👍26💯9😢8🔥7😁1
Qish lugʻati
Ayoz – bu soʻz turkiy tillarga oid. Odatda quruq sovuq, achchiq sovuq uchun ishlatiladi. Ildizi qadimgi turkiy tilda ham uchraydigan va ochiq koʻk yuzi, osmon maʼnolarini bildiradigan soʻzga borib taqaladi.
Ayoz, oʻtgan kuningni unutma,
Xom chorigʻingni quritma.
Buyugʻ (buyuq) – qattiq sovuq. Bu ot qadimgi turkiy tilda sovuqdan qotib oʻlib qolmoq maʼnosidagi bud feʼlidan yasalgan. Buyuq soʻzi shevalarimizda koʻp ishlatiladi. Fargʻonada, Qoʻqon atrofida bu soʻzni koʻp eshitganman. Odatda issiqroq havoda qavat-qavat qalin kiyinib olgan odamga eʼtiroz ohangida: “Namuncha qalin kiyinib olibsan? Buyugʻda qolganmisan?” deyiladi. Bud soʻzi Mahmud Qoshgʻariyning “Devon”ida uch oʻrinda keladi. Masalan, shunday misol berilgan: Er tumlugqa budti – Odam sovuqdan qotib qoldi va oʻldi.
Bulduruq – ayozli, sovuq kunlarda yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil boʻladigan mayda qattiq qor; qirov.
Izgʻirin – sovuqqa shiddat bilan yoʻnaluvchi shamol maʼnosida ishlatiladi. Bu ot izgʻir feliga -in qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Umuman olganda, sovuq shamol desa boʻladi.
Qahraton – juda ham shiddatli sovuq.
Qirov – sovuq havo natijasida paydo boʻlgan oppoq qorsimon zarralar. Bu soʻz “Devon”da kiragu shaklida uchraydi. Gʻ undoshining v ga oʻzgarishi natijasida soʻz qirovga aylangan.
Tuman – atmosferaning quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda suv zarralari. Qadimgi turkiy tilda ham bu soʻz xuddi shunday shaklda boʻlgan.
Tumov – burundan suv oqish kasalligi. Bu soʻz “Devon”da tumagu shaklida keladi. Gʻ undoshining v ga oʻzgarishi natijasida soʻz tumov ga aylangan (qadimgi turkiy tildagi buzagu – buzov kabi).
“Shevashunos”dan
@oriftolib

👍39💯1
Iliq soʻzlar – jonga malham
Qish-da,
Pasayadi goho harorat,
Tarnovlar toʻngʻiydi, muzlaydi hovuz.
Oramizga sovuq tushmasin faqat,
Qalbimizni faqat qoplamasin muz…
Iliq, samimiy soʻzlar koʻngillarimizga harorat beradi, mudroq tuygʻularimizni uygʻotadi. Sizlarga ajoyib shoir, qadrdon akam Nodir Jonuzoqning telegram sahifasini tavsiya qilaman. Bu yerda shoirning eng sara va yangi sheʼrlari, hayotiy va adabiy kuzatishlari berib boriladi. Oʻquvchilar oʻz fikr-mulohazalari va taassurotlarini @nodirxatlar_bot manzili orqali shoirga yoʻllashi ham mumkin.
Kiring, oʻqing, uqing.
Ulanish:
👉 @n_jonuzoq

👍38😢2😁1
👍21💯5😁3😢3
“Tiyrak” nima degani?
Shu soʻzning maʼnosini yanglish tushunish koʻp uchraydi. Baʼzilar uni yoshi ulugʻ, nuroniy mazmunida bilsa, boshqalar mulohazakor, teran fikrli anglamida fahmlaydi. Aslida-chi?
Tiyrak soʻzi oʻzbek tilida uch xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Bir yerda tinch turmaydigan, gʻayrati ichiga sigʻmaydigan; serharakat. Bu maʼnoda asosan bolalar va oʻsmirlarga nisbatan ishlatiladi:
Tiyrak bir bola armiyadan kecha qaytgan mezbonning yoniga oʻtirib, medalni havas bilan tomosha qila boshladi.
N. Safarov, “Toshga bitilgan xat”.
2️⃣ Bardam, tetik, baquvvat.
Saksonlardan oʻtgan, lekin tiyrak chol.
3️⃣ Ziyrak, hushyor.
Sochlari duv oqargan, ammo koʻz qarashlari tiyrak doktor opa har kuni Sherzoddan qandoq ovqatlanganini.. soʻraydi.
Oʻ. Hoshimov, “Nur borki, soya bor”.
Tiyrak tortmoq iborasi tetiklanmoq, jonlanmoq, kuch-quvvat olmoq maʼnosiga ega:
Baxmaldek yumshoq, chinni ovozidek jarangdor bu kulgidan allanechuk jonlanib, tiyrak tortadi.
N. Norqobilov, “Bekatdagi oq uycha”.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Dilgir” nima degani?
🔹 Siyqasi chiqdi: “siyqa” nima?
🔹 Ismi sharif: “sharif” nima?
🔹 Vallomat kim?
🔹 “Ayolgʻu” nima degani?

