“Bugun askarlar tug‘ilgan kuni ekan” 😊
To‘g‘risi, hech bir tabrikdan ko‘nglim bunchalik yorishmagandi. Bugun qizim bog‘chada rangli qog‘ozlardan sovg‘a yasab chiqibdi. “Bugun askarlar tug‘ilgan kuni ekan. Tabriklayman, ada!” dedi yugurgilab kelib. Bog‘chada tez-tez tug‘ilgan kun qilib turishadi, shekilli, bayram degani tug‘ilgan kun bo‘ladi, deb tushunib olgan-da.
Singlisiga bermasligimni, yirtib qo‘yishi mumkinligini bot-bot takrorladi. Asrab qo‘yishimni aytdim.
Sovg‘angni yuragimga joylab qo‘ydim, qizim. Xavotir olma, yirtilmaydi, yo‘qolmaydi.
Senga kaattakon rahmat... va shakalat. Singlinggayam. Katta bo‘lsa, uyam shunaqa sovg‘alar yasab beradi.
@oriftolib

👍3🔥1
Taklifnoma
So‘kar dunyo degan bir g‘amxonani,
Kiborlarni so‘kar g‘azabga to‘lib.
Va lekin to‘y qilsa, “Taklifnoma”ni
O‘shalarga eltar birinchi bo‘lib.
Abdulla Oripov
So‘kar dunyo degan bir g‘amxonani,
Kiborlarni so‘kar g‘azabga to‘lib.
Va lekin to‘y qilsa, “Taklifnoma”ni
O‘shalarga eltar birinchi bo‘lib.
Abdulla Oripov
👍1
Dushmanlarim umuman yo‘q. Men nimagadir yo kimgadir dushman bo‘lishim mumkin: meni ko‘plar o‘ziga dushman deb hisobladi.
Menga hasad qiladiganlar, albatta, bor, lekin menda hasad qiladigan narsaning o‘zi yo‘q. Hasadchilarga achinaman – ular kasal odamlar. Axir hasad – o‘ta og‘ir kasallik.
Meni sevganlarga, bahoyimni oshirib yubormang, deyman. Qanday nuqsonlarim borligini ko‘pchilik bilmaydi. Meni ta’riflaganlariday yaxshi emasman, hasadchilar aytganday yomon ham emasman. Paytida ularning da’volariga ham quloq osganman. Mening hayotim jangi jadal emas, sevgi. She’rlarim qahr-u g‘azabdan emas, ezgulikdan so‘ylaydi.
Rasul HAMZATOV
Suhbatni to‘liq o‘qish

Ichimizdagi qafas
Bir mahalliy hayvonot bog‘iga qutb ayig‘i sovg‘a qilishdi. Bog‘ ma’muriyati maxsus hovuz qurib bitirilguncha ayiqni katta qafasda saqlab turishga qaror qildi. Bog‘dagi eng katta qafas olib kelinib, hovuz ichiga qo‘yildi. Ayiq shu qafasga kiritildi. Biroq yangi “uy”i unga torlik qildi. Bechora jonivor bir tomonga uch qadam tashlagach, to‘siqqa yetib kelar, zo‘rg‘a burilib, ortiga qaytar edi. Yana uch qadam yurar, yana o‘girilardi…
Oradan bir muddat o‘tib, hovuz bitdi. Qafas olib tashlandi. Kenggina hovuzda bemalol aylanib yurish imkoni tug‘ildi. Biroq u oldingiday uch qadam tashlar, so‘ng qiynalib burilar, yana uch qadam yurgach, yana qayrilardi. U o‘tgan vaqt ichida o‘z ichiga qafas qurib olgan ekan…
Biz ham xuddi shu ayiq kabi o‘z imkoniyatlarimizni o‘zimiz cheklab olamiz. Hech qachon ichingizga qafas qurmang! Dunyoga faqat bir nuqtadan qarash, uni faqat bir xil rangda ko‘rish bizni chegaralab, kishanlab qo‘yadi. Agar shunday ichki qafasni allaqachon qurib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni buzib tashlang. Bu ish faqat o‘zingizninggina qo‘lingizdan keladi. Bunga jiddiy harakat qilmas ekansiz, sizga hech kim yordam bera olmaydi.
Orif Tolib
tayyorladi.

