Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
@oriftolib sahifasi lotin yozuviga oʻtyapti

Yaqinda vazirlik maqomidagi katta bir tashkilot oʻzbekchasi zoʻr boʻlgan xodim topishda yordam soʻradi. Toʻgʻri, chet tilini bilishi kerak, lekin buning oʻzi yetarli emas. Oʻzbek tilida ravon yoza olishi, inglizcha va ruscha matnlarni oʻzbek tili tabiatiga mos tarzda oʻgira olishi zarur. Oylik maoshi 10 million soʻmdan yuqori, yaxshigina ragʻbatlantirish va imtiyozlar ham vaʼda qilishdi. Afsus, bunday mutaxassis topa olmadim. Men bilganlar allaqachon ishini topib boʻlgan, uncha-muncha daʼvogarlar esa qoʻyilgan talablarga javob bera olmas edi. Katta dargohlarni odatda ish oʻrganuvchilar qiziqtirmaydi, ularga tayyor xodim kerak.

Bugun davlat tashkilotlarida ham, xususiy tashkilotlarda ham savodli kadrlarga talab yuqori. Bunga oʻz tajribamda koʻp guvoh boʻlganman.

Ayni shu yoʻnalishda Yoshlar ishlari agentligi bilan yangi loyiha boshlayapmiz. Maqsad – yoshlarning savodxonligini oshirish, davlat tilida ish yuritish va oʻzbek tilidan amalda foydalana olish koʻnikmalarini rivojlantirish.

Yoshlar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida savod chiqargan. Hozir juda koʻp tashkilotlarda allaqachon shu yozuvda ish yuritilyapti. Bu va boshqa jihatlarni hisobga olib, endi barcha materiallar lotin alifbosida taqdim etiladi. Eski materiallar ham navbat bilan lotin yozuviga toʻliq oʻgiriladi. Kiril ixlosmandlari kanalning ikkilamchi talqini – @oriftolibuz’dan foydalanishlari mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting. Oldinda sizni juda koʻp yangiliklar, syurprizlar kutyapti. Ular bilan yoʻl-yoʻlakay tanishib borasiz.

@oriftolib
👍25🔥8😢3🤔1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
91%
Kitob muqovasi
9%
Kitob muqavasi
👍31🔥3😢2
Shu sababli: vergul kerakmi yo yoʻq?

Matnlarda, ayniqsa, tarjimalarda koʻp uchraydigan xatolardan biri shu sababli, shu bois, shuning uchun soʻzlaridan soʻng vergul qoʻyishdir. Ushbu bogʻlovchilar oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi. Ikki jumlani bogʻlab kelganda esa ulardan oldin vergul qoʻyish kerak:

Shu sababli bu mavzuga toʻxtaldim.

Bu xato koʻp uchraydi, shu sababli bu mavzuga toʻxtaldim.


Baʼzan qoʻshma gap ikkiga boʻlinadi va birinchi gapidan soʻng nuqta qoʻyiladi. Bunday hollarda hech qanday vergul kerak emas:

Bu xato koʻp uchraydi. Shu sababli bu mavzuga toʻxtaldim.

Yuqoridagi misollarda shu bois, shuning uchun soʻzlarini ishlatsak ham, tinish belgilari shu holicha qoladi.

📌 Demak:

Shu bois yetti oʻlchab, bir kesish kerak.
Shu bois, yetti oʻlchab, bir kesish kerak.

@oriftolib
👍23
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
57%
Zaxira
43%
Zahira
👍18😱7🔥6🤔1
Kardigan

Odatda yoqasiz, boʻyi uzun, choʻntakli kamzul. Oʻzbek tili lugʻatlariga kirmagan bu soʻz jonli tilda faol ishlatiladi. Uning kelib chiqishini ingliz generali Jeyms Bradnell Kardigan (1797–1868) nomi bilan bogʻlashadi.

