Choshgoh qaysi vaqtni anglatadi?
Anonymous Quiz
41%
Kun koʻtarilib qolgan vaqt
40%
Peshin va asr orasi
19%
Kunbotar, shom payti
💯27😁7😱5👍4🔥4😢1🤨1
💯20🔥6🤨4😱3👍1
Bu qaysi soʻz?
Bu soʻz asliyatda soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida kamon otish mazmuni yoʻqolgan. Lekin qadimda bu kasb egalari uchun kamon otish ham muhim boʻlgan. Ular koʻpincha usta jangchi boʻlgan.
Gap kim haqida? Yuqorida qaysi soʻz taʼriflanyapti?
Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.
@oriftolib

👍28
Koreya Respublikasining norasmiy nomi – ...
Anonymous Quiz
24%
Shimoliy Koreya
45%
Janubiy Koreya
31%
Bu davlat hozir mavjud emas.
👍24😢8🔥5😱2💯2🤨2
Qay biri toʻgʻri?
Chiroq yana oʻchdi. Hamma yoq ...
Chiroq yana oʻchdi. Hamma yoq ...
Anonymous Quiz
6%
Qarongʻu
65%
Qorongʻu
29%
Qorongʻi
💯28😢20👍14😁14🔥6🤨4
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida kamon otish mazmuni yoʻqolgan. Lekin qadimda bu kasb egalari uchun kamon otish ham muhim boʻlgan. Ular koʻpincha usta jangchi boʻlgan. Gap kim haqida? Yuqorida…
Chavandoz
Gap chavandoz soʻzi haqida edi. Forschada chapandoz shaklida boʻlgan va chap qoʻl bilan oʻq otuvchi; chapdast; mohir maʼnolarini ifodalagan bu soʻz oʻzbekchaga chavandoz shaklida kirgan. U oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Ot choptirish, uloq chopish, otda oʻynash sanʼatini egallagan odam.
Ikki chavandoz yonma-yon ot yoʻrttirib kelardi.
H. Gʻulom, Mashʼal.
2️⃣ Koʻchma maʼnoda: ilgʻor, peshqadam.
Ilm-fan yoʻlida mohir chavandoz boʻlavering, kashfiyotlaringiz shuhrat-u shon topaversin.
Gazetadan.
Hozir koʻchma maʼnoda qoʻllash kam uchraydi.

👍32🤨5
... daraxtining egilgani – singani,
Er yigitning uyalgani – oʻlgani.
Maqolda qaysi soʻz tushib qolgan?
Er yigitning uyalgani – oʻlgani.
Maqolda qaysi soʻz tushib qolgan?
Anonymous Quiz
31%
Terak
35%
Eman
35%
Sarv
👍25💯22🔥5😢3
Egniga engil bitmagan shoʻrpeshona, toʻpori, qashshoq dehqon... (Komil Yashin, “Hamza”)
Yuqoridagi jumlada qoʻllangan “engil” soʻzining maʼnosi nima?
Yuqoridagi jumlada qoʻllangan “engil” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
25%
Yengil bosh kiyim, doʻppi
52%
Kiyim, libos
23%
Kuyovlik sarposi
👍26🤨11💯7😢5😱4🔥2
Quyidagi soʻzlarning qaysi bori aslan ruscha?
Anonymous Quiz
41%
Adyol
15%
Qirol
25%
Sistema
19%
Variant
👍20💯14🤨3😢2😱1
Qay biri toʻgʻri?
Izgʻirin sovuqlarda mana shu kurtkasi ...
Izgʻirin sovuqlarda mana shu kurtkasi ...
Anonymous Quiz
81%
Joniga oro kirdi.
19%
Joniga ora kirdi.
🤨27🔥20💯14👍8😱7
Oʻz koʻmochiga kul tortmoq: “koʻmoch” nima?
Bu iboraga badiiy asarlarda, baʼzan soʻzlashuvda duch kelamiz. U oʻz manfaati uchun ishlamoq; oʻziga oʻzi qaygʻurmoq mazmunini anglatadi:
Har kim oʻz koʻmochiga kul tortar.
Maqol.
Iborada qoʻllangan koʻmoch soʻzi issiq kulga koʻmib pishiriladigan nonni bildiradi:
Sizni bir oz mazaliroq non bilan mehmon qilmoqchi boʻlib, koʻmoch xamiriga bir kosa sut qoʻshdim.
S. Ayniy, “Qullar”.
❗️ Koʻmoch soʻzi koʻmach shakliga ham ega:
Har kim oʻz koʻmachiga oʻzi kul tortadigan... bir zamonda inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan ogʻir kulfat yoʻq.
P. Tursun, “Oʻqituvchi”.
Lekin tilda koʻproq koʻmoch varianti ishlatiladi.
📷 Suratda taygaliklar koʻmochi.