👍5
Rasul HAMZATOV
***
“Burgutlar! Ne sabab uyg‘otdi havas
Sizda bu qoyalar, bu sovuq qorlar?”
“Ozodlik tuyg‘usi issiq uygamas,
Bizni cho‘qqilarga – yuksakka chorlar”.
“Yurtdoshlar, bu yerga keldingiz nega,
Bu yerda nima bor tog‘-toshdan o‘zga?!”
“Issiq uylar emas, shu qor, shu qoya
Ozodlik tuyg‘usin baxsh etdi bizga!”
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
“Burgutlar! Ne sabab uyg‘otdi havas
Sizda bu qoyalar, bu sovuq qorlar?”
“Ozodlik tuyg‘usi issiq uygamas,
Bizni cho‘qqilarga – yuksakka chorlar”.
“Yurtdoshlar, bu yerga keldingiz nega,
Bu yerda nima bor tog‘-toshdan o‘zga?!”
“Issiq uylar emas, shu qor, shu qoya
Ozodlik tuyg‘usin baxsh etdi bizga!”
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
👍1
💯1
Yurak ko‘ngilga aylangan chog‘lar
...
– Nega uxlamayapsan? – ayolimning jur’atsiz tovushi eshitildi.
Qaysarligimiz sabab uzoq davom etgan sukunatni birinchi bo‘lib u buzdi, bu esa ko‘nglimda og‘riqli bir qoniqish hissini uyg‘otdi.
– Bilmadim… O‘zing-chi?
Yana uzoq jim qoldik. Oy tomlarga yaqin kelib qolgan, xonamizga o‘ychan tikilib turadi.
– Kechir, – dedim unga yaqinlashib.
U javob bermadi va ko‘zlarini qo‘llari bilan berkitdi.
Men uning qo‘llarini ko‘zlaridan oldim. Yonoqlariga yosh dumalab tushdi, kipriklari yosh bolanikiday titranib turardi. Ayolimning qarshisiga tiz cho‘kib, bag‘riga yuzimni bosdim. Ikkovimiz ham sel bo‘lib yig‘ladik.
– Nahot sen aybdor bo‘lsang? – shivirladi ayolim. – Axir hammasiga men sababchimasmanmi?
...
Ushbu parcha taniqli rus yozuvchisi Ivan Buninning “Oydin kechada” hikoyasidan olingan. Unda er-xotin munosabatlari, ular o‘rtasidagi mehr hissi turli manzaralar, tuyg‘ular tasviri fonida juda chiroyli ochib berilgan.
Bu hikoyani ancha yillar oldin o‘qigandim. Juda ta’sirlanganman. Keyin oradan vaqtlar o‘tib, o‘zbekchaga o‘girdim. Tarjima 2016-yili “Yoshlik” jurnalida chop etildi.
Hikoya o‘zi qisqagina. Qiziqqanlar saytda to‘liq o‘qib chiqishlari mumkin:
Saytda oʻqish
Asliyatda (ruschada) o‘qish

Noshukurlik
Vasiliy Suxomlinskiy
Andrey bobo nevarasi Matveyni mehmonga chaqirdi. Dasturxonga katta kosada asal va non qo‘yib, nevarasiga manzirat qildi:
– Ye, bolam, asaldan ol. Xohlasang qoshiqlab, xohlasang non bilan tushir. Olaver.
Matvey dastlab asalni nonga bulab yedi, keyin nonga asal surtib uraverdi. Oxiri nafas ololmay qoldi. Terlarini artib, tin oldi va so‘radi:
– Bobo, bu jo‘ka asalimi yo marjumak asalimi?
– Nima deding? – hayron bo‘lib so‘radi bobo. – Marjumak asali-da, bolam.
– Baribir jo‘ka asali shirinroq bo‘ladi-da, – dedi Matvey va esnadi: to‘yib ovqatlanganidan uning uyqusi kelardi.
Andrey boboning yuragini qandaydir og‘riq g‘ijimladi. U jim qotdi. Nevara bo‘lsa so‘rashda davom etdi:
– Nonning uni bahorgi bug‘doynikimi yo kuzginikimi?
Andrey boboning rangida rang qolmadi. Qalbida qattiq og‘riq tuydi. Nafas olishi qiyinlashdi. Ko‘zlarini yumib, ingrab yubordi.
Orif Tolib
tarjimasi
Asliyatda o‘qish

Dunyoning yetti mo‘jizasi
Bir maktabda “Dunyoning yetti mo‘jizasi” mavzusida dars tashkil etildi.
O‘quvchilarga nimani mo‘jiza deb hisoblashsa, eng muhim yettitasini yozish vazifasi topshirildi.
Hamma daftarlarini topshirdi, faqat bir qizcha hali ham yozishni tugatmagan edi. O‘qituvchi: “Senga ko‘maklashvoraymi, qizim?” deb so‘radi undan. Qizcha: “Dunyoda mo‘jizalar shunaqangi ko‘pligidan qaysi birini tanlashni bilmay ko‘p o‘ylandim”, deb javob berdi. Shunda ustozi: “Qani, tanlaganlaringni o‘qib ber-chi”, dedi unga. Qizcha birmuncha vaqt ikkilanib turdi-da, so‘ng o‘qishga kirishdi:
“Men uchun dunyoning yetti mo‘jizasi:
1. Ko‘rish.
2. Eshitish.
3. Harakatlanish.
4. Anglash.
5. His qilish.
6. Kulish.
7. Yaxshi ko‘rish”.
Butun sinfga sukunat cho‘kdi.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Irfon” taqvimi (2014-yil 1-chorak)da chop etilgan.