Yoqasi xuddi yaktaknikiga oʻxshash baliqchilar kiyimi olis XI asrda ham boʻlgan. Deyarli sakkiz asr davomida uni oddiy fransuzlar va britaniyaliklar kiygan. Biroq XIX asrga kelib u hozirgi nomi bilan atala boshlagan. Did bilan kiyinishni xush koʻradigan qoʻmondon Jeyms Kardigan bu kiyimni kiyishni oʻz qoʻshinida ommalashtiradi. Issiq tutadigan, mundir ostidan deyarli koʻrinmaydigan, formani “buzib” qoʻymaydigan ushbu kamzulga askarlar general Kardigan nomini beradi. Shunday qilib, bu soʻz 1868-yildan isteʼmolga kiradi.

Keyinchalik kardiganning turli fasonlari ishlab chiqiladi va u butun dunyoda shuhrat qozonadi.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍26
Bitta soʻzga aylansa, qoʻshib yoziladi

Arab tilidagi al- artikli qatnashgan birikmalar imlosi haqida oldinroq toʻxtalgan edim. Ularning ikki xil imlosi qabul qilingan:

“Hayratul abror”, “Asosul balogʻa”, “Lisonut tayr”
“Hayrat ul-abror”, “Asos ul-balogʻa”, “Lison ut-tayr”

❗️ Lekin arabcha izofalar oʻzbek tilida bitta soʻz sifatida qoʻllansa, ular hech bir chiziqchasiz, qoʻshib yoziladi: dorilfunun, dorilamon, dorulfano, shayxulislom, laylatulqadr, Abdulaziz, Nuriddin.

📌 Demak:

Dasturilamal, shayxulislom

Dasturil-amal, dasturil amal, dastur il-amal, shayxul-islom, shayxul islom, shayx ul-islom

@oriftolib
👍17
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
4%
Maʼnili
41%
Maʼnoli
56%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍18🤔8
👍15🤔15😱3🔥1
Mavzoley

Qabr ustiga ishlangan mahobatli, ulugʻvor yodgorlik; maqbara. Hozirgi tilda kam ishlatiladi.

Uning ildizi yunoncha Mausoleion soʻziga borib taqaladi. Miloddan oldingi IV asrda Kichik Osiyoda Kariya shohi Mavsol uchun qurilgan mashhur maqbara nomidan olingan. Uning qabri hozirgi Turkiya hududidagi Halikarnas shahrida boʻlgan. Bu shahar oʻrnida Bodrum shahri qad koʻtargan.

Mavzoley soʻzi ommalashishiga Mavsol maqbarasining oʻta mahobatli va hashamdorligi sabab boʻlgan. U “qadimgi dunyoning yetti moʻjizasi” qatoriga ham kiritilgan.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍20
👍28🤔4😱2🔥1😢1
👍38🤔5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
51%
Hamma yoq
49%
Hammayoq
👍18😱16😁1
Mansarda

Bino chordogʻidagi xona, boloxonaning bir turi. Fransuz meʼmori Fransua Mansar (1598–1666) sharafiga nomlangan. Mansar 1630-yili tom ostidagi chordoqdan yashash va xoʻjalik maqsadlarida foydalanishni oʻylab topgan. “Nozik boʻlmagan” mehmonlar uchun moʻljallangan chordoq-xona Parijda tez fursatda dovruq qozongan.

Parij hukumati bir necha qavatli uylarning egalaridan qoʻshimcha soliq undirgan, biroq chordoq alohida qavat hisoblanmagan. Ustiga ustak arzon ham boʻlgan mansarda urfga kirgan.

Hozir mansarda loyihasi koʻpincha bir qavatli xususiy turarjoy va dala hovli binolari qurilishida qoʻllanadi.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍12🔥1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
10%
Odam skaleti
90%
Odam skeleti
🔥18👍11🤔4😱4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
56%
Suqsur
19%
Suxsur
25%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤔20👍13😱4🔥2
Metsenat

Ilm-fan va sanʼat rivojiga shaxsiy mablagʻlari hisobidan begʻaraz hissa qoʻshuvchi shaxs. Oʻzbek tilida bu soʻz homiy, otaliqqa olish kabi iboralar bilan ifoda etiladi. Biroq soʻnggi paytlarda metsenat soʻzini qoʻllash ham birmuncha ommalashdi.

