Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
38%
U boburiylar sulolasi vakili edi.
62%
U Boburiylar sulolasi vakili edi.
🤨31👍23🔥7😢7💯7😁4
“Qaydam, tarbiyaga bogʻliq”, dedi. (H. Nazir, “Soʻnmas chaqmoqlar”.)
Jumladagi “qaydam” soʻzi nima maʼnoni anglatadi?
Jumladagi “qaydam” soʻzi nima maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
13%
Qachondir
16%
Unday emas
72%
Bilmadim
💯43👍11🤨11😁1
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
2022-yilda farzandingiz nechta badiiy kitob o’qidi?
Anonymous Poll
28%
10 tadan ortiq 😇
15%
5 tadan ortiq 🥳
9%
3 ta 🤩
8%
2 ta 😊
9%
1 ta 🙃
18%
0 ta 🤕
13%
Afsus, e’tibor qilmadim 😢
👍35🤨2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
17%
Surʼatni tez surʼatda chizdi.
69%
Suratni tez surʼatda chizdi.
14%
Suratni tez suratda chizdi.
👍38💯19😢4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
34%
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
46%
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
20%
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining farmoni
👍37🤨16💯8😱3😢2
Qay biri toʻgʻri?
Quloqsiz bolalar! Hammayoqni ... qilibsizlar-ku!
Quloqsiz bolalar! Hammayoqni ... qilibsizlar-ku!
Anonymous Quiz
45%
Oyoqosti
35%
Oyogʻosti
21%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍29😢4😱3
Oʻzbek tili tilshunosi qidirilyapti
Tahrirchi degan loyiha haqida eshitgan boʻlsalaring kerak. Shu loyihaga maslahatlar bilan yordam berib turibman. Hozir imloni tekshiradigan kengaytma ustida ish ketyapti. Bu bosqichda morfologiya va sintaksisni, soʻzning asos va qoʻshimchalarini suv qilib ichib yuborgan mutaxassisga ehtiyoj bor. Hatto talaba boʻlsa ham mayli, kutganimizday ishlay olsa boʻldi, deyishyapti.
Aytilgan talablarga javob beraman, shartlari meni qoniqtiradi, degan kishi oʻzini sinab koʻrishi mumkin. Loyiha rahbarining aytishicha, sinov vazifasi bor, imtihon qilib, soʻng ish beriladi.
Ish haqida
Tahrirchining imlo tekshiruviga tilshunos sifatida hissa qoʻshish.
Masʼuliyatlar
🔹 Vazifa talablari, tavsifini oʻqish va amal qilish.
🔹 Lugʻatni morfologik tahlil qoidalari va teglari boʻyicha tasniflash.
🔹 Oʻzbek tilidagi korpusni har xil maqsadlarga qarab annotatsiya qilish.
Talablar
🔹 Tilshunoslik yoki boshqa tegishli sohada bakalavr yoki magistr darajasi.
🔹 Oʻzbek tili va grammatikasini mukammal bilish.
🔹 Kompyuter bilan ishlash qobiliyati.
Bonus
🔹 Data Science yoki dasturlashga oid bilimlar.
Ish tartibi
Masofaviy.
Maosh
400–500$
Bogʻlanish
👉 @saidov
@oriftolib

👍33
Ogʻir lashkar elga yaqin keldimi,
Oʻzima bir podsho xasm boʻldimi? (“Yusuf va Ahmad”.)
Yuqoridagi baytda qoʻllangan “xasm” soʻzi nima maʼnoni anglatadi?
Oʻzima bir podsho xasm boʻldimi? (“Yusuf va Ahmad”.)
Yuqoridagi baytda qoʻllangan “xasm” soʻzi nima maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
17%
Doʻst, qadrdon
41%
Yoʻldosh, hamroh
42%
Dushman, raqib
👍37😢24💯6😱2🤨2
Hukmdor qanchalik oqil va odil boʻlsa, raiyat, ulamo, fuzalo ham haqgoʻylikka yuz tutgay. (M. Mahmudov, “Mangu kuy izlab”.)
Jumlada qoʻllangan “raiyat” soʻzining maʼnosi nima?
Jumlada qoʻllangan “raiyat” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
60%
Xalq, fuqarolar
34%
Amaldorlar, arkoni davlat
7%
Boylar, zodagonlar
💯26👍21😢7
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
14%
Loyihaga ishchi yonladi.
68%
Loyihaga ishchi yolladi.
18%
Ikkovi ham toʻgʻri.
💯32👍11😢1
Ilvasin nima?
Ilvasin soʻzini yirtqich yoki sudralib yuruvchi hayvon maʼnosida tushunish koʻp uchraydi. Lekin bu xato, u goʻshti uchun ovlangan yoki ovlanadigan yovvoyi parrandalarni anglatadi:
Ilvasindan oʻzbek pazandaligida bedana, kaklik, tustovuq juda noyob masalliq tarzida ishlatiladi.
K. Mahmudov, “Oʻzbek tansiq taomlari”.
Soʻzning maʼnosini yaxshiroq tushunish uchun boshqa bir jumlani koʻrib chiqamiz:
Qirgʻiy – ilvasinga solinadigan qush.
Bu gapda qirgʻiy ov qushi ekani, u ovlanadigan qushlarni tutish uchun ishlatilishi aytilyapti. Demak, ilvasin qush maʼnosida.