Ta’zim
Tashvish, mashaqqating birdan arisa,
Boshingga ko‘klardan yog‘ilsa omad.
Buni ko‘rib kimdir o‘n yil qarigay,
Kimnidir tark etar uyqu, halovat.
Bunday dam anqoning urug‘i bo‘lar
Baxting ko‘rib chindan quvonguvchi zot.
Uning tafti bilan yuraging ilir,
Yanayam shirinroq tatiydi hayot.
Ey hasaddan yiroq Hazrati inson,
Senga ta’zimdaman, qilurman ixlos.
Hasadni yengish ham axir eng ulkan,
Noyob fazilatdir chin mardlarga xos.
Orif Tolib
2016
Tashvish, mashaqqating birdan arisa,
Boshingga ko‘klardan yog‘ilsa omad.
Buni ko‘rib kimdir o‘n yil qarigay,
Kimnidir tark etar uyqu, halovat.
Bunday dam anqoning urug‘i bo‘lar
Baxting ko‘rib chindan quvonguvchi zot.
Uning tafti bilan yuraging ilir,
Yanayam shirinroq tatiydi hayot.
Ey hasaddan yiroq Hazrati inson,
Senga ta’zimdaman, qilurman ixlos.
Hasadni yengish ham axir eng ulkan,
Noyob fazilatdir chin mardlarga xos.
Orif Tolib
2016
Sirli-sehrli tushlar
(hikoyadan parcha)
Kecha institutga hujjat topshirgani bordim. O‘sha yerda Dildorani uchratdim. Yuragimning tub-tubidagi ismsiz dardlar qayta bosh ko‘tardi, uch yil oldingi sirli-sehrli xotiralar tasavvurimda asta-sekin jonlandi.
Go‘yo yam-yashillikka, nurga ko‘milgan moviy diyorga tushib qolganday edim. Biroq to‘satdan turgan shiddatli shamol hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi, menga uch asrday tuyulgan uch yil mobaynida asrab-avaylab yurgan tuyg‘u-xayollarim o‘t tushgan somon g‘aramidek lahzada yonib kul bo‘ldi. Ulardan alam-iztirob kuligina qoldi, xolos…
***
Bor-yo‘q voqealar – shu.
Odam ba’zan bitta tushni takror-takror ko‘rishi mumkin. Balki sizdayam shunday bo‘lgandir, kichkinaligimda bir xil yoki davomli tushlarni ko‘rib turardim. Kecha Dildorani uchratgan paytim xira tuman ichida qolgan, eng qiziq joyida uzilgan tushimning davomini ko‘raman deb o‘ylagan edim. Biroq…
Men bir paytlar orzu qilgan, ko‘nglimni allalagan tuyg‘ular sarob bo‘lib chiqdi. Tushida juda katta boylikka ega bo‘lib turganda uyg‘onib ketgan kambag‘alday dilimni ojizlik va alam egallab oldi…
________________________________
“Sirli-sehrli tushlar” – ilk hikoyam. 2006-yili yozishni boshlab, tashlab qo‘ygandim. 2007-yili tugatganman. Bugun hikoyaga bir qur ko‘z tashlab, tuyg‘ulari toza o‘smirligimni, osmoni bepayon dalalarni, orzularga to‘la bolalik kunlarimni esladim.
Hikoyadagi ba’zi syujetlar real voqealarga asoslangan, lekin asosiy syujet badiiy to‘qima. O‘zim va yaqin bir do‘stimning hayotida yuz bergan voqealardan tugun, yechim, turli ziddiyatlarni yasashda foydalanganman.
Qiziqqanlar hikoyani mana bu sahifada to‘liq o‘qib chiqishi mumkin.