👍43💯5🔥2
Qay biri toʻgʻri?
Baʼzi bolalarning ... boʻsh boʻladi, shu sababli uyquda tagini hoʻllab qoʻyadi.

Anonymous Quiz
11%
Qavigʻi
16%
Qovigʻi
73%
Qovugʻi
💯48😁47👍9🔥4😱4😢3
Qay biri toʻgʻri?
Koʻrpaning ikki tomoniga oʻtkazib tikilgan choki, shunday chok bilan tikish – ...
Koʻrpaning ikki tomoniga oʻtkazib tikilgan choki, shunday chok bilan tikish – ...
Anonymous Quiz
59%
Koʻrpaqaviq
23%
Koʻrpaqoviq
18%
Koʻrpaqovuq
💯43👍21😁6😢1
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muharrir mehnati
Darslik tayyorlashning eng murakkab bosqichlaridan biri qo'lyozmalarni tahrir chigʻirigʻidan oʻtkazishdir.
Muharrir va musahhihning oʻtkir nigohi nafaqat matndagi imloviy xatolarga, balki matnning mazmuni, rasmlarning topshiriqqa mosligi kabi qator masalalarga ham qaratiladi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

👍48😱2
Qay biri toʻgʻri?
Boshqalardan oʻzini baland tutib, kibr bilan yuradigan, kekkaygan, kibrli – ...
Boshqalardan oʻzini baland tutib, kibr bilan yuradigan, kekkaygan, kibrli – ...
Anonymous Quiz
13%
Dimoqdor
75%
Dimogʻdor
12%
Ikkovi ham toʻgʻri.
💯47👍8🔥6😁3😢2🤨2
💯28👍8😱6😁5
Bu bola onasidek tuygʻun ekan.
Jumladagi “tuygʻun” soʻzi qanday maʼno anglatadi?
Jumladagi “tuygʻun” soʻzi qanday maʼno anglatadi?
Anonymous Quiz
29%
Tez hayajonlanadigan, xavotirga beriladigan
23%
Yigʻloqi, koʻngli boʻsh
49%
Tez fahmlaydigan, sezgir
👍62😁4😢1
Sheʼriy lahza
Oʻshangacha...
Alloh Oʻzi asrasin sizni,
Oʻzni nafsga otib yubormang!
Jannatdagi zoʻr oʻrningizni
Jahannamga sotib yubormang!
Nafs qutqusi boshlarga balo,
Iymonsotar boʻlmang hech qachon.
Agar shunday boʻlsa mabodo,
Savdogarsiz judayam yomon.
Bunday xato savdo bu boshga
Turli-tuman savdolar solgay.
Ahmoq boshni urgancha toshga,
Attang, attang, attanglab qolgay.
Foyda bermas soʻnggi pushaymon,
Armongamas, iymonga toʻling!
Mangu qolay desangiz omon,
Siz jannatga xaridor boʻling!
Shayton ogʻir koʻrsatar, lekin
Yengilxarid, goʻyo parsiz siz.
Masjid bepul, ibodat tekin,
Eng omadli savdogarsiz siz!
Jon omonat – uzilgudek barg,
Bir kun tuproq boʻlgusidir tan.
Oʻshangacha omad etmay tark,
Savdongizni bersin Yaratgan!
Botirjon Ergashev
@oriftolib
Oʻshangacha...
Alloh Oʻzi asrasin sizni,
Oʻzni nafsga otib yubormang!
Jannatdagi zoʻr oʻrningizni
Jahannamga sotib yubormang!
Nafs qutqusi boshlarga balo,
Iymonsotar boʻlmang hech qachon.
Agar shunday boʻlsa mabodo,
Savdogarsiz judayam yomon.
Bunday xato savdo bu boshga
Turli-tuman savdolar solgay.
Ahmoq boshni urgancha toshga,
Attang, attang, attanglab qolgay.
Foyda bermas soʻnggi pushaymon,
Armongamas, iymonga toʻling!
Mangu qolay desangiz omon,
Siz jannatga xaridor boʻling!
Shayton ogʻir koʻrsatar, lekin
Yengilxarid, goʻyo parsiz siz.
Masjid bepul, ibodat tekin,
Eng omadli savdogarsiz siz!
Jon omonat – uzilgudek barg,
Bir kun tuproq boʻlgusidir tan.
Oʻshangacha omad etmay tark,
Savdongizni bersin Yaratgan!
Botirjon Ergashev
@oriftolib
🔥38👍29😢3💯3
👍33💯12😢2
Bu qaysi soʻz?
Bu soʻz asliyatda oʻy-xayol, jon, istak, farosat, qalb kabi maʼnolarni anglatadi. Lekin oʻzbekchada maʼnosi oʻzgarib ketgan. Bu soʻzning birlik shakli esa oʻzbekchaga asliyatdagi maʼnoga yaqin shaklda oʻtgan. Biz uni yod, xayol, fikr, miya, andisha kabi maʼnolarda qoʻllaymiz.
Xotirjam, shoshmay oʻylab koʻring va javob bering: gap qaysi soʻz haqida?

