Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
25%
Prezident stipendiati
75%
Prezident stipendianti
🤨51😱12😎10👍9💯3😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥8😎2
Ibrat farzandlari loyihasining yillik sarhisobi va 2024-yil rejalarini muhokama qildik.

Bu yil loyihaga koʻproq vaqt va kuch sarflamoqchiman. Xudo xohlasa, tez orada yangi videodarslar bilan tanishasiz. Rejada yangi loyihalar ham bor.

2023-yili tayyorlangan darslar mana bu yerda:

👉 t.iss.one/oriftolib/3281

@oriftolib
👍65🔥19
Ism-familiyalar imlosi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada ism-familiyalar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/seYlNUfzWqA

@oriftolib
👍25🔥3
Zombi – manqurt degani

Zombi soʻzi oxirgi 15–20 yil ichida oʻzbekchada ham ommalashdi. U begona odam yo vosita taʼsirida birovning buyrugʻiga, xohish-irodasiga soʻzsiz boʻysunadigan, mustaqil fikrlay olmaydigan, oʻz shaxsi va erkiga ega boʻlmagan kishini anglatadi. Bu taʼrif janrlarga koʻra farqlanishi mumkin. Masalan, fantastikada zombilar qandaydir virusga chalingan odamlar, baʼzan esa hayvonlardir. Ular oʻzini mutlaqo boshqara olmaydi, boshqalarga hujum qilish, ularga virus yuqtirish yoki halok qilishga harakat qiladi.

Bu soʻz oʻzbekchaga inglizchadan oʻzlashgan, inglizchaga esa bantu tillariga mansub kimbundu tilidan oʻtgan. Kimbundu tili asosan Angolada, qisman Kongo Demokratik Respublikasi va Zambiyada tarqalgan. Kimbundu tilidagi nzumbe soʻzi jon, ruh maʼnosini anglatadi.

@oriftolib
👍57💯3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
85%
Daraxt poʻstlogʻi
15%
Daraxt poʻslogʻi
👍28💯7😎4🤨3
👍36😎8😱7🤨1
Gnu ohulari va gerenuk

Gnu ohulari Afrika haqidagi hujjatli filmlarda qulogʻingizga chalingan boʻlsa kerak. Afrikada tarqalgan, buqaga oʻxshab ketadigan antilopa turi. Gnu soʻzini nemis sayyohi Georg Forster isteʼmolga kiritgan. U Janubiy Afrika xalqlarining koysan tilidagi i-ngu soʻzini gnoe shaklida qoʻllagan. Bu soʻz ayni shu antilopa turini ifodalash uchun ishlatilgan.

Gerenuk esa koʻpchilikka notanish. Bu hayvon jirafa ohu deb ham ataladi, chunki boʻyni uzun boʻladi. Gerenuk somali tilidagi gáránúug soʻzidan hosil boʻlgan. Bu jonivor Efiopiya, Somali va Tanzaniya hududlaridagi savannalarda yashaydi.

@oriftolib
👍36
“Chap koʻz bilan qarash” bu – ...
Anonymous Quiz
33%
Eʼtiborsiz qarash
45%
Yomon koʻrish, nafratlanish
22%
Aniq nishonga olish
🤨26👍10😢7😎7💯2
Safari – ov safari

Safari soʻzi dastlab Sharqiy Afrika boʻylab ov uchun uyushtirilgan sayohatlarni ifoda etgan. Keyinchalik bu tushuncha Afrikaning boshqa hududlari uchun ham ishlatila boshlagan. Soʻzning maʼnosi bora-bora oʻzgarib ketgan. Safari bugun yovvoyi tabiatga qilinadigan nisbatan arzon ekskursiyalarni anglatadi. Bunda odatda yirtqich hayvonlar suratga olinadi. Vikipediyaga koʻra, baʼzi mamlakatlarda yoʻlboshlovchilar bilan taʼminlanadigan safarilar yirik xizmat turiga aylangan.

Ov safarilari hozir ham uyushtirib turiladi. Afrikadagi ayrim mamlakatlarning byudjetini aynan ov safarilari anchagina toʻldiradi.

