Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
-yapti, -yabdi, -ayapti | 2️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍19🤨1
🤨34👍11😢7😱2🔥1
Sietl – hindular sardori
Hozirgi Sietl oʻrnida yevropaliklarning ilk qoʻnimgohi 1851-yili barpo etiladi. Bu maskanni taniqli davlat arbobi Artur Dennining safdoshlari quradi va unga “Nyu York Alki” deb nom beradilar. Alki chunuk qabilasi tilida tez orada, qachondir degan maʼnoni anglatgan.
1852-yili qoʻnimgoh Elliot koʻrfazining sharqiy qirgʻogʻiga koʻchiriladi. Doktor Devid Meynard qoʻnimgohni sukvomish va duvomish hindu qabilalari sardori Sietl sharafiga atashni taklif qiladi. Sietl oqtanlilar bilan murosa qilish tarafdori boʻlib, qabiladoshlari orasida ham, oqtanlilar orasida ham obroʻ-eʼtibor qozongan edi.
Amerikada boshqa bir qancha joylar va muassasalar ham Sietl sharafiga nomlangan.

👍14🔥1
Variantdosh soʻzlar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qiyin va koʻp savol tugʻdiradigan masalalardan biri – variantdosh soʻzlar imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/u-FvVbD_C7A

👍15🔥4
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
24%
Abu Mansur Motrudiy
47%
Abu Mansur Moturudiy
29%
Abu Mansur Moturidiy
🤨29👍22😢6💯3
👍26💯7😱6🤨3
Buxarest – Bukurning shahri
Buxarest – Ruminiya poytaxti. Unda ikki millionga yaqin aholi yashaydi. Shahar oʻrta asrlar lotin manbalarida Cetatia Dambovitci, yaʼni Dambovitsa shahri sifatida tilga olinadi. Dambovitsa – daryoning nomi. Demak, shaharni ham daryo nomi bilan atashgan.
Maʼlumotlarga koʻra, shahar nomi 1459-yildan rumincha București shaklida tilga olina boshlagan. Bunda Bukur kishi nomini, -eshti qoʻshimchasi esa tegishlilikni bildirgan. Bukureshti – Bukurga tegishli joy, Bukurning shahri degani. Bukur ismi Ruminiyadagi boshqa joy nomlarida ham uchraydi. Bu soʻz alban tilida yoqimli, chiroyli maʼnolarini bildiradi.
Bir afsonaga koʻra, shaharga XV asrda Bukur ismli choʻpon asos solgan. Biroq bu haqiqatga mos emas. Chunki Buxarest shahri undan oldin ham bor boʻlgan.

👍28
✅ Qay biri toʻgʻri?
Qizgʻanish hissi – ...
Qizgʻanish hissi – ...
Anonymous Quiz
69%
Rashk
14%
Rashq
17%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍23🤨10😎6🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Variantdosh soʻzlar imlosi | 2️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍13🔥1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
39%
Doʻstlaringizga ulashing
18%
Doʻstlaringiz bilan ulashing
43%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍13😢6😎3😱1
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shuhrat Sattorov bilan "Ma'daniyat va ma'rifat" telekanali "Olamning qalbi" ko'rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi
"Doim dadamdan kitobimni chiqarib bering, deb iltimos qilardim, hatto yig'laganman. Ro'zg'orning boshqa tashvishlari bo'lishidan bexabarman, dardim kitob chiqarishda bo'lgan.
Bir kuni dadam meni olib bankka bordi, bank rahbaridan kitobimni chiqarish uchun qarz so'raganlar, meni qo'llab-quvvatlash uchun. So'rov rad etilgan. Bankdan chiqayotganimda dadamning qo'llarini qattiq siqib, "boshqa yig'lamayman",- deganman.
Oradan 20 yil o'tib, kitobim chiqdi. Taqdirni qarangki, yillar o'tib men eng ko'p kitob nashr etiladigan tashkilotga rahbar etib tayinlandim."
©️Shuhrat Sattorov
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Saragosa va imperator Avgust
Bir qaraganda, Ispaniyadagi Saragosa shahri va Rim imperiyasi asoschisi Oktavian Avgust oʻrtasida bogʻliqlik topish mushkul. Biroq shahar tarixi bilan qiziqqan kishi ular bir-biriga chambarchas bogʻliq ekaniga amin boʻladi.
Saragosa shahriga miloddan oldingi 24-yilda rimliklar asos soladi va unga Colonia Caesaraugusta – Imperator Avgust koloniyasi deb nom beradi. Shahar arab xalifaligi tarkibida boʻlgan paytlarda Caesaraugusta nomi Sarakustaga aylanadi.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, Caesaraugusta iborasi caesar va augusta soʻzlaridan hosil boʻlgan. Birinchi qismdagi caesardan sezar soʻzi hosil boʻlgan. Oʻzbek tilida faol ishlatiladigan qaysar soʻzining ildizi ham shu soʻzga borib taqalishi haqida oldinroq yozgan edim.

