tolstoy...

👉 Mashhurlar hayotidan

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍59🔥4💯3
Urfga kirgan nuqsonlar fazilat deb qabul qilina boshlaydi.

Jan Batist Molyer

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍37💯8😢5🔥4
Oʻrtacha va keraksiz narsalarni koʻp bilgandan kam boʻlsa ham yaxshi va kerakli bilimga ega boʻlgan afzal.

Lev Tolstoy

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍79🔥19💯17😱1
Qay biri toʻgʻri?

Jonga tegar darajada uzluksiz tanbeh berib, tergab turmoq; qistamoq, qistalang qilmoq – ...
Anonymous Quiz
63%
Kutkilamoq
37%
Kutkulamoq
👍35💯13🤣9🔥5
Qay biri toʻgʻri?

Dovdiramoq, oʻzini yoʻqotib qoʻymoq – ...
Anonymous Quiz
83%
Talmovsiramoq
17%
Tolmovsiramoq
🔥24👍21💯11🤨5🤣3
💯36👍18🔥5😱2
💯42👍21
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Bugun barchamizning sevimli adabimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavallud topgan kun.

Alloh u kishini mag‘firat qilsin!

Asarlarini oʻqing:

1. “0099 raqamli yolgʻonchi”
2. “Meshpolvonning janglari”
3. She’rlar
4. “Oltin yurakli avtobola”
5. “Mittivoymisan, Mittivoymisan?”
6. “Alamazon va uning piyodalari”
👍54🔥13💯3😢1
Har qanday yaxshilik mukofotga loyiqdir

Ustoz Anvar Obidjon bilan matbuot uchun soʻnggi bor 2017-yili suhbatlashgan ekanmiz. Shu yili “Yoshlik” jurnalining 1-sonida bosilgan suhbatda Anvar aka “Ajinasi bor yoʻllar” asari haqida shunday degan ekanlar:

Bu asarda meni borini boricha yozishga undagan asosiy omil kitobxonlarni sirdosh oshnalarim deb tasavvur qilganim boʻlsa, ajabmas. Iloji boʻlganida, yaʼni kitobni ortiqcha semirtirib yuborishdan choʻchimaganimda eng avvalo oʻtgan umrim mobaynida menga xolisona yaxshilik qilgan ming-minglab kishilar toʻgʻrisida birma-bir toʻxtalgan, zigʻirdekkina muruvvat koʻrsatganlarni ham alohida tashakkurlar bilan tilga olib oʻtgan boʻlardim. Koʻlami, ahamiyati nechogʻli ekanidan qatʼi nazar, har qanday yaxshilik mukofotga loyiqdir.


Anvar Obidjonning menga ham xolis yaxshiliklari koʻp teggan. Ustozni Alloh rahmatiga olgan boʻlsin.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍59🔥5💯5
Katta it hursa, kichigi ham qoʻshiladi.

Abazin maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍48🤣13😢5💯4🔥3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
77%
Achchiq-tiziq gap
23%
Achchiq-tizziq gap
😱26👍22🤨16🔥3🤣2
Tilga hurmatsizlik oqibati

Ostonadagi Qazaq Coffee qahvaxonasi qozoq tiliga hurmatsizlik koʻrsatgani tufayli kasodga uchrabdi.

Maʼlum qilinishicha, mijoz qahvaxonaning ijtimoiy tarmoq sahifalaridan biriga unga xodimlar qozoq tilidagi menyu taqdim etishdan bosh tortgani haqida izoh qoldirgan. Muassasa vakili esa xodimlar qozoq tilida soʻzlashi shart emasligini aytib javob qoldirgan. Bu esa jamoatchilikda keskin norozilik uygʻotgan va boykot sabab kafe zararga kirib ketgan.

Albatta, bitta ishbilarmonning bankrot boʻlishi quvonarli hodisa emas. Lekin davlat tiliga bunday munosabatning oqibati ham boʻlishi kerak. Bu – boshqalar uchun ibrat.

Qozoq qoʻshnilar tilga munosabatda ancha gʻururli ekan.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
1👍171🔥33💯13😢6🤣4😱1