Safari soʻzi suahili tilidan Yevropa tillariga oʻtgan va ommalashgan. Suahili – bantu tillariga mansub til. Bu tilda soʻzlashuvchilar – suahililar Tanzaniya, Keniya va Mozambikda yashaydi. Suahili tili oʻzlashmalarga boy, ayniqsa arabchadan koʻp soʻz olgan. Bu til lugʻat boyligining yarmini arabcha soʻzlar tashkil etadi. Safari ham shulardan biri. U siz-u bizga yaxshi tanish va oʻzbek tilida ham qoʻllanadigan safar soʻzidan yasalgan.

@oriftolib
👍22
Shoʻring qurgʻur ukam mardikorlikdan ramaqijon boʻlib qaytib keldi. (M. Muhammadjonov, “Turmush urinishlari”)

Jumladagi “ramaqijon” soʻzi qanday maʼnoda?
Anonymous Quiz
24%
Bir oyogʻi ishlamaydigan
68%
Oʻta ozib ketgan
8%
Duduqlanib gapiradigan
😎30👍17💯6😱3😢2🤨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ism-familiyalar imlosi | 3️⃣4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍30
Rasul Hamzatov

***
Shomil qilichiga yozilgan bu bayt
Bolaligimdan yod, hech unutilmas:
“Maydonga ot solib jangga kirgan payt
Oxirin o‘ylagan qahramon bo‘lmas!”

Shoir, shu hikmatni unutma sen ham,
Qilichday qalamda she’rlar yoz o‘lmas:
“Maydonga ot solib jangga kirgan dam
Oxirin o‘ylagan qahramon bo‘lmas!”

Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi

=====================

👉 Maʼlumot uchun:

“Qashqirlar makoni” seriali bosh qahramoni Poʻlat Alemdarning sevimli iboralaridan biri – “Oxirini oʻylagan qahramon boʻlolmaydi” jumlasi Kavkaz xalqlari yoʻlboshchisi, ozodlik kurashchisi Shayx Shomilga tegishli. Sheʼrda ana shu hikmatli gapga ishora bor.

@oriftolib
👍79🔥5💯5
Xoʻmraygan yalangtoʻsh chollar, burnining suvi oqib yigʻlamsiragan bola-baqralar... (X. Sultonov, “Bir oqshom ertagi”)

Jumladagi “yalangtoʻsh” soʻzi qanday maʼnoda?
Anonymous Quiz
24%
Sochi qirilgan
21%
Gʻazabli, qahrli
55%
Koʻksi ochiq
👍22💯6🤨5😎4
Ekin tupining yaxshi rivojlanishi uchun yosh vaqtida ortiqchasini yulib tashlash, kerakli miqdorda qoldirish, siyraklatish – ...
Anonymous Quiz
63%
Yagana
23%
Yagona
14%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍24😎12🔥4🤨4💯2
Yaylov – qishloqning antonimi

Tilimizda qishlaydigan joy maʼnosidagi “qishloq” degan soʻz bor. Demak, mantiqan “yozloq” degan soʻz ham boʻlgan boʻlishi kerak. Soʻzlarning xususiyatlariga eʼtibor bersangiz, bu soʻzni ham topasiz. “Qishloq” soʻziga aks maʼnini bildirgan “yozloq” soʻzi asli “yaylov” boʻlgan.

“Oʻzbek tilining etimologik lugʻati”da izohlanishicha, qadimgi turkiy tilda “yoz” (“yoz”) maʼnosini ifodalagan “yay” degan soʻz boʻlgan. “Yay”+”loq”dan “yayloq”, keyinchalik “yaylov” soʻzi hosil boʻlgan. “Yaylov”ning “yayloq” shakli ham bor. Demak, qishloq qishlash uchun boʻlsa, yaylov yozlash uchun.

Eshqobil Shukurning “Bobosoʻz izidan” asaridan

@oriftolib
👍86🔥15💯8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Давай, короче va crush soʻzlari oʻrniga oʻzbekcha soʻzlardan foydalaning!

Aynan qaysi soʻzlardan foydalanishni esa videodan bilib olasiz!

@ibratfarzandlari loyihasidan yana bir yangicha dars. Orada savodxonlik darslari ham reklama qilib ketilgan ))

Albatta, til oʻz-oʻzicha rivojlanmaydi. Chetdan soʻz olishi – tabiiy. Biroq tilning oʻz soʻzlari turganda oʻrniga boshqa soʻzlarni ishlatish uni kambagʻallashtiradi.

Ibrat farzandlari loyihasida soʻz qoʻllash, soʻzlarning maʼnolari haqida ham videodarslar qilmoqchimiz. Orada mana shu rolikka oʻxshaganlari ham boʻladi.