👍13🔥1😱1
Bolalar, ayollar, qariyalar, begunoh odamlarni oʻldirib, uyini buzib, vatanidan ayirib kelayotgan Isroilni yoqlayotgan va oqlayotganlar adolat-u vijdondan mosuvo, shu ishga qalban sherik odamlardir. Kim boʻlishidan qatʼi nazar.
#Kundalikdan
@oriftolib
#Kundalikdan
@oriftolib
💯74😢25👍13🔥2🤨1
Mavrikiy – koʻp ism koʻrgan orol
Mavrikiy – Janubi-sharqiy Afrikadagi orol-davlat. Hind okeanining janubi-gʻarbiy qismida, Madagaskardan taxminan 900 kilometr sharqda joylashgan. Boyligi boʻyicha Afrikada ikkinchi, inson rivoji indeksi boʻyicha esa eng yuqori oʻrinda.
Mamlakat nomini oʻzining eng katta oroli nomidan olgan. Orol X asr arab sayyohlarining esdaliklarida Dina arobi – Kumush orol nomi bilan tilga olinadi.
Kimsasiz bu orolga XVI asrda portugal dengizchilari qadam qoʻyadi va uni kemalaridan birining nomi bilan Sishna, yaʼni oqqush deb ataydi. 1598-yili orolni hollandlar egallaydi va Niderlandiya shahzodasi Mauris Oranj sharafiga Mauritius deb nomlaydi.
1715-yili orol Fransiya qoʻl ostiga oʻtadi va fransuzlar unga Il de Frans – Fransiya oroli deb ot qoʻyadi. 1810-yili orolni buyuk britaniyaliklar bosib olgach, unga Mauritius nomini qaytaradi.
Ha, orol tarixda koʻp nomlarni koʻrgan. Bir qaraganda arabchaga oʻxshab koʻrinadigan Mavrikiy nomi esa holland qiroli ismining lotincha ifodasidan hosil boʻlgan.

👍24
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
“Galaktikada bir kun”ni oʻqirkanman, oʻquvchilarimga bu asarni oʻqitayotganim toʻgʻri ekaniga yana bir bor amin boʻldim.
Bolalar koʻproq shunday asarlarni oʻqishi kerak, bu ilmga, ixtirolarga qiziqish uygʻotadi, yoʻl ochadi.
Masalan, 1985-yillarda chiqqan kino – “Kelajakka qaytib”da oʻsha zamon uchun begona va faqatgina xayoliy boʻlgan ixtirolarning koʻpi hozir yaratildi. Oʻylaymanki, ularning yaratilishida filmning roli katta. “Galaktikada bir kun” ham shunday ilhombaxsh asarlardan biri deb oʻylayman.
Asarni oʻqish davomida bir nechta “Zakovat”bop savollar tuzib qoʻydim. Muallifni maktabga chorlab, oʻsha kuni maktabda katta musobaqa uyushtirsakmi, deb oʻylayapman. Birinchi shart maʼlum – asar asosida “Zakovat” oʻyini. 2-shart rasmlar asosida asar voqeasini topish, 3-shart ixtirolar tanlovi (oʻquvchilar oʻz ixtirolarining taqdimotini qilishadi, yasashmasa ham loyihasi), 4-shart muallifning savollari.
Bular hozircha oʻylar, yanada pishitish kerak boʻlgan oʻrinlari bor, ammo umumiy konsepsiya aniq.
@birgap

👍45
Karnaychidan bir puf ))
Shunaqa maqol bor, eshitganmisiz? Bu ish siz uchun hech gap emas, bu ishni osongina uddalay olasiz, bu ishga bir ogʻiz soʻzingiz kifoya kabi maʼnolarga ega. Sahifa obunachilarining 271 tasi premium obunaga ega ekan. Kanalning rang-roʻyini ozroq oʻzgartiraman desam, shunaqa premiumi bor “kotta bollar” ovoz bervorsin degan yozuv chiqyapti. Tinib-tinchimagan Pavelboy Durov nimalarni oʻylab topadi-ya, vey.
Shunga bir qarashvormasalaring boʻlmaydi. Oldindan quyuq rahmat.
Havola budur:
👉 https://t.iss.one/oriftolib?boost