👍27🔥6
Qalb qozoni qaynamas, qaynasa ham quyulmas.
Ushbu maqoldagi “qalb” soʻzining maʼnosi nima?
Ushbu maqoldagi “qalb” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
33%
Nopok, qallob
56%
Yurak, koʻngil
12%
Nosoz, butun emas
👍16💯10🤨9😢5🔥3😁2😱2
Qay biri toʻgʻri?
Tinch turgan qayiq birdan ...
Tinch turgan qayiq birdan ...
Anonymous Quiz
21%
Qalqdi
58%
Qalqidi
21%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤨28🔥16👍10💯9😢5
💯27👍8🔥4🤨3😁1
“Katta yettilik”, “Katta yigirmatalik” – aslida xato
Ommaviy axborot vositalarida tez-tez uchraydigan Katta yettilik, Katta yigirmatalik iboralari aslida xato. Bu yanglishishning ildizi 1990-yillarga borib taqaladi. Rus publitsistlari oʻsha paytlarda inglizcha G7 qisqartmasini Большая семёрка – Katta yettilik deb oʻgirgan. Ibora ilk bor “Коммерсантъ-Власть” jurnalining 1991-yil 21-yanvar sonida “Boltiqboʻyi Gorbachyovga 16 milliard dollarga tushdi. Kamida” maqolasida ishlatilgan. Jurnalist G7 ni Great Seven – Katta yettilik deb oʻylagan. Aslida u Group of Seven – Yettilik guruhi iborasining qisqartmasi edi. Shunday qilib, bu xato keng yoyilgan va G8, G20 kabi birlashmalarga nisbatan ham qoʻllana boshlagan.
Odatda asliyatdan emas, rus tili vositasida tarjima qiladigan, koʻpincha ruscha manbalarga asoslanadigan matbuotimiz bunda ham ergashish yoʻlidan borgan va yuqoridagi kabi atamalarni Katta yettilik, Katta sakkizlik, Katta yigirmatalik deb qoʻllayvergan. Biroq hozir OAV bu iboralarni asliga mos shaklda ham ishlatyapti.
Milliy ensiklopediyaga G7, G8, G20 birlashmalari haqida maʼlumot kiritilmagan ekan. Faqat bir maqola ichida Kuchli yettilik iborasi uchradi.
❓ Siz qanday fikrdasiz? Yuqoridagi qisqartmalar kengaytmasini oʻzbek tilida asliga mos Yettilik guruhi, Sakkizlik guruhi, Yigirmatalik guruhi shaklida berish kerakmi yoki odatlanilgan tarzda qoʻllayvergan maʼqulmi?

👍42🔥13😁5
Qay biri toʻgʻri?
Oʻrmon yongʻinlari oqibatida 1000 dan ortiq hayvon ...
Oʻrmon yongʻinlari oqibatida 1000 dan ortiq hayvon ...
Anonymous Quiz
8%
Vafot etdi
89%
Nobud boʻldi
3%
Olamdan oʻtdi
👍34😁14💯13🔥3
Vikipediyachilardan xushxabar: oʻzbekcha maqolalar koʻp oʻqilyapti
Yoshlar ishlari agentligi yarim yildan koʻproq vaqt davomida "WikiStipendiya" marafonini oʻtkazdi. Ana shu tadbir tufayli internet ensiklopediyadagi oʻzbekcha maqolalar soni keskin ortdi. Shu oy boshidagi hisob-kitoblarga koʻra, platformadagi oʻzbekcha materiallar 213 000 dan oshgan. Bu borada oʻzbek tili dunyo tillari orasida 50-oʻringa koʻtarilgan.
❗️ Bugun esa boshqa bir xushxabar eʼlon qilindi: Oʻzbekiston ichida oʻzbekcha Vikipediya koʻrishlar soni boʻyicha ruscha Vikipediyadan oʻzib ketdi! Yurtimizda 2022-yilning noyabr oyida rus tilida 11,1 million sahifa koʻrilgan boʻlsa, oʻzbekchada 11,4 million sahifa oʻqilgan!
Aytishlaricha, Markaziy Osiyoda mahalliy tilda maʼlumot koʻrish ruscha Vikipediyada oʻqishdan oʻzib ketishi birinchi marta kuzatilyapti ekan.
🤝 Internetda milliy kontentni boyitish, oʻzbek tili nufuzini oshirish, oʻzbek tilli oʻquvchilarga bilim ulashishga hissa qoʻshayotgan barcha vikipediyachilarga rahmat.

👍81🔥26😁4🤨2
💯26👍13🤨9🔥8😢6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
7%
Toʻgʻri yozish mavzuyida gaplashamiz.
6%
Toʻgʻri yozish mavzuida gaplashamiz.
86%
Toʻgʻri yozish mavzusida gaplashamiz.
💯49👍20🔥9😢5😁1😱1