Videodagi kabi soʻzlar uchun oldinroq bir lugʻat tuzgan edim. Marhamat, foydalaning:

👉 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat

@oriftolib
👍20🔥18💯2
Forwarded from Orif Tolib
O‘zbekchasini unutganlar uchun mitti lug‘at

So‘zlashuv tilida juda ko‘p o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar egallab olgan. Aslida bu so‘zlarning soddaroq, qisqaroq, tushunarliroq o‘zbekcha shakli bor. Lekin negadir begona so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa ongimizga shu qadar singib ketganidan buni ko‘pincha sezmaymiz ham.

Quyida shunday so‘zlarning kichik lug‘ati bilan tanishasiz.

❗️ Chet so‘zlar o‘zbekcha imloda berilgan.

Aklad – oylik, maosh.

Balnisa – kasalxona, shifoxona.

Brat – aka, akaxon.

Vapshe, obshe – umuman. Aslida “umuman” so‘zini ham iloji boricha kam ishlatgan ma’qul.

Golubsi – do‘lma.

Da (telefon ko‘tarilganda) – eshitaman, labbay. Yoki xalqaro “alo” so‘zini ham ishlatish mumkin.

Zdachi – qaytim.

Izdivatsa qilmoq – ustidan kulmoq.

Kanikul – ta’til.

Kapcho‘niy – dudlangan, qoq, sur.

Karochi – qisqasi.

Koja – teri, charm, ko‘n.

Mazgi – miya.

Malades – yashang, yasha, yashavor. Eskilar bu so‘z o‘rnida “barakalla” yoki “borakalloh” degan so‘zni ishlatgan.

Marazilnik – muzlatkich.

Mashennik – firibgar, qallob.

Medsestra – hamshira.

Mo‘shniy – kuchli, zo‘r.

Narmalni – tuzuk, yaxshi, durust, chidasa bo‘ladi. Juda shu so‘zga mehr-muhabbatli bo‘lgan kishi “normal” deb ishlatishi ham mumkin.

Naski – paypoq.

Otdix – dam olish.

Pashti – deyarli.

Prayezd – kira haqi, yo‘lhaqi.

Pro‘pka – tiqilinch (yo‘l); tiqin (idishda).

Po‘pko‘rn – bodroq.

Rayo‘n – tuman. Bu so‘z yoshi kattalar orasida hozir ham ora-sira ishlatilyapti.

Salyo‘niy – tuzlangan, tuzlama, sho‘r.

Svejiy – yangi.

Svet – chiroq.

Subo‘tnik – shanbalik. “Hashar” deyilsa, tamoman o‘zbekcha bo‘ladi.

Travma – jarohat.

Uje – bu so‘z alohida so‘z bilan tarjima qilinmaydi, qo‘shimchalardayoq ma’nosi ifodalanadi. Masalan, “Uje keldim” deyish o‘rniga “kelib bo‘ldim” deyiladi.

Uspet qilmoq – ulgurmoq.

Xalades – ilvira, ilkillama. Bu taomning o‘zbekcha nomini ayrim yoshi katta kishilargina bilsa kerak.

Xaladilnik – sovitkich.

Chtobi – uchun. Masalan, “Men atayin to‘liq gapirib berdim. Chtobi sen tushungin”. “Men tushunishing uchun to‘liq aytdim” deyish qisqa, lo‘nda, o‘zbekcha.

Ekanom qilmoq – tejamoq.

“Irfon” taqvimi (2014)da chop etilgan.

❗️ O‘zbekchalashtirishga qarshi bo‘lganlarga: bu so‘zlarning o‘zbekchasini qo‘llang degan gap aynan sizga atalmagan. Yengil nafas olavering.

Qolganlarga: iloji boricha o‘zbekchasini ishlating, til rivojiga va sofligiga shaxsan hissa qo‘shing.

Bunga o‘xshash yana qanday so‘zlarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍103🔥18😎5
Ertasi kun peshinda Sanam xolani kayvonilar qatori boʻlajak bir toʻyning maslahatiga chaqirishgan edi. (P. Qodirov, “Qora koʻzlar”).

Jumladagi “kayvoni” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
10%
Oldin oʻqituvchi boʻlib ishlagan, sobiq oʻqituvchi
20%
Mahalla idorasining xotin-qizlar vakili
70%
Yoshi ulugʻ, koʻpni koʻrgan
👍35😎20🤨5