Miloddan oldingi I asrda yashagan Gay Metsenat ismidan kelib chiqqan. U Rim imperatori Oktavian Avgustning yaqin kishisi boʻlgan, uning muhim siyosiy, diplomatik va shaxsiy topshiriqlarini bajargan. Metsenat ilm-fan, sanʼat va adabiyot sohasi vakillariga homiylik qilgan.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍24
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
64%
Hazir boʻling!
36%
Xazir boʻling!
👍15🔥3🤔2😢2
Koʻcha nomlari va uy raqamlari qanday yoziladi?

Koʻcha nomlari tarkibida atoqli ot yoki turdosh ot qatnashganidan qatʼi nazar, bosh harfda va qoʻshtirnoqsiz yoziladi:

Abdulla Qodiriy koʻchasi, Mustaqillik shohkoʻchasi, Navroʻz koʻchasi, Uylanish koʻchasi.

Koʻcha nomidagi turdosh ot birdan ortiq soʻzdan iborat boʻlsa, faqat birinchi soʻz bosh harfda yoziladi:

Sharq tongi koʻchasi, Bahor nafasi koʻchasi, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi.

Oddiy uy raqamlarini yozishda muammo yoʻq: 14-uy, 30-uy kabi. Lekin qoʻshimcha harfiy belgiga ega raqamlarni yozishda chalkashliklar bor. Mantiqqa koʻra, raqamdan keyin kichik harf bilan yozgan toʻgʻri, joy ham tashlamaslik kerak: 14a-uy, 30b-uy kabi. Nega bu shakl toʻgʻri? Chunki harf bir xil raqamli ikki uyni farqlash uchun qoʻshilyapti xolos. Belgini bosh harfda yozishga ham, qoʻshtirnoqqa olishga ham ehtiyoj yoʻq.

Lekin amaliyotda 14A-uy, 14-A, 14-“A” uy kabi variantlar ham uchrab turadi. Birinchisiga chidasa boʻladi. Koʻzga yaxshi tashlanishi uchun bosh harf bilan yozilyapti deyish mumkin. Lekin ikkinchisi xato. Chunki -inchi qoʻshimchasini ifodalaydigan chiziqcha uy soʻzidan oldin qoʻyilishi kerak. Axir raqam va harf uyning tartibini ifodalayapti-ku. Qoʻshtirnoqqa ham hojat yoʻq.

❗️ Bunday qoida “Toshkent shahrida joylashgan shaxsiy va koʻp qavatli uy-joylar, maʼmuriy, madaniy va maishiy binolarni tartibli raqamlash va koʻcha koʻrsatkichlarini oʻrnatish tartibi”da ham belgilab qoʻyilgan ekan. Toʻgʻri, faqat Toshkent shahri uchun, lekin boshqa hududlarga ham tatbiq qilsa boʻladi:

Koʻcha yoʻnalishidagi uy-joy va maʼmuriy binolar oraligʻida paydo boʻlgan yangi inshootga yondosh binoning tartib raqamidan kelib chiqib, misol tariqasida 1a, 1b, 1v, 1g shaklda harflanadi yoki 1/1, 1/2, 1/3,1/4 koʻrinishda droblanadi.

📌 Demak:

Abdulla Qodiriy koʻchasi, Mustaqillik shohkoʻchasi, 1a-uy

“Abdulla Qodiriy” koʻchasi, “Mustaqillik” shohkoʻchasi, “Mustaqillik” shoh koʻchasi, 1-A uy, 1-“A” uy

Mavzu aloqador:
👉 Manzil qanday yoziladi?
👉 MFY va QFYlar nomi qanday yozilishi kerak?
👉 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi

@oriftolib
👍20
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
20%
Dovruq
56%
Dovrugʻ
24%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍18🤔9😱5😢2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
33%
Abu Nasr Forobiy
67%
Abu Nasr Farobiy
👍30😱19🤔9🔥2😢2