👍30🔥6💯2😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
49%
“Hozir uvullavoraman!” dedi boʻri.
51%
“Hozir uvillavoraman!” dedi boʻri.
👍35😁25🔥9😢6💯4
Suv, choy qaynatiladigan metall idish, qumgʻon – ...
Anonymous Quiz
58%
Choyidish
22%
Choydish
19%
Chovdish
👍36😁17🤨8💯7😱1
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda oʻy-xayol, jon, istak, farosat, qalb kabi maʼnolarni anglatadi. Lekin oʻzbekchada maʼnosi oʻzgarib ketgan. Bu soʻzning birlik shakli esa oʻzbekchaga asliyatdagi maʼnoga yaqin shaklda oʻtgan. Biz uni yod, xayol, fikr, miya…
Xotir va xavotir
Gap xavotir soʻzi haqida edi. Xavotir soʻzi arab tilidan olingan, xotir soʻzining koʻplik shakli. U asliyatda oʻy-xayol, jon, istak, farosat, qalb kabi maʼnolarni anglatadi. Lekin oʻzbekchada tamom boshqacha mazmunni olgan. Bu soʻz biror kimsa, narsa yoki biror ish, hodisa haqida tashvishlanish, hadiksirashni anglatadi:
Haydar boshini koʻtardi, Kozimga xavotir aralash sinchkov boqdi.
E. Usmonov, “Yolqin”.
Tilimizda xavotir boʻlmoq, xavotir olmoq, xavotir qilmoq, xavotirga tushmoq, xavotirga solmoq kabi iboralar bor. Bu iboralar tarkibida ham xavotir tashvishlanish, hadiksirash mazmunini tashiydi.
Xavotirning birligi xotir esa asliyatda oʻy, fikr; gʻoya; aql, farosat; qalb; istak kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida asliyatdagi maʼnoga uyqash uch xil mazmunda qoʻllanadi:
1️⃣ Esda saqlash, eslab qolish, esga tushirish qobiliyati; es, yod; xayol.
2️⃣ Oʻylash, fikrlash qobiliyati; fikr; miya.
3️⃣ Biror kimsa uchun qilinadigan hurmat; yuz-xotir, andisha.
Bu soʻz yod, es maʼnosida xotirga kelmoq, xotirda tutmoq, xotirdan kechmoq, xotirdan koʻtarilmoq, xotirdan chiqmoq iboralari tarkibida qoʻllanadi.
Xotir soʻzidan yasalgan xotirjam xavotirga teskari maʼnoga ega: betashvish, osoyishta. Baʼzan shunaqa. Bir oʻzakdan ikki xil maʼno paydo boʻlishi ham mumkin.

🔥21👍15😱2
U juda odamovi.
Jumladagi “odamovi” soʻzi qanday maʼnoni anglatadi?
Jumladagi “odamovi” soʻzi qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
87%
El-xalqqa aralashmaydigan
10%
Odamning koʻnglini olishni biladigan
2%
Ovga ishqiboz, ovga qiziqadigan
😁58👍21💯14😱5🔥4
👍39💯18😁11😢4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
55%
Toʻrtalasi ham shu fikrda ekan.
45%
Toʻrttalasi ham shu fikrda ekan.
😱30👍27🔥10💯10🤨10😁1