👍23🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek tiliga hurmatni oʻzimiz shakllantiramiz
Tilga hurmat oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmaydi, uni avvalo shu til egalari shakllantirishi kerak. Ayniqsa el koʻz oʻngida boʻladiganlar.
Ijtimoiy tarmoqlarda Korzinka doʻkonlar tarmogʻi egasi Zafar Hoshimov boshlovchiga tadbirni oʻzbek tilida olib borish haqida koʻrsatma bergani videosi aylanyapti. Koʻrib, xursand boʻldim.
Korzinkachilar xarid cheklarini ham toʻliq oʻzbekchalashtirganini eʼtirof etib oʻtishim kerak. Bu oʻzi tabiiy holat boʻlishi zarur. Lekin koʻplab brendlar, kompaniyalar oʻzbek tiliga eʼtibor bermayotgan yoki yetarlicha eʼtibor bermayotgan bir paytda shu kichkina jihat ham kishini quvontiradi.
Yaqinda Korzinka marketing jamoasi til boʻyicha bir yigʻilishga taklif etdi. Unda marketing tili va imlosi bilan bogʻliq baʼzi masalalarga oydinlik kiritiladi. Bu ham tilga eʼtiborning bir belgisi, menimcha.

🔥59👍44
Qoyil va qoyilmaqom
Qoyil soʻzi oʻzbekchada zavqlanib yoki tan berib ofarin oʻqishga, tasanno aytishga arzirli; ofarin, tasanno maʼnolarini bildiradi:
Belim qisib, qovurgʻamni shishirding,
Doʻstim, sening zoʻrligingga qoyilman. (“Alpomish”)
Lekin u asliyatda zavq va tahsin maʼnosiga ega emas. Arabchada qoyil aytuvchi, soʻzlovchi, gapiruvchini yoki hikoya, naql qiluvchini bildiradi. Gapirayotgan yoki biror hikoyani soʻzlab berayotgan boʻlsangiz, demak, qoyilsiz.
Oʻzbekchada soʻzdagi maʼno gapiruvchiga emas, tinglovchiga koʻchgan. Agar qiziqarli, zavq beradigan gaplarni aytsangiz yoki biror ishingiz sabab hayratlantira olsangiz, siz emas, boshqalar qoyil boʻladi, qoyil qoladi.
Oʻzbekchada bu soʻz qatnashgan qoyil qilmoq, qoyil qoldirmoq, qoyil qolmoq, qoyil boʻlmoq, qoyillatmoq, qoyilmaqom kabi soʻz va iboralar ham bor.

👍22🔥1
Sulola nomi qanday yoziladi?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada sulola va davlat nomi imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/lO864jbQI6M

👍25
Mirishkorning ovi
Mirishkor soʻzi oʻz ishining tajribali, mohir ustasi; tajribakor, omilkor kabi maʼnolarga ega va asosan dehqonchilik bilan bogʻliq mazmunda ishlatiladi: mirishkor dehqon, mirishkor bogʻbon. Baʼzan boshqa kasb-hunar egalariga nisbatan ham qoʻllanadi:
Sulton boʻzchi... oʻz hunarining mirishkori hisoblanar edi. (A. Muxtor, “Opa-singillar”.)
Biroq dastlab bu soʻz dehqonchilik, bogʻbonchilik yoki boʻzchilikka umuman aloqador boʻlmagan. Arabcha mir – amir, boshliq va forscha shikor – ov soʻzlaridan yasalgan mirshikor ov boshligʻi, ovni boshqaruvchi, ovga mutasaddi kishi degan maʼnoni anglatgan. Xonlarning ov tashkil qiluvchi mulozimi – mirshikori boʻlgan. U xonning qoʻrigʻi, yaʼni ov xoʻjaligini boshqargan.
Vaqt oʻtib, mirshikor tovush oʻzgarishiga uchragan va mirishkorga aylangan. Bu oʻzgarish shaklgagina emas, maʼnoga ham taʼsir koʻrsatgan. Endi u ovga bogʻliq maʼnoda qoʻllanmaydigan boʻlgan.

👍14