👍34🔥4😱1💯1
Shirinni bogʻladi togʻning toshiga,
Gʻajir ega boʻlar, dedi, loshiga. (“Shirin va Shakar”.)
Misrada qoʻllangan “gʻajir” soʻzi nimani anglatadi?
Gʻajir ega boʻlar, dedi, loshiga. (“Shirin va Shakar”.)
Misrada qoʻllangan “gʻajir” soʻzi nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
28%
Dushman, yogʻiy
27%
Sher, qoplon
45%
Yirtqich qush
👍26😢8🔥6💯6😱3
Orif Tolib
Shirinni bogʻladi togʻning toshiga,
Gʻajir ega boʻlar, dedi, loshiga. (“Shirin va Shakar”.)
Misrada qoʻllangan “gʻajir” soʻzi nimani anglatadi?
Gʻajir ega boʻlar, dedi, loshiga. (“Shirin va Shakar”.)
Misrada qoʻllangan “gʻajir” soʻzi nimani anglatadi?
Yuqoridagi misrada qoʻllangan “losh” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
69%
Jonsiz gavda
21%
Boylik, mol-dunyo
10%
Kiyim-kechak
💯31👍14😱6🔥3😢1
Arlon nima?
Bu soʻz badiiy adabiyotda uchrab turadi. Uni erkak ot, zotdor tuya maʼnosida yanglish tushunish holatlari bor. Aslida arlon boʻri yoki itning erkagini bildiradi. Afsuski, bu soʻz izohli lugʻatga kiritilmagan. Milliy ensiklopediyada esa it haqidagi maqolada uning erkagi arlon deyilishi eslatib oʻtilgan.
Badiiy asarlardan misollar:
Daydigan arlon boʻrilarni oʻn chaqirimlab uzoq yerlardan maraz hidiga chaqiradigan oʻsha yebtoʻymas yuho boʻrining isiga Akbara sira toqat qilolmadi.
Chingiz Aytmatov, “Qiyomat”.
Agar u arlon boʻrini tasodifan ilgʻamaganida, jondor bolasini qoʻlga kiritmoq oʻzi oʻylaganchalik oson emasligini fahmlab, bu niyatidan qaytgan boʻlarmidi?
Normurod Norqobilov, “Ena boʻri”.

👍36
👍43😢9💯3😁2
Azza-bazza
Bu soʻz asosan badiiy va publitsistik asarlarda uchraydi, soʻzlashuv tilida qoʻllanadi. Uning maʼnosini baʼzan yanglish tushunamiz. Azza-bazza oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Koʻngil amri bilan, ataylab, maxsus.
Ha, shunday yomgʻirda azza-bazza uzoqdan kelgan kishining bir niyati boʻlishi kerak.
Mirmuhsin, “Umid”.
2️⃣ Rostakamiga, astoydil.
– Oʻttiz yillik xotiningizga rahmingiz kelmaydimi? – Bonu endi azza-bazza yigʻiga tushdi.
H. Gʻulom, “Mashʼal”.
Bu soʻzni azza-bazza tushuntirdim 😉.

👍60😁14
Qay biri toʻgʻri?
U ogʻir vazifani uddalashga ... boʻldi.
U ogʻir vazifani uddalashga ... boʻldi.
Anonymous Quiz
22%
Muvofiq
72%
Muvaffaq
7%
Muvofaq
👍44💯15🔥5
👍48🔥6💯6😢1
Taniqli matematik Shuhrat Ismoilov vafot etdi
Oʻzbekistondagi koʻplab matematiklarning ustozi, qator darsliklar muallifi Shuhrat Ismoilov vafot etdi.
Xalqaro toifadagi ekspert Shuhrat Ismoilov matematika olimpiadalarida Oʻzbekiston oʻquvchilari terma jamoasiga rahbarlik qilgan. Bu jamoa turli yillarda mamlakatimizga koʻplab medallar olib kelgan.
Shuhrat aka bilan Khan Academy Oʻzbek, STesting loyihalarida, matematika darsliklarini tayyorlashda birga ishlagan edik. Chet tillarini ham, oʻzbek tilini ham puxta biladigan, tanqidga ochiq, toʻgʻri fikr va taklifni hatto oʻziga qarshi boʻlsa ham qabul qila oladigan, halim kishi edi. Oʻzbek matematikasi, pedagogikasi katta bir mutaxassisdan ayrildi.
Alloh rahmat qilsin, ilm-fan yoʻlidagi xolis xizmatlariga ajr-u mukofotlarni koʻpaytirib bersin. Yaqinlariga sabr tilayman.

😢91👍24😱2
-ov (-yov): chiziqcha kerak emas
-ov (-yov) yuklamasini yozishda xatoga koʻp yoʻl qoʻyiladi. Aslida bu muammoli yoki chalkash holat emas. Imlo qoidalarining “Chiziqcha bilan yozish” boʻlimida tartibi ochiq-oydin koʻrsatib qoʻyilgan:
❗️ -ov (-yov) yuklamasi oʻzidan oldin kelgan soʻzga qoʻshib yoziladi: koʻrganov, koʻrdiyov kabi.
E, boʻtam, oʻqishga oʻqiganman, ammo bunga sakson yillarcha boʻldiyov.
X. Toʻxtaboyev, “Shirin qovunlar mamlakati”.
Har ikki tomonning ishini koʻrgan odam muqarrar: “Bular kim tez qazirga oʻynashganov!” deb oʻylaydi.
M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”.
📌 Demak:
Borganov, kelganov, boʻldiyov, qoldiyov ✅
Borgan-ov, kelgan-ov, boʻldi-yov, qoldi-yov ❌

👍50💯5😱4