😱1
Javlon Jovliyev hikoyasi rus tilida
Yangi davr o‘zbek yozuvchilari ichida Javlon Jovliyevning hikoyalarini alohida e’tibor bilan o‘qiyman. Uslubining ravonligi, tasviri tiniqligi, o‘quvchida his-tuyg‘u va munosabat uyg‘ota olishi bilan e’tiborga molik.
Javlonning menga o‘zgacha ta’sir etgan hikoyalaridan biri – «“Assalamu aleykum” yoxud Myanma fojiasi»dir. Shu hikoya rus tiliga tarjima qilinib, “Kamerton” adabiy-tarixiy jurnalida nashr etilibdi. Tarjimon – Lira Pirjanova.
Yozuvchini bu muvaffaqiyat bilan tabriklayman va yaxshi hikoyalari bundan-da ko‘payishiga tilakdoshman.
Hikoyani o‘zbekchada o‘qish:
https://kh-davron.uz/kutubxona/qoshimcha/inson-tarixi/xurshid-davron-unutma-javlon-jovliyev-assalamu-aleykum-yoxud-myanma-fojeasi.html
Hikoyani ruschadada o‘qish:
https://webkamerton.ru/2020/01/assalamu-aleykum-ili-tragediya-myanmy

Grafomaniya – yozish kasali
Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi” kitobini o‘qiyotib ajoyib bir ma’lumotga duch keldim. Olim Alisher Navoiy, Onore Balzak, Lev Tolstoy, Maksim Gorkiy, Rabindranath Thakur kabi yozuvchilarning sermahsulligi, ulkan meros qoldirganini ta’kidlar ekan, nosog‘lom sermahsullik haqida ham to‘xtalib o‘tadi va “Daroz Firdavsiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan bir e’jodkorni misol keltiradi.
To‘g‘risi, yozish kasaliga mubtalo bo‘lgan kishilarni o‘zim ham hayotda ko‘p ko‘rganman. Bu kasallikning turli ko‘rinishlari bor: ayrimlar ko‘p yozadi va yozgani bo‘sh ekanini ham biladi – bezararroq shakli; ko‘p yozadi va yozmishlari shedevr ekanini da’vo qiladi – og‘ir shakli; pensiyaga chiqqach yoki ijodkor shuhratiga mahliyolik natijasida birdan yozishni boshlaydi, bir nechalab kitob chiqaradi va tahririyatlarga borganda ana shu chiqargan kitoblarini pisanda qiladi va hokazo. Uyalmasdan “O‘zbek she’riyatda Erkin Vohidov, Abdulla Oripov yaxshi ijod qilishdi. Mana, ulardan keyin men ketyapman”, deydiganlari ham bor.
Xullas, yozish kasaliga chalinganlar tarixda ham bo‘lgan ekan. Izzat Sulton domla bunga shunday misol keltiradi:
“Adabiyotda nosog‘lom sermahsullik ham uchraydiki, uni haqiqiy san’atkorning jiddiy ijodiy ishidan farq etish kerak. Ba’zi kishilar talant sohibi bo‘lmasalar ham, havaskorlik yoki shuhratparastlik oqibatida adabiyotga kirib qoladilar. Bunday kishilar ko‘pincha to‘xtovsiz yozish tashnaligiga mubtalo bo‘lib, asar ustiga asar yoza beradilar. Bu – ruhiy xastalikning bir turi hisoblanadi va grafomaniya deb ataladi (yunoncha “grafo” – yozish va “maniya” – ehtiros, telbalik so‘zlaridan yasalgan).
“Kratkaya lit. ensiklopediya”da to‘g‘ri ko‘rsatilganidek, grafomaniya odatda yozuvchi mehnatining yengilligi va hammaning qo‘lidan keladigan ish ekanligi haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlar zaminida, shuningdek, kishining o‘z ijodiy qobiliyatiga ortiqcha baho berishi natijasida paydo bo‘ladi. Grafomaniya sharoit, masalan, asarni bosib chiqarish borasida cheksiz imkoniyatlar mavjudligi natijasida ham ro‘yobga chiqadi. XIX asrda Rossiyada graf D. I. Xvostov o‘zining grafomanligi bilan mashhur edi.
O‘rta Osiyoda o‘rta asrlarda shoirlik da’vo etuvchi bir iste’dodsiz kishi Firdavsiyning “Shohnoma”sidan ham uzun, ammo bemaza asar yaratib, “Daroz Firdavsiy” degan kulgili nom bilan mashhur bo‘lgan va zamona shohiga hajviya yozib (xuddi Firdavsiy Mahmud G‘aznaviyga hajviya yozganidek), shoh uni ta’qib etmasa ham, qochib, yashirinib yurgan edi...
Grafomaniya ba’zan professional yozuvchining asarida uslubning nuqsonlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi: talantli yozuvchi san’aning majburiy talablaridan biri bo‘lgan qisqalikdan chekinib, “ezmalanishi” ham grafomaniyaning bir ko‘rinishidir”.
Uvol tushunchasi har sohada kerak bo‘lganidek, adabiyotda ham juda zarur. Behuda sarflangan vaqt, mablag‘ va so‘zning javobgarligi bor. Buni qo‘liga qalam olgan har bir kishi, hatto professional ijodkor ham yodda tutishi zarur deb o